Ishsizlar va band boʻlmagan aholini kasbga oʻqitish boʻyicha xizmatlar koʻrsatish SHARTNOMASI
Shartnoma tuzilgan sana Shartnoma tuzilgan hudud
Aholi bandligiga koʻmaklashish markazi (keyingi oʻrinlarda – ABKM) ABKM hududiy markazi nomidan, ABKM Nizomi asosida faoliyat yurituvchi rahbari ABKM rahbarining F.I.O.,(keyingi oʻrinlarda – “Buyurtmachi”), bir tomondan va Ijrochi tashkilotning nomi,akkreditatsiya guvohnomasi Аккредитация гувоҳномаси рақами-sonli, Akkreditatsiya guvohnomasi berilgan sanada berilgan, Faoliyat asosi, hujjatning nomi va rekvizitlari asosida faoliyat yurituvchi rahbari Ijrochi tashkilot rahbarining F.I.O.,keyingi oʻrinlarda “Ijrochi” deb yuritiladi, ikkinchi tomondan, bundan soʻng matnda “Tomonlar” deb ataladilar, Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq, Ochiq tanlov o‘tkazilgan sanadagi Ochiq tanlov natijalari bayonnomasi-sonli ochiq tanlovning natijalariga koʻra, ushbu Davlat kontr dalolatnomaini quyidagilar toʻgʻrisida tuzdilar.
I-BOʻLIM. SHARTNOMA MAZMUNI
1.1. Buyurtmachi buyurtma beradi, Ijrochi esa oʻz zimmasiga ishsizlar va band boʻlmagan aholi (keyingi oʻrinlarda- fuqarolar)ni kasbga oʻqitish boʻyicha xizmatlar koʻrsatish majburiyatlarini oladi.
1.2. Kasbiy oʻqitishga yoʻllangan fuqarolar soni -Kasbiy o‘qitishga yo‘llangan fuqarolar soni kishini tashkil etadi, shu jumladan kasblar (mutaxassisliklar) boʻyicha:
1.2.1.Kasblar (mutaxassisliklar) bo‘yicha birinchi yo‘nalish
1.2.2.Kasblar (mutaxassisliklar) bo‘yicha ikkinchi yo‘nalish
1.2.3.Kasblar (mutaxassisliklar) bo‘yicha uchinchi yo‘nalish
1.2.4.Kasblar (mutaxassisliklar) bo‘yicha to‘rtinchi yo‘nalish
1.2.5.Kasblar (mutaxassisliklar) bo‘yicha beshinchi yo‘nalish
1.3.Xizmatlarni koʻrsatish muddati:
Boshlanishi – Xizmatlarni ko‘rsatishning boshlanish muddati;
Yakunlanishi – Xizmatlarni ko‘rsatishning yakunlanish muddati
1.4. Xizmatlar koʻrsatilishi joyi: Xizmatlar ko‘rsatish joyi.
II-BOʻLIM. SHARTNOMA NARXI
2.1. Shartnoma narxi Oʻzbekiston Respublikasi milliy valyutasida belgilanadi.
2.2. Shartnoma narxi aniq va shartnoma amal qilish muddati davomida uning narxi oʻzgartirilishiga yoʻl qoʻylmaydi, Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida koʻzda tutilgan holatlar bundan mustasno.
2.3. Shartnoma narxiga ijrochining barcha xarajatlari kiritilgan, shu jumladan, oʻquv-metodik va butlovchi materiallar, Ijrochi qonunchilikka muvofiq amalga oshirishi kerak boʻlgan barcha soliq toʻlovlari va boshqa majburiy toʻlovlar,
2.4. Shartnoma narxi ijrochining bitta oʻquvchini mutaxassislikka oʻqitish boʻyicha amalga oshiriladigan harajatlarini hisoblashdan kelib chiqqan holda belgilanadi.
2.5. Shartnoma narxi quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
SHN = Ns * Ns * Noʻ
Bu yerda: SHN – Shartnoma narxi;
Ns – 1ta oʻquvchini oʻqitish hisobiga 1 soat oʻqitish narxi;
Ns – oʻqitish dasturida soatlar miqdori;
Noʻ – oʻqitilganlar soni.
