O‘z-o‘ziga huquqiy xizmat ko‘rsatish “Legal Tech” tizimi

Temir yo‘l shaxobchasidan foydalanish xaqida shartnoma (temir yo‘l lokomotivi bilan xizmat ko‘rsatilganda)

Hujjat tavsifi
Shartnoma rekvizitlari
Temir yo‘l taraf to‘g‘risida maʼlumotlar
  • Izoh: Masalan Ustav, Nizom yoki ishonchnoma
Shaxobcha egasi tarafi to‘g‘risida maʼlumotlar
  • Izoh: Masalan Ustav, Nizom yoki ishonchnoma
Shartnoma mazmuni
  • Izoh: Ushbu bandga xabarnoma kelib tushganidan so‘ng vagonni olib chiqib ketish lozim bo‘lgan soat ko‘rsatilishi lozim

Yuklab oling

 

Temir yoʻl shaxobchasidan foydalanish xaqida

SHARTNOMA

2 shakli

(temir yoʻl lokomotivi bilan

xizmat koʻrsatilganda)

 

Shartnoma tuzilgan joy

Shartnoma raqami-son

Shartnoma tuzilgan sana

 

Bundan buyon matnda “Temir yoʻl” deb yuritiluvchi, Temir yo‘l tashkiloti nomi, tashkiliy huquqiy shakli nomidan, Temir yo‘lning korxonasi vakiliga shartnoma tuzish huquqini beruvchi hujjatga asosan harakat qiluvchi Temir yo‘l tashkiloti nomidan faoliyat olib boruvchi shaxs lavozimi, F.I.O.si,bir tomondan va bundan buyon matnda “Shaxobcha egasi” deb yuritiluvchi Shaxobcha (tashkilot) ning nomi, tashkiliy huquqiy shakli nomidan Shaxobcha nomidan shartnoma tuzish bo‘yicha vakilga shartnoma tuzish huquqini beruvchi hujjat asosida harakat qiluvchi Shaxobcha egasi nomidan ish olib boruvchi shaxs lavozimi, F.I.O.si,ikkinchi tomondan, ushbu shartnomani quyidagilar xaqida tuzdik:

1. Oʻzbekiston Respublikasi temir yoʻl Nizomi, Texnik foydalanish qoidalari, Poyezdlar xarakati va manevr ishlari Yoʻriqnomasi, Signalizatsiya boʻyicha Yoʻriqnoma, Temir yoʻl transportida yuk tashish qoidalari va ushbu shartnoma shartlari asosida Shaxobcha egasiga tegishli boʻlgan, Shaxobcha egasiga tegishli boʻlgan stansiya nomi stansiyasiga Ulangan o‘tkazgichning raqami-sonli strelkali oʻtkazgich orqali ulangan, temir yoʻl lokomotivi bilan xizmat koʻrsatiladigan Foydalanilayotgan temir yo‘l shaxobchasi nomi temir yoʻl shaxobchasidan foydalanish amalga oshiriladi.с

Temir yoʻl shaxobchaning chegarasi stansiyaga tutashgan strelkali oʻtkazgichdan Temir yo‘l shaxobchasi chegarasi (pog.m) p.m. masofada oʻrnatilgan “Temir yoʻl shaxobcha chegarasi” belgisi xisoblanadi.

Temir yoʻl shaxobchaning umumiy uzunligi Temir yo‘l shaxobchasi umumiy uzunligi (pog.m) pog.m.ni tashkil qiladi.

Shaxobcha egasining temir yoʻl shaxobchasi va qurilmalari temir yoʻl ajratish mintaqasida Temir yo‘l shaxobchasi va qurilmalari egallagan hudud hajmi (kv.metr) kv.metr yer maydonini band qilgan.

2. Vagonlarni berish va olib chiqish temir yoʻl lokomotivi bilan tunu-kun, vagonlarni yuk yuklash, tushirish joylariga qoʻyish bilan amalga oshiriladi.

