O‘z-o‘ziga huquqiy xizmat ko‘rsatish “Legal Tech” tizimi

Temir yo‘l sohasida vagonlarni ijaraga berish shartnomasi

Hujjat tavsifi
Shartnoma rekvizitlari
Ijaraga beruvchi to‘g‘risida maʼlumotlar
  • Masalan Ustav, Nizom yoki ishonchnoma
Ijarachi to‘g‘risida maʼlumotlar
  • Izoh: Masalan Ustav, Nizom yoki ishonchnoma
Shartnoma mazmuni
  • Izoh: Ijara summasi raqamlar va harflar bilan ko‘rsatilishi lozim
  • Izoh: To‘lov turi naqd pul, hisob raqamga pul ko‘chirish yoki boshqa to‘lov turi ko‘rsatiladi

Yuklab oling

Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari uchun

SHARTNOMA

 

Shartnoma tuzilgan joy

Shartnoma raqami -son

Shartnoma tuzilgan sana

Ijaraga beruvchi tashkilot nomi, tashkiliy huquqiy shakli,bundan keyin “Ijaraga beruvchi” Ijaraga beruvchi tashkilotga shartnoma imzolash vakolatini beruvchi hujjat asosida faoliyat olib boruvchi Ijaraga beruvchi tashkilot nomidan faoliyat olib boruvchi shaxs lavozimi Ijaraga beruvchi tashkilot nomidan ish olib boruvchi shaxs F.I.O.si bir tomondan, Ijarachining nomi, tashkiliy huquqiy shakli nomidan Ijarachi (avtotransport korxonasi) korxonasi vakiliga shartnoma tuzish huquqini beruvchi hujjat stansiyasi asosida faoliyat olib boruvchi Ijarachining nomidan ish olib boruvchi shaxs lavozimi, F.I.O.si ikkinchi tomondan, ushbu shartnomani quyidagicha tuzdilar:

Shartnoma mazmuni.

1.1. Ushbu shartnoma tomonlarning munosabatlari va oʻzaro hisob-kitoblarini tartibga soladi. “Ijaraga beruvchi” Ijarachining nomi, tashkiliy huquqiy shakliga tegishli yuk vagonlarini ijaraga beradi, “Ijarachi” yuk vagonlarini yuk tashish uchun ijaraga qabul qiladi.

2. Vagonlarni topshirish-qabul qilish tartibi.

2.1. Vagonlarni “Ijarachi”ga topshirish va ularni “Ijarachi”dan qabul qilib olish Ijarachining nomi, tashkiliy huquqiy shaklining Vagonlarni ijarachiga topshirish stansiyasi stansiyasida amalga oshiriladi va tomonlar oʻrtasida belgilangan shaklda tuziladigan shartnomaga ilova hisoblanadigan qabul qilish/topshirish dalolatnomasi asosida rasmiylashtiriladi. Vagonlarni “Ijarachi”ga topshirishda shartnomaning 4.2 bandiga rioya qilinadi. Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ inventar parkiga tegishli yuk vagonlari kamida 1 oy muddatga ijaraga beriladi.

2.2. Ijara muddati davomida vagonlar biriktirilgan stansiya Ijara muddati davomida vagonlar biriktirilgan stansiya stansiyasi hisoblanadi.

2.3. “Ijaraga beruvchi” “Ijarachiga” texnik jihatdan soz vagonlarni topshiradi.

2.4. “Ijarachi” vagonlarni shartnomaning 2.1 bandiga binoan tuzilgan dalolatnoma asosida qabul qilingan texnik jihatdan soz holatda ijaradan topshirishi shart. Topshirish vaqtida vagonlarning shikastlanishi, nosozliklari yoki yetishmaydigan qismlari aniqlansa, bunday holatlar VU-25 shakldagi dalolatnomada aks ettirilishi va “Ijaraga beruvchi” tomonidan shikastlangan yoki yetishmaydigan qismlari narxlarining roʻyxatiga asosan bozor narxlari asosida hisoblanib, taʼmirlash xarajatlarini hisobga olgan xolda baholanadi.

