Daʼvo ariza berilgan sud nomiga
Daʼvogar: Daʼvogarning F.I.O.
Daʼvogarning yashash manzili
Daʼvogarning telefon raqami
Daʼvogarning elektron manzili
Javobgar: Javobgar tashkilotning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli
Javobgarning joylashgan manzili
Javobgarning telefon raqami
Javobgarning elektron manzili
Daʼvo mazmuni: Oʻz vaqtida toʻlanmagan Oʻz vaqtida toʻlanmagan ish haqi miqdori
soʻm ish haqi va Oylik ish haqi toʻlanmagan oylar soʻm pul kompensatsiyasini undirish toʻgʻrisida)
DAʼVO ARIZA
Javobgar tashkilotning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli rahbarining Mehnat shartnomasi asosida xodim ishga qabul qilingan sanadagi Mehnat shartnomasi raqami-sonli buyrugʻi asosida menMehnat shartnomasi asosida xodimning lavozimi lavozimiga ishga kabul kilinganman.
Shu kunga kadar mehnat faoliyati bilan shugʻullanib kelmoqdaman.
Biroq ish beruvchi menga toʻlanishi lozim boʻlgan Oylik ish haqi pullari toʻlanmagan yilyilning Oylik ish haqi toʻlanmagan oylar oylaridagi ish haqlarimni hanuzgacha bermasdan moliyaviy holatini vaj qilib, paysalga solib kelmoqda. Hozirda javobgarning mendan ish haqi boʻyicha Toʻlanmagan oylik ish haqining umumiy summasi soʻm qarzdorligi mavjud.
Buning natijasida men moddiy va maʼnaviy zarar koʻrib kelmoqdaman.
Mehnat kodeksining 244-moddasiga muvofiq, ish beruvchi oʻzining moliyaviy holatidan qatʼi nazar, xodimga bajargan ishi uchun haqni belgilangan mehnat haqi shartlariga muvofiq ushbu Kodeksning 253-moddasida koʻrsatilgan muddatlarda toʻlashi shart, yaʼni mehnatga haq toʻlash muddatlari jamoa shartnomasi yoki boshqa lokal normativ hujjatda belgilanadi va har yarim oyda bir martadan kam boʻlishi mumkin emas. Xodimlarning ayrim toifalari uchun alohida hollarda Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan ish haqi toʻlashning boshqa muddatlari belgilab qoʻyilishi mumkin. Haq toʻlanadigan kun dam olish kuni yoki bayram kuniga toʻgʻri kelib qolsa, mehnat haqi shu kun arafasida toʻlanadi. Jamoa shartnomasida ish beruvchining aybi bilan xodimga haq toʻlash belgilangan muddatlarga nisbatan kechikkanligi uchun javobgarlik nazarda tutilishi mumkin.
Mazkur kodeksining 244-moddasiga muvofiq, mehnat haqi shakli va tizimlari, mukofotlar, qoʻshimcha toʻlovlar, ustamalar, ragʻbatlantirish tarzidagi toʻlovlar jamoa shartnomalarida, shuningdek ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qoʻmitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi bilan kelishib qabul qilinadigan boshqa lokal hujjatlarda belgilanadi.
Korxonaning jamoa shartnomasida ish beruvchining aybi bilan xodimga haq toʻlash belgilangan muddatlarga nisbatan kechikkanligi uchun ish haqining xodim oylik ish haqining bir baravari miqdorida kompensatsiya toʻlanishi nazarda tutilgan boʻlib, korxona rahbari tomonidan ish haqlari berilmaganligi natijasida moddiy zarar koʻrdim.
Yuqorida qayd etilganlarga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga 244-moddasiga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 188, 189 va 191-moddalariga asoslanib, suddan quyidagilarni
SOʻ R A Y M A N:
1. Javobgardan mening foydamga Toʻlanmagan oylik ish haqining umumiy summasi soʻm miqdorida ish haqi hamda ish haqim kechiktirilganligi tufayli bir oylik ish haqim miqdorida kompensatsiya undirishingizni.
Ilova: Ilova qilingan hujjatlar roʻyxati
Daʼvogar Daʼvogarning F.I.O. __________ imzo
Daʼvo ariza berilgan sana
Mehnat munosabatlarida ish beruvchi tomonidan xodim ishlagan davri uchun ish haqi notoʻgʻri hisoblanishi yoki umuman ish haqi oʻz vaqtida toʻlanmasligi hollari uchrab turadi.
Amaldagi qonunchiligimizdan kelib chiqqan holda shunday hollarda xodim sudga ish haqini undirib berish toʻgʻrisidagi daʼvo ariza bilan murojaat qilishiga toʻgʻri keladi.
Ammo koʻpgina insonlar daʼvo arizasini mustaqil ravishda toʻgʻri tuzishda qiyinchilikga uchraydi. Bundan tashqari huquqshunoslar tomonidan yuridik jihatdan toʻgʻri rasmiylashtirilgan daʼvo arizasini tayyorlab berish maʼlum miqdorda mablagʻ talab etadi.
Makzur namunadan foydalangan holda ish haqini undirish va toʻlovlar kechikkanligi sababli pul kompensatsiyasini undirish toʻgʻrisida daʼvo arizasini bepul va mustaqil holda yuklab olish imkoni mavjud. Buning uchun esa foydalanuvchi tomonlarning shaxsiy maʼlumotlari hamda ish holatiga oid maʼlumotlar hujjatning tegishli maydonlariga aks ettirilishi lozim boʻladi.