Vagonlarni berish va olib chiqishda to‘lovlarni amalga oshirish uchun taraflarga belgilangan masofa,xar ikki tomonga Vagonlarni berish va olib chiqishda toʻlovlarni amalga oshirish uchun taraflarga belgilangan masofa km. qilib belgilanadi.

Vagonlarni berish va olib chiqish uchun yigʻimlar kun davomida berilgan va olib chiqilgan vagonlarning xaqiqiy soni boʻyicha, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi kengashining 15.05.2013-yil kungi 7K sonli bayonnomasi bilan tasdiqlangan 1-son Tarif qoʻllanmasining jadvali (Vagonlarni berish va olib chiqish yigʻimlari sharxi) asosida undiriladi.

3. Temir yoʻl Shaxobcha egasini vagonlar berilishidan 2 soatdan kechiktirmay telefon orqali vagonlar berilishi rejalashtirilayotganligi haqida ogohlantiradi.

4. Shaxobcha egasi stansiyani temir yoʻl shaxobchaga bir vaqtning oʻzida yuk yuklash, tushirish joylariga berilgan vagonlar bilan yuk yuklash va tushirish ishlari tugatilgani va olib chiqib ketishga tayyorligi xaqida vagonlar raqamini, shuningdek vagonlar boʻsh yoki yukli ekanligini koʻrsatgan xolda yozma ravishda xabardor qiladi.

Temir yoʻl olib chiqib ketishga tayyor vagonlarni Shaxobcha egasidan vagonlar olib chiqib ketishga tayyor boʻlganligi haqida yozma xabarnoma olganidan soʻng Tayyor vagonlarni olib chiqish to‘g‘risida xabarnoma kelib tushgandan keyin vagonlarni olib ketish muddati soat ichida temir yoʻl shaxobchadan olib chiqib ketadi.

Olib chiqib ketishga tayyor vagonlar temir yoʻl tomonidan bir sutkada kamida bir marta olib chiqiladi.

5. Zarur hollarda Shaxobcha egasi Shaxobcha egasiga tegishli bo‘lgan stansiya nomi stansiyasi yoʻllarida vagonlarni temir yoʻl shaxobchaga berilgunga qadar ularga boʻrda belgi qoʻyish ishlarini tashkil etadi.

6. Vagonlarni texnik va tijoriy jixatdan topshirish va qabul qilish ishlari Yuk tashish qoidalariga muvofiq yuk yuklash va tushirish joylarida amalga oshiriladi. Qabul qilish operatsiyalari tugagandan soʻng vagonlar va yuklarning butligi uchun javobgarlik qabul qiluvchi tomonga yuklanadi.

7. Yuklarni yuklash va tushirish uchun Shaxobcha egasiga Yuk tashish qoidalarining 13-boʻlimiga muvofiq yuk, vagon turi, tashish usuli, yuklash va tushirish mehanizmlarining mavjudligi va turiga qarab meʼyoriy vaqt taqdim etiladi.

Yuk joʻnatuvchilar, yuk oluvchilar tomonidan temir yoʻl umumiy parki vagonlarining belgilangan muddatlardan kechiktirilgan taqdirda, temir yoʻl Nizomining 132-bandida koʻrsatilgan miqdorlarda jarima undiriladi.

Xususiy (ijaraga olingan) vagonlar stansiya temir yoʻllarida turib qolgan taqdirda, jarima temir yoʻl Nizomining 132-bandiga muvofiq 50% miqdorida undiriladi.

8. Temir yoʻl shaxobchada vagonlarga bir vaqtning oʻzida yuklarni yuklash va tushirish uchun quyidagi yuk yuklash va tushirish joylari oʻrnatiladi:

a) yuklash boʻyicha Temir yo‘l shaxobchasida vagonlarga yuk yuklash joyi

b) tushirish boʻyicha Temir yo‘l shaxobchasida vagonlaridan yuklarni tushirish joyi

Shaxobcha egasi vagonlarning kunu-tun davomida, shu jumladan tunda berilgan vagonlarning uzluksiz yuklanishi va tushirilishini, yuk operatsiyalariga belgilangan meʼyoriy vaqtlarga rioya etilgan xolda taʼminlashi va vagonlardan unumli foydalanishni taʼminlashi lozim.