2.5. Vagonlar ijara muddati tugashi munosabati bilan “Ijaraga beruvchi”ga topshirishdan avval “Ijarachi” ularni yuk qoldiqlaridan tozalashi va vagon kuzovidan ijara toʻgʻrisidagi yozuvlarini oʻchirishi, zarurat tugʻilganda yuvishi va vagonlarni dezinfeksiyalashi shart.

2.6. “Ijarachi” vagonlarni topshirish dalolatnomasiga asosan qaytarib berganda, ularni takroran ijaraga berish “Ijaraga beruvchi”ning ixtiyoriga binoan amalga oshiriladi.

3. Foydalanish shartlari.

3.1. “Ijarachi” ijaraga olingan vagonlarni temir yoʻlda “Yuk tashish qoidalari”ga asosan faqat tegishli turdagi harakatlanuvchi tarkibda ruxsat etilgan yuklarni SMGS talablariga binoan Ijarachi tomonidan vagonlarni foydalanishi mumkin bo‘lgan temir yo‘l hududlari temir yoʻllari hududlarida tashish uchun foydalanishga haqlidir.

3.2. Ijaraga olingan vagonlarda eksport-import yuklarni tashishlar ”Ijaraga beruvchi” tomonidan ishtirok etuvchi tegishli temir yoʻl maʼmuriyatlari bilan belgilangan tartibda kelishib olinadi. “Ijarachi” tomonidan eksport-import yuklarni tashish uchun vagonlardan foydalanishda faqatgina “Ijaraga beruvchi” tomonidan kelishilgan temir yoʻllar hududida yoʻl qoʻyiladi.

3.3. “Ijarachi” tomonidan “Ijaraga beruvchi” roziligisiz vagonlarni uchinchi shaxslarga ijaraga berish taqiqlanadi.

3.4. Ijaraga olingan vagonlarda yuklarni tashish, boʻsh holatda qaytarish va yoʻnaltirish toʻla yuk tashish xujjatlari va toʻlovlar asosida amalga oshiriladi.

3.5 “Ijarachi” tomonidan ijaraga olingan vagonlarning notoʻgʻri ishlatilishi natijasida ularning buzilishi, shikastlanishi yoki vagon qismlarining yoʻqolishiga olib kelsa, ijara shartnomasi bir tomonlama bekor qilinadi va “Ijarachi” “Ijaraga beruvchi”ga yetkazilgan zararni shikastlanish darajasiga qarab (vagon tarkibiy qismlari va detallari shikastlanishi) VU-25 dalolatnoma asosida toʻliq xajmda qoplab beradi. Yetkazilgan zarar uchun toʻlovlarni toʻlab berish belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

3.6. Shartnoma amal qilish davrida ijaradagi vagonlar MDH va Boltiqboʻyi davlatlari temir yoʻl maʼmuriyatlari hududida harakatlanganda, vagonlarning texnik nosozligi (uzib qolmasdan va uzib qolib bajariladigan joriy taʼmir turlari)ni bartaraf etish “Ijarachi” tomonidan amalga oshiriladi.

3.7. Ijaradagi vagonlar Ijarachi tomonidan vagonlarni foydalanishi mumkin boʻlgan temir yoʻl hududlari temir yoʻllarida harakatlanganda vagonlarni ishlatilishi, ruxsat berish bilan bogʻliq xujjatlarni rasmiylashtirish (jumladan bojxona qonunlari talablariga rioya qilish) “Ijarachi” tomonidan hal qilinadi va boshqa davlatlar temir yoʻllari oldida mustaqil ravishda javobgar hisoblanadi.

4. Ijara narxi va oʻzaro hisob-kitob tartibi.

4.1. Vagon ijara narxi bir vagon uchun sutkasiga Ijarachi tomonidan to‘lanadigan ijara narximiqdorida belgilanadi. ”Ijarachi” toʻlovni Ijarachi tomonidan ijara summasi to‘lovi tartibi amalga oshiradi.

