O‘z-o‘ziga huquqiy xizmat ko‘rsatish “Legal Tech” tizimi

Daʼvo talablari miqdorini oshirish toʻgʻrisida Fuqarolik ishlari boʻyicha sudiga ariza

Hujjat tavsifi
Ariza rekvizitlari
  • Bu yerda tuman, tumanlaro, shahar sudi nomi koʻrsatiladi
Ariza beruvchi toʻgʻrisida maʼlumotlar
  • Изоҳ: Вилоят, туман (шаҳар), яшаш мазили тўлиқ кўрсатилади
Ariza mazmuni
  • Izoh: Ushbu bandga hozirgi ariza kiritilib, undirilishi soʻralayotgan summa yoziladi

Yuklab oling

Fuqarolik ishlari boʻyicha Ariza berilgan fuqarolik ishlari boʻyicha sudi nomiga

Ariza bergan shaxsning yashash manzilida yashovchi fuqaro

Ariza bergan shaxsning F.I.O.sidan

 

AR I Z A

(Daʼvo talablari miqdorini oshirish toʻgʻrisida)

Fuqarolik ishlari boʻyicha Ariza berilgan fuqarolik ishlari boʻyicha sudi nomi sudining ish yurituvida mening javobgar Ish boʻyicha javobgarning F.I.O.siga nisbatan Ish boʻyicha daʼvoning mazmuni toʻgʻrisidagi daʼvo arizam yuzasidan qoʻzgʻatilgan fuqarolik ishi mavjud.

Men oʻz daʼvo arizamda javobgardan Daʼvo arizasida dastlab undirib berish soʻralgan pul summasi miqdori soʻm miqdoridagi moddiy zararni undirib berishni soʻraganman.

Javobgar tomonidan yetkazilgan moddiy zararlar miqdori shu kecha kunduzdagi baholarda mutaxassislar tomonidan qayta hisob-kitob qilinganda zarar miqdori Daʼvo talabi miqdori oʻzgartirilgandan keyin undirilishi soʻralayotgan summa miqdori soʻmni tashkil etishligi aniqlandi.

Shu sababli, javobgar tomonidan yetkazilgan moddiy zarar miqdorini shu kecha kunduzdagi baholarda undirish maqsadga muvofiq boʻladi.

Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksining 44-moddasiga asosan, taraflar protsessual huquqlardan teng foydalanadilar va teng majburiyatlarga ega boʻladilar. Daʼvogar bildirilgan talablarning asosini yoki predmetini oʻzgartirishga, qoʻshimcha talablar taqdim etishga, daʼvo talablarining miqdorini oshirishga yoxud kamaytirishga, ulardan toʻliq yoki qisman voz kechishga haqli. Javobgar daʼvogarning talabini toʻliq yoki qisman tan olishga, qarshi daʼvo taqdim etishga haqli. Daʼvo ishini yuritishda taraflar sud protsessining har qanday bosqichida ishni kelishuv bitimi tuzish yoki birinchi instansiya sudida sud alohida xonaga (maslahatxonaga) sud hujjatini qabul qilish uchun chiqquniga qadar mediativ kelishuv tuzish orqali tugallashga haqli.

Yuqoridagilarga koʻra hamda Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 44-moddasiga, Fuqarolik protsessual kodeksining 188, 189-191-moddalari asoslanib,

 

SOʻRAYMAN:

Mening javobgar Ish boʻyicha javobgarning F.I.O.siga nisbatan Ish boʻyicha daʼvoning mazmuni toʻgʻrisidagi daʼvo arizam boʻyicha daʼvo talablarim miqdorini kupaytirib, javobgardan Daʼvo talabi miqdori oʻzgartirilgandan keyin undirilishi soʻralayotgan summa miqdori soʻm miqdoridagi moddiy zararni undirib berishni.

 

 

Ilova qilinayetga hujjatlar:

Ariza nusxasi;

Daʼvo talablari oshirilishi munosabati bilan qoʻshimcha davlat boji toʻlanganligi haqida bank hujjati.

 

Ariza bergan shaxsning F.I.O.si_______________

Ariza berilgan sana

 

 

 

Daʼvo talablari miqdorini oshirish toʻgʻrisida Fuqarolik ishlari boʻyicha sudiga ariza

Amaldagi Fuqarolik protsessual Kodeksida daʼvogar bildirilgan talablarning asosini yoki predmetini oʻzgartirishga, qoʻshimcha talablar taqdim etishga, daʼvo talablarining miqdorini oshirishga yoxud kamaytirishga, ulardan toʻliq yoki qisman voz kechishga haqli.

Daʼvo talablari miqdorini oshirish toʻgʻrisida ariza sudga taqdim qilinadi.

Foydalanuvchilarga qulaylik yaratish maqsadida mazkur ariza namunasi tayyorlangan boʻlib, ariza matni soʻrovnomalarni toʻldirish orqali osonlik bilan shakllantiriladi.