Temir yoʻl shaxobchaga bir vaqtda beriladigan vagonlar soni Temir yo‘l shaxobchasiga beriladigan vagon soni vagon (temir yoʻl shaxobcha Yoʻriqnomasiga asosan) etib belgilanadi.

Shaxobcha egasining texnik vositalari yordamida vagonlarni siljitish uchun Shaxobcha egasining texnik vositalari yordamida vagonlarni joyidan siljitish uchun beriladigan qo‘shimcha vaqt daqiqa vaqt qoʻshiladi.

9. Vagonlarning temir yoʻl shaxobchadagi turib qolish vaqtini hisobga olish raqamlangan usul bilan amalga oshiriladi.

10. Ushbu shartnoma shartlariga koʻra quyidagi korxona, tashkilotlarga vagonlar beriladi:

Shartnomaga muvofiq vagonlar beriladigan tashkilotlar nomi

11. Shaxobcha egasi ushbu shartnoma boʻyicha temir yoʻlga quyidagi toʻlovlarni amalga oshiradi:

a) vagonlarni shaxobcha yoʻlga berish va olib chiqish uchun - ushbu shartnomaning 2-bandida belgilangan tartibda

b) Shaxobcha egasining temir yoʻl shaxobchasi, omborlari va inshoatlari bilan temir yoʻl ajratish mintaqasida band qilingan yer maydoni uchun Shaxobcha egasininng band qilgan yer maydoni uchun amalga oshiradigan to‘lov summasi (so‘mda) soʻm

Ushbu toʻlovlar Shaxobcha egasi tomonidan temir yoʻlga “Oʻztemiryoʻlxisob” markazi texnologik markazlari orqali, Shaxobcha egasi va TexPD oʻrtasida tuzilgan aloxida “Temir yoʻl transportida tashishlar va koʻrsatilgan xizmatlar uchun xisob kitob qilishning tartibi va aloxida xususiyatlari toʻgʻrisidagi Kelishuv” ga asosan amalga oshiriladi.

12. Oʻziga qarashli temir yoʻl shaxobchasi mavjud boʻlmagan yuk oluvchilar, yuk joʻnatuvchilar nomiga kelgan vagonlarni temir yoʻl shaxobchaga berish Shaxobcha egasi va yuk egasi oʻrtasida tuzilgan yozma kelishuvi va ular tomonidan stansiya boshligʻi nomiga bergan buyurtmasiga asosan amalga oshiriladi. Unda yuk operatsiyalari uchun qanday meʼyorlar qoʻllanilishi, va vagonlarning belgilangan meyoriy vaqtlardan ortiq turib qolganligi uchun kim (Shaxobcha egasi yoki yuk egasi) javobgar ekanligi koʻrsatilgan boʻlishi lozim. Agar stansiya boshligʻi kelishuv shartlariga rozi boʻlsa, vagonlarni temir yoʻl shaxobchaga berishga ruxsat beradi. Kelishuv statsiyada qoladi.

13. Vagonlarni oʻz-oʻzidan chiqib ketishdan saqlash uchun Shaxobcha egasi temir yoʻl shaxobchaga xizmat koʻrsatish va xarakatni va manevr ishlarini tashkil qilish tartibi toʻgʻrisidagi Yoʻriqnomada belgilanganidan kam boʻlmagan miqdorda doimiy soz holatdagi tormoz bashmaklariga ega boʻlishi lozim.

Tormoz bashmaklarini toʻgʻri ishlatilishini taʼminlash boʻyicha javobgarlik Shaxobcha egasining zimmasiga yuklatiladi. Turli metall va yogʻoch buyumlar, gʻisht va hokazolardan vagonlarni maxkamlashda foydalanish qatʼiyan man etiladi. Shaxobcha egasi qatʼiy xisobot yuritadi va tormoz bashmaklarining mavjudligi va butligi uchun javobgardir.