4.2. “Ijarachi” vagon ijarasi uchun toʻlovlarni oldindan 100% miqdorda amalga oshiradi. Ijara toʻlovi tegishli ravishda rasmiylashtirilgandan soʻng vagonlar “Ijarachi”ga topshiriladi.

4.3. Vagonlar ijara muddatini uzaytirish zarur boʻlsa, yangi muddat uchun toʻlovlar “Ijarachi” tomonidan avvalgi ijara muddati tugagunga qadar amalga oshirilishi kerak.

4.4. “Ijaraga beruvchi” ijara stavkalarini bir tomonlama qayta koʻrib chiqish huquqiga ega. Bu toʻgʻrisida “Ijarachi” ni 1 oy oldin ogohlantiradi.

4.5. Ijara toʻlovlari vagonlarni ijaraga topshirish dalolatnomasi imzolangan kunidan boshlab, vagonlarni ijaradan topshirish dalolatnomasi imzolangan kungacha xisoblanadi.

4.6. Ijara shartnomasi amal qilish davrida ijara stavkasi oʻzgargan taqdirda, yangi stavkalar ijarada boʻlgan vagonlarga nisbatan qoʻllaniladi va ijara toʻlovidagi farq toʻlash uchun “Ijarachi”ga taqdim etiladi.

5. Tomonlar majburiyatlari.

5.1. “Ijaraga beruvchi”ning majburiyati:

5.1.1.“Ijarachiga” texnik jihatdan soz vagonlarni taqdim etish.

5.1.2.Vagonlar “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ deposiga kelib tushganda rejali taʼmirlarni oʻz vaqtida amalga oshirish.

5.1.3.VU-23 va VU-36 dalolatnomalariga asosan “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ taʼmir depolarida vagon taʼmirlash ishlari davomidagi muddatga ijara toʻlovi hisoblanmaydi.

Ijaraga beruvchining boshqa majburiyatlari

5.2. “Ijarachi” majburiyati:

5.2.1.Shartnoma tuzish uchun zarur xujjatlarni taqdim etish.

5.2.2.”Ijaraga beruvchi” soʻrovnomasiga asosan ijaradagi vagonlardan foydalanish toʻgʻrisida maʼlumot berish.

5.2.3.Shartnomada koʻrsatilgan shartlar asosida ijara toʻlovlarini oʻz vaqtida amalga oshirish.

5.2.4.Vagonlardan faqatgina koʻrsatilgan maqsadlarda foydalanish.

5.2.5.Vaqtinchalik foydalanishga berilgan vagonlarning butligini taʼminlash.

5.2.6.Ijara muddati tugagach, shartnomaning 2.1. bandiga muvofiq vagonlarni “Ijaraga beruvchi”ga soz holatda stansiyaga qaytarish.

Ijarachining boshqa majburiyatlari

6. Tomonlar javobgarligi.

6.1. Koʻzda tutilmagan vaziyatlar tufayli ijara toʻlovlarini toʻlash muddatlari oʻtkazib yuborilgan va oʻz vaqtida toʻlanmagan holatlarda, ”Ijarachi” har bir kechiktirilgan kun uchun ijara toʻlovining oʻtkazib yuborilgan miqdori 0,4%, biroq kechiktirilgan toʻlov umumiy miqdorining 50% dan oshmagan holda penya toʻlaydi.

6.2. “Ijarachi” shartnoma amal qilish muddati davomida vagonlarni texnik jihatdan soz holatda saqlashga majburdir.

6.3. Eksport-import yuklar tashishlarda temir yoʻl maʼmuriyatlari tomonidan ijaradagi vagonlar uchun “Ijaraga beruvchi”dan jarima va boshqa toʻlovlar undirilgan taqdirda, “Ijaraga beruvchi” tomonidan taqdim etilgan schet va boshqa tasdiqlovchi xujjatlar asosida ushbu jarima va toʻlovlar “Ijarachi”dan undiriladi.

