O‘z-o‘ziga huquqiy xizmat ko‘rsatish “Legal Tech” tizimi

Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish va maʼnaviy zararni undirish toʻgʻrisida daʼvo ariza

Hujjat tavsifi
Саволлар
Umumiy
Daʼvo ariza rekvizitlari
Daʼvogar
  • (viloyat tuman (shahar) koʻcha, MFY nomi shuningdek, uy va xonadon raqami koʻrsatiladi)
Javobgar
  • (viloyat tuman (shahar) koʻcha, MFY nomi shuningdek, uy va xonadon raqami koʻrsatiladi)
Manfaatdor shaxs
  • (viloyat tuman (shahar) koʻcha, MFY nomi shuningdek, uy va xonadon raqami koʻrsatiladi)
Daʼvo ariza mazmuni

Yuklab oling

Daʼvo ariza berilgan sud nomi

Daʼvogar: Daʼvo ariza kiritilayotgan tuman (shahar) isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish boʻlimi istemolchilarning huquqlarini himoya qilish boʻlimi

Daʼvogarning manzili

Daʼvogarning telefon raqami

Daʼvogarning elektron manzili

Daʼvogar tashkilot rahbarining F.I.O.

Javobgar: Javobgar tadbirkorlik subyektining

Javobgarning manzili

Javobgarning telefon raqami

Javobgarning elektron manzili

Manfatdor shaxs: Manfaatdor shaxsning F.I.O.

Manfaatdor shaxsning yashash manzili

Manfaatdor shaxsning telefon raqami

Manfaatdor shaxsning elektron manzili

DAʼVO ARIZA

Isteʼmolchining buzulgan huquqlarini tiklash va Maʼnaviy zarar sifatida undirilishi soʻralayotgan pul miqdori maʼnaviy zararni

Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 1021-moddasi, 1-qismi talabiga koʻra, maʼnaviy zarar uni yetkazuvchining aybi boʻlgan taqdirda, zarar yetkazuvchi tomonidan qoplanadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 1022-moddasi talabiga koʻra, maʼnaviy zarar pul bilan qoplanadi. Maʼnaviy zararni qoplash miqdori jabrlanuvchiga yetkazilgan jismoniy va maʼnaviy azoblarning xususiyatiga, shuningdek ayb tovon toʻlashga asos boʻlgan hollarda zarar yetkazuvchining aybi darajasiga qarab sud tomonidan aniqlanadi. Zararni qoplash miqdorini aniqlashda oqilonalik va adolatlilik talablari eʼtiborga olinishi lozim. Jism oiy va maʼnaviy azoblarning xususiyati maʼnaviy zarar yetkazilgan haqiqiy holatlar va jabrlanuvchining shaxsiy xususiyatlari hisobga olingan holda sud tomonidan baholanadi. Maʼnaviy zarar toʻlanishi lozim boʻlgan mulkiy zarardan qatʼi nazar qoplanadi.

“Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida” Qonuni 4-moddasining birinchi qismi beshinchi xatboshisiga koʻra, hayoti, sogʻligʻi va mol-mulki uchun xavfli nuqsoni boʻlgan mahsulot (ish, xizm at), shuningdek, ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi)ning gʻayriqonuniy harakati (harakatsizligi) tufayli yetkazilgan moddiy ziyon, maʼnaviy zararning toʻliq hajmda qoplanishi belgilangan.

Oliy Sud Plenumining 2000-yil 28-apreldagi 7-son “Maʼnaviy zararni qoplash haqidagi qonunlarni qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarorining uchinchi bandiga asosan, maʼnaviy zarar yetkazganlik uchun javobgarlikning kelib chiqishiga asos boʻluvchi shartlardan biri zarar yetkazuvchining aybi boʻlishi hisoblanadi.

“Isteʼ

molchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida” qonunini 22-moddasiga binoan, Isteʼmolchining huquqlari buzilishi tufayli unga yetkazilgan maʼnaviy zarar uchun uni yetkazgan shaxs, basharti u aybdor boʻlsa, haq toʻlashi lozim. Maʼnaviy zarar uchun toʻlanadigan haq miqdorini sud belgilaydi. Maʼnaviy zarar uchun haq toʻlash mulkiy ziyon va isteʼmolchi koʻrgan zararning oʻrni qoplanishidan qatʼi nazar, amalga oshiriladi.

Yuqordigalarga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 1021 va 1022-moddalari, “Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida” qonuniga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 188, 189 va 191-moddalariga asosan

SOʻRAYMAN:

1. Javobgardan fuqaro Manfaatdor shaxsning F.I.O.ning foydasiga xarid qilingan nosoz mahsulotning oʻrniga___ belgilashingizni;

2. Javobgardan fuqaro Manfaatdor shaxsning F.I.O..ning foydasiga Maʼnaviy zarar sifatida undirilishi soʻralayotgan pul miqdori soʻm maʼnaviy zararni undirib berishingizni;

3. Davlat bojini javobgardan undirishni belgilash.ngizni.

Ilova: Daʼvo arizaga ilova qilinayotgan hujjatlar roʻyxati

Daʼvo ariza kiritilayotgan tuman (shahar) isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish boʻlimi istemolchilarning huquqlarini himoya qilish boʻlimi boshligʻi

Daʼvogar tashkilot rahbarining F.I.O. __________ (imzo)

Daʼvo ariza berilgan sana

Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish va maʼnaviy zararni undirish toʻgʻrisida daʼvo ariza

Mamlakatimizda isteʼmolchilar huquqlari va qonuniy manfaatlari himoyasi Konstitutsiyamiz, “Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi qonun, Fuqarolik kodeksi va boshqa qonun hujjatlari bilan kafolatlangan. Mazkur hujjatlar isteʼmolchilarning mahsulotlar sotib olish, ishlar va xizmatlardan foydalanishda huquqlarini himoya qilishga qaratilgan.

Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish jamiyatlari isteʼmolchilarning buzilgan huquqlarini himoya qilish sohasidagi maxsus vakolatli hisoblanadi.

Isteʼmolchilar huquqlari samarali himoya qilinishiga koʻmaklashish maqsadida isteʼmolchilar huquqchining buzilgan huquqlarini tiklash va maʼnaviy zararni undirish toʻgʻrisidagi daʼvo arizasi namunasi tayyorlandi.

Daʼvo ariza namunasida mazkur sohadagi munosabatlarni tartibga soluvchi, daʼvo arizani asoslovchi normalar bayon etilgan boʻlib, foydalanuvchidan oʻziga hamda ish holatiga oid boʻlgan maʼlumotlarni savolnomaga asosan kiritish talab etiladi.