2.6. Ushbu Shartnomaga muvofiq:
1oʻqitiladigan fuqaroga hisoblaganda bir soat oʻqitishning narxi Bir soat o‘qitish narxi soʻmni tashkil etadi;
oʻqitish dasturining hajmi soatlarda O‘qitishning jami o‘quv soatlari oʻquv soatidan iborat;
oʻqitiladiganlar soni O‘qitiladiganlar soni nafar.
2.7. Xizmatlarga haq toʻlash Buyurtmachi tomonidan ishsizlar va band boʻlmagan aholini kasbga oʻqitish maqsadlari uchun moʻljallangan manbalardan amalga oshiriladi.
2.8. Xizmatlarga haq toʻlash pul oʻtkazish yoʻli bilan quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
avans toʻlovi Shartnoma tuzilgandan 10 kundan koʻp boʻlmagan muddat ichida Shartnomaning 15% miqdorida;
oraliq toʻlovlar – xizmatlar amalda koʻrsatilganda, koʻrsatilgan xizmatlarga oraliq dalolatnomasi imzolangandan 10 kundan koʻp boʻlmagan muddat ichida, ammo Shartnomaning 50 %dan koʻp boʻlmagan miqdorda;
yakuniy toʻlov – Shartnoma boʻyicha majburiyatlar bajarilgani toʻgʻrisidagi Dalolatnoma Tomonlar tomonidan imzolanganidan soʻng 10 kun ichida qolgan summa miqdorida.
2.9. Majburiyatlarni bajarish dalolatnomasida quyidagilar hisobga olinadi:
kasbga oʻqitish dasturida rejalashtirilgan oʻquv soatlari hajmi;
kasbga oʻqitish dasturi boʻyicha oʻqitilganlarning soni;
kasbga oʻqitishning natijasi, yaʼni oʻqitilganlarning oʻqish tugagandan soʻng 3 oydan
koʻp boʻlmagan muddatda ishga joylashganlari.
2.10. Oʻqishni bitirganlardan ishga joylashganlar:
85% dan kam miqdorni tashkil etsa – Shartnoma narxi Foiz ko‘rsatiladi%ga kamaytiriladi;
60% dan kam miqdorni tashkil etsa – Shartnoma narxi Foiz ko‘rsatiladi%ga kamaytiriladi;
50% dan kam miqdorni tashkil etsa – Shartnoma narxi Foiz ko‘rsatiladi%ga kamaytiriladi.
2.11. Buyutmachi aybi bilan Shartnomani bajarish imkoni boʻlmasa, Ijrochi tomonidan faqat amalda qilingan xarajatlar toʻlov bilan qoplanadi.
2.12. Shartnomaning 3.4-bandida koʻrsatilgan sabablar bilan oʻquvchi oʻqishdan chetlatilsa, Ijrochining xizmatlariga amalda koʻrsatilgan xizmat miqdoriga teng hajmda toʻlov toʻlanadi.
III-BOʻLIM. TOMONLARNING MAJBURIYATLARI VA HUQUQLARI
3.1. Buyurtmachi oʻz zimmasiga quyidagilarni oladi:
a) Shartnomaning 1.3.bandida koʻrsatilgan muddatlarni hisobga olgan holda oʻquv guruhlari tarkibini shakllantirish;
b) Shartnoma talablariga muvofiq ravishda koʻrsatilgan xizmatlarni qabul qilib olish;
v) Shartnomaning 3-boʻlimiga muvofiq koʻrsatilgan xizmatlarga haq toʻlash;
g) Buyurtmachining boshqa majburiyatlari.