6.4. “Ijaraga beruvchi” ijaradagi vagonlardan “Ijarachi” roziligisiz boshqa tashkilotlarning yuklarini tashish uchun foydalangan xolatda, “Ijarachi” ijara vagonlari muomaladan chiqarilgan muddat uchun toʻlangan ijara haqini qaytarilishini talab qilishga haqlidir (“Ijaraga beruvchi” ijaradagi vagonlardan oʻzboshimchalik bilan foydalanganligini tasdiqlovchi tegishli xujjatlar “Ijarachi” tomonidan taqdim etilganda).

6.5. “Ijarachi” ijara muddati tugashi munosabati bilan vagonlarni “Ijaraga beruvchi”ga oʻz vaqtida qaytarib topshirmagan, shuningdek shartnomaning 3.3; 4.3 bandlariga rioya qilmagan holatlarda “Ijarachi”dan shartnomaning 4.1.bandida koʻzda tutilgan miqdorda ijara toʻlovi, shuningdek vagonning kechiktirilgan har bir kuni uchun ijara kunlik stavkasining 20% miqdorida jarima undiriladi.

6.6. Ijara shartnomasi amal qilish muddati mobaynida vagonlarni soz holatda ushlab turish “Ijarachi” vositalari yordamida amalga oshiriladi. Vagonlarga shikast yetkazilsa, vagon toʻla taʼmirlash narxi “Ijarachi” tomonidan qoplanadi.

6.7. “Ijarachi” tomonidan vagon yoʻqotilgan taqdirda, “Ijaraga beruvchi”ga vagon natural holatda yoki halqaro tashishlarda yuk vagonlaridan foydalanish qoidalariga binoan shartnoma asosida hisoblangan narx koʻrinishida qoplanadi.

7. Fors-Major.

7.1. Tomonlar taʼsiriga bogʻliq boʻlmagan holatlar, xususan tabiiy ofatlar (zilzila, toshqinlar) harbiy harakatlar, blokadalar, respublika rahbariyati tomonidan qonunchilik va huquqiy-meʼyoriy xujjatlarda belgilangan, ushbu shartnoma majburiyatlarini bajarilishiga imkon bermaydigan yoki cheklaydigan qarorlar qabul qilingan taqdirda, tomonlar shartnomaning 6 bandida koʻrsatilgan javobgarlikdan ozod qilinadilar.

Tegishli tomon boshqa tomonni ushbu holatlar yuzaga kelganligi toʻgʻrisida ular boshlangan kundan boshlab 10 kalendar kun ichida vakolatli organning xujjat dalillarini ilova qilgan holda xabardor qiladi.

8. Nizolarni hal qilish.

8.1. Ushbu shartnomada koʻzda tutilmagan barcha masalalar boʻyicha tomonlar Oʻzbekiston Respublikasi Qonunchiligi, “Temir yoʻl transporti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni, temir yoʻl orqali Halqaro yoʻnalishda yuk tashish toʻgʻrisidagi Kelishuv (SMGS), temir yoʻl Ustavi va halqaro huquq normalarini hisobga olgan holda, Oʻzbekiston Respublikasi hududida amal qiluvchi tegishli Qoidalar va Tartiblarga asosan faoliyat yuritadilar.

8.2. Shartnomadan kelib chiqadigan barcha kelishmovchilik va tortishuvlar tomonlar oʻrtasida muzokaralar yoʻli bilan hal qilinadi, kelishuvga erishilmagan hollarda, masala Oʻzbekiston Respublikasi Taraflar o‘rtasidagi nizoni hal qiluvchi sudning nomi tomonidan koʻrib chiqiladi.

9. Boshqa shartlar.

9.1. Vagon turi, soni, ijara muddatlari, toʻlovlar miqdori shartnomaga qoʻshimcha kelishuv shaklida rasmiylashtirilib, shartnomaning ajralmas qismi hisoblanadi.