3.2. Buyurtmachi quyidagi huquqlarga ega:
a) Ijrochi tomonidan koʻrsatilayotgan xizmatlar sifatini nazorat qilish, shu jumladan, Ijrochining malakaviy komissiyasi ishida ishtirok etish yoʻli bilan, shuningdek, oʻqitilayotgan guruhlarning davomatini joriy tekshiruvlarni amalga oshirish orqali;
b) Shartnomani bajarishda Ijrochi bilan kelishilgan holda Shartnomada koʻzda tutilgan xizmatlar hajmini 20 %dan oshmagan miqdorda oʻzgartirish, shunga mos ravishda Shartnoma narxini ham oʻzgartirish;
v) Shartnomaning 1.14-bandiga muvofiq Shartnoma narxini kamaytirish;
g) Ijrochiga Shartnoma bajarilishi yuzasidan soʻrovlar yuborish;
d) Buyurtmachining boshqa huquqlari.
3.3. Ijrochi oʻz zimmasiga quyidagi majburiyatlarni oladi:
a) ishsizlar va band boʻlmagan aholini kasbga oʻqitish boʻyicha xizmatlarni Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq amalga oshirish;
b) taʼlim oluvchilar guruhlarini qabul qilishni taʼminlash va kasbga oʻqitish oʻquv jaraynini samarali tashkil etish;
v) oʻqishni tugatganlar va malakaviy imtihonni muvaffaqiyatli tugatganlarga belgilangan shakldagi kasb-mutaxassislik malakasi berilgani toʻgʻrisidagi Sertifikatni taqdim etish;
g) Ijrochining aybi bilan xizmatlar koʻrsatishda yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarni oʻz kuchi bilan va oʻz hisobidan bartaraf etish;
d) Shartnoma boʻyicha koʻrsatiladigan xizmatlarga oid zarur hujjatlarni Buyurtmachining talabiga muvofiq taqdim etish;
ye) Ijrochining boshqa majburiyatlari.
3.4. Ijrochi quyidagi huquqlarga ega:
a) kasbga oʻqitish boʻyicha xizmatlar koʻrsatish maqsadida oʻquv dasturiga muvofiq yuqori malakali mutaxassislarni shartnoma asosida jalb qilish;
b) oʻquvchilar tomonidan kasbga oʻqitish jarayonida tashkiliy va oʻquv jarayoni qoidalari qoʻpol ravishda yoki tizimli buzilgani uchun, shu jumladan, uzrsiz sabablarga koʻra mashgʻulotlarga kelmasligi, shuningdek, bilim va koʻnikmalarni oʻzlashtira olmasligi uchun oʻquvchilar oʻqishdan chetlatiladi, va bu haqda Buyurtmachiga uch kun muddat ichida xabar beriladi;
v) Ijrochining boshqa huquqlari.
IV-BOʻLIM. KOʻRSATILGAN XIZMATLARNI TOPSHIRISH VA
QABUL QILISH TARTIBI
4.1. Ijrochi Shartnomada belgilangan muddatda Buyurtmachiga koʻrsatilgan xizmatlar boʻyicha hisobotni va Shartnoma majburiyatlari bajarilganligi toʻgʻrisida dalolatnoma loyihasini taqdim etadi.
4.2. Ijrochi tomonidan taqdim etilgan hisobot va dalolatnoma loyihasini tekshirish uchun koʻrsatilgan xizmatlar Shartnoma shartlariga mos kelishi boʻyicha Buyurtmachi tomonidan ekspertiza oʻtkaziladi. Ekspertizani oʻtkazish uchun Buyurtmachi Ijrochidan Shartnoma shartlariga tegishli tasdiqlovchi hujjat va materiallarni talab qilishga haqlidir.
4.3. Hisobot va dalolatnoma loyihasi toʻgʻriligi tasdiqlangan holda, Buyurtmachi 5 ish kuni davomida Shartnoma majburiyatlari bajarilgani boʻyicha dalolatnomani imzolaydi va uni Ijrochiga yoʻllaydi.
4.4. Tomonlar Shartnoma majburiyatlari bajarilganligi toʻgʻrisida dalolatnomani imzolaganidan boshlab, Shartnoma doirasida belgilangan Xizmatlar bajarilgan hisoblanadi.
4.5.Ko‘rsatilgan xizmatlarni topshirish va qabul qilishning boshqa shartlari.