9.2. Shartnomaga binoan tomonlar oʻrtasidagi yozishmalar elektron yoki faks aloqa vositalari orqali amalga oshirilishi mumkin. Tomonlar faks yoki elektron aloqa vositalari yordamida uzatilgan xujjatlar yuridik kuchini tan oladilar, keyinchalik xujjatlar asl nusxalari pochta orqali yuboriladi yoki toʻgʻridan- toʻgʻri taqdim etiladi.

9.3. Hech bir tomon ushbu shartnoma boʻyicha oʻz huquq va majburiyatlarini ikkinchi tomon yozma roziligisiz uchinchi shaxslarga topshirishga haqli emas.

9.4. “Ijaraga beruvchi” shartnomani bir tomonlama tartibda oʻz ixtiyoriga koʻra bekor qilinishi moʻljal qilinayotgan muddatidan kamida 30 kalendar kuni oldin “Ijarachi”ni habardor qilib, “Ijarachi”ga har qanday zarar yoki harajatlarini qoplamasdan, shartnomani muddatidan avval bekor qilishga haqlidir.

Shu bilan birga “Ijaraga beruvchi” vagon ijarasi uchun toʻlab berilgan, ammo “Ijarachi” tomondan amalda ijarada ishlatilmagan kunlar uchun ijara toʻlovlari qismini “Ijarachi”ga qaytib beradi.

9.5. Shartnomaga kiritilgan barcha oʻzgartirish, qoʻshimcha va ilovalar, faqatgina yozma ravishda amalga oshirilgan, tomonlar vakolatli vakillari tomonidan imzolangan, ular ushbu shartnomada qayd qilingan boʻlsagina, haqiqiy va shartnomaning ajralmas qismi hisoblanadi.

10. Shartnoma amal qilish muddati.

10.1. Shartnoma amal qilish muddati imzolangan kundan boshlab SShartnomaning amal qilish muddati tugaydigan kungacha amal qiladi.

10.2. Tomonlardan biri shartnomaning biron bir bandini bajarmagan holda, ushbu bandlar toʻliq bajarilgunga qadar amal qiladi.

10.3. Tomonlar oʻzaro kelishuviga asosan shartnoma yangi muddatga uzaytirilishi mumkin.

10.4. Ushbu shartnoma 3 nusxada davlat tilida tuzilgan va bir xil yuridik kuchga ega.

10.5. “Ijarachi”ning qoʻshimcha vagon taqdim etish haqidagi arizasi shartnomada koʻrsatilgan tartibda koʻrib chiqiladi.

TARAFLARNING REKVIZITLARI

Ijaraga beruvchi:

Ijarachi:

Manzil: Ijaraga beruvchining manzili

Manzil: Ijarachining manzili

Bank: Ijaraga beruvchining hisob raqami joylashgan bank nomi

Bank: Ijarachining hisob raqami joylashgan bank nomi

H/R: Ijaraga beruvchining hisob raqami

H/R: Ijarachining hisob raqami

STIR: Ijaraga beruvchining STIR raqami

STIR: Ijarachining STIR raqami

Telefon: Ijaraga beruvchining telefon raqami

Telefon: Ijarachining telefon raqami

Temir yo‘l sohasida vagonlarni ijaraga berish shartnomasi

Qonunchilikka ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, respublikada doimiy yashash joyi bo‘lgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar, respublikaning hududida ro‘yxatdan o‘tgan yuridik shaxslar, respublikaning immunitet va diplomatik imtiyozlardan foydalanadigan xorijdagi diplomatiya hamda boshqa vakolatxonalari, shuningdek respublika tashkilotlarining chet eldagi, xo‘jalik yoki boshqa tijorat faoliyati bilan shug‘ullanmaydigan vakolatxonalari rezedent hisoblanadi.

Foydalanuvchilarga qulaylik yaratish maqsadida rezidentlarga temir yo‘l sohasida vagonlarni ijaraga berish sha2rtnomasi namunasi qonunchilik talablariga rioya qilingan holda yuridik til qoidalari asosida shakllantirilgan bo‘lib, kelishuvni bepul va mustaqil holda to‘ldirib, bepul yuklab olishingiz mumkin.