V-BOʻLIM. TOMONLARNING JAVOBGARLIGI
5.1. Tomonlar Shartnoma shartlari bajarilganligi yoki bajarilmaganligi uchun javobgarlikka tortiladi.
5.2. Ijrochi tomonidan Shartnoma majburiyatlari oʻz vaqtida bajarilmaganligi holatida Buyurtmachi Ijrochiga kechiktirilgan har bir kun uchun Shartnoma narxining Shartnoma shartlari bajarilmaganda Buyurtmachi to‘laydigan penya miqdori (foizi) % miqdorda penya toʻlash talabini yoʻllaydi.
5.3. Buyurtmachi tomonidan Shartnoma majburiyatlari oʻz vaqtida bajarilmaganligi holatida Ijrochi Buyurtmachiga kechiktirilgan har bir kun uchun Shartnoma narxining Shartnoma shartlari bajarilmaganda Ijrochi to‘laydigan penya miqdori % miqdorda penya toʻlash talabini yoʻllaydi.
5.4. Tomonlar Shartnoma boʻyicha majburiyatlarni bajarishdan quyidagi hollarda ozod etiladi – Tomonlarga bogʻliq boʻlmagan, bartaraf etish imkoniyati boʻlmagan kuchga ega sharoitlar yuzaga kelganda, shu jumladan:
Bartaraf etish imkoniyati bo‘lmagan kuchga ega hollar.
5.5. Tomonlar bir-biriga 3 kundan koʻp boʻlmagan muddat ichida ularga bogʻliq boʻlmagan, bartaraf etish imkoniyati boʻlmagan kuchga ega sharoitlar amalda yoki yuzaga kelish ehtimoli toʻgʻrisida xabar berishi lozim. Tomonlarning biri ularga bogʻliq boʻlmagan, bartaraf etish imkoniyati boʻlmagan kuchga ega sharoitlar yuzaga kelganligi eʼtirof etilishiga rozi boʻlmasa, Tomonlar kelib chiqqan kelishmovchilarni koʻrib chiqish uchun qoʻshma komissiya tuzadilar.
Tomonlarning biri unga bogʻliq boʻlmagan, bartaraf etish imkoniyati boʻlmagan kuchga ega sharoitlar yuzaga kelganligi toʻgʻrisida boshqa tomonga xabar bermaganligi yoki oʻz vaqtida xabar bermaganligi, uni ushbu sharoitni inobatga olish huquqidan mahrum qiladi.
VI-BOʻLIM. SHARTNOMANING AMAL QILISH MUDDATI
6.1. Shartnoma imzolangan paytdan boshlab kuchga kiradi va Tomonlar uchun uning bajarilishi majburiydir.
6.2. Shartnoma Tomonlar kelishuviga asosan va sud qarori bilan Shartnoma Tomonlarining biri bir tomonlama Shartnomani bajarishdan bosh tortgan holda bekor qilinishi mumkin.
VII-BOʻLIM. BOSHQA SHARTLAR
7.1. Shartnoma ikki nusxada tuzilgan boʻlib, har bir nusxasi bir xil mazmunga va bir xil yuridik kuchga egadir.
7.2. Shartnomada koʻzda tutilmagan barcha holatlarda Tomonlar Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq ish tutadilar.
7.3. Shartnomaga barcha oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar yozma ravishda Shartnomaga qoʻshimcha kelishuvlar shaklida rasmiylashtiriladi va Shartnomaning ajralmas qismi hisoblanadi.
7.4. Shartnomani bajarishda kelib chiqadigan nizolar va kelishmovchiliklarni Tomonlar muzokaralar yoʻli bilan bartaraf etishadi, Tomonlar kelishuvga kelolmagan holda – ular sud tartibiga muvofiq hal etiladi.
7.5. Boshqa shartlar.
VIII-BOʻLIM. TOMONLARNING YURIDIK MANZILLARI VA REKVIZITLARI
BUYURTMACHI Buyurtmachi rekvizitlari Shartnoma imzolangan sana M.Oʻ. |
IJROCHI Ijrochining rekvizitlari M.Oʻ. |