14. Tungi vaqtlarda, shuningdek koʻrish cheklangan vaqtlarda ishni yaxshi tashkil qilish uchun, yoritish uskunalari ayniqsa yuk tushirish-yuklash joylarida yetarli va doimiy soz xolatda boʻlishi lozim. Shaxobcha egasi vagonlardan yuklarni toʻgʻri va xavfsiz tushirish, yuklash uchun javobgardir.

15. Shaxobcha egasi temir yoʻl shaxobcha va uning barcha inshootlarini toza va doimiy soz xolatda saqlashi shart. Yoʻl, yoʻl yoqalari, strelkali oʻtkazgichlar, yuk yuklash-tushirish maydonlari, intensiv manevr ishlari bajariladigan joylar oʻz vaqtida taʼmirlanishi, yuk qoldiqlari, axlatdan, ishlatib boʻlingan detallardan va boshqalardan Shaxobcha egasi kuchi bilan tozalangan boʻlishi kerak.

16. Shaxobcha egasi temir yoʻl shaxobcha, strelkali oʻtkazgichlar, yoʻllar oraligʻi tozaligi, gabartilarning taʼminlanishi, temir yoʻl xududining, shuningdek yuk yuklash, tushirish joylarining yetarli yoritilishi, texnik jixozlarning soz xolatda saqlash, gabaritsiz va xavfli joylarni, kesishmalarni belgilash va temir yoʻl shaxobchada xavfsiz ish sharoitini yaratish boʻyicha boshqa choralarni koʻrgan xolda, temir yoʻl shaxobchada oʻz xizmat vazifalarini bajarayotgan temir yoʻl xodimlarining xavfsiz ish sharoitini taʼminlaydi.

17. Stansiya boshligʻi temir yoʻl shaxobchada harakat xavfsizligi va temir yoʻl inshootlari holatini tekshirish huquqiga ega. Harakat xavfsizligiga tahdid soluvchi nosozliklar aniqlangan taqdirda, nosozliklar toʻliq bartaraf etilmaguncha vagonlarni berish toʻxtatilishi kerak.

18. Vagonlarning turib qolish vaqtini kamaytirish va yuklash - tushirish operatsiyalarini mexanizatsiyalashtirishni mustahkamlash va vagonlar butligini taʼminlash uchun, Shaxobcha egasi quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish majburiyatini oladi:

Chora-tadbirlar nomi

Bajarish muddati

19. Ushbu shartnomada nazarda tutilmagan barcha masalalarda tomonlar Oʻzbekiston Respublikasining “Temir yoʻl transporti toʻgʻrisida” gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi temir yoʻl Nizomi va boshqa amaldagi temir yoʻl meʼyoriy qoidalariga amal qiladilar.

Ushbu shartnomadan kelib chiqadigan barcha nizo va kelishmovchiliklar tomonlar oʻrtasidagi muzokaralar yoʻli bilan hal etiladi va agar tomonlar kelishuvga kelmasa, masala iqtisodiy sudi tomonidan koʻrib chiqiladi.

Agar vakolatli organlar temir yoʻl transportining ishlash shartlarini oʻzgartiruvchi meyoriy xujjatlar chiqarsalar, tomonlar shartnoma matniga belgilangan tartibda zarur qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritib, shartnomani ushbu qoidalarga muvofiqlashtirishga majburdirlar.

Oʻzbekiston Respublikasi temir yoʻl Nizomining 90-bandiga muvofiq Temir yoʻl Shaxobcha egasi tomonidan xarakat xavfsizligini, temir yoʻl vagonlari butligini tizimli ravishda buzib kelgan taqdirda, shuningdek temir yoʻl xizmatlari uchun debitor qarzdorlik mavjud boʻlgan taqdirda shartnomani bir tomonlama bekor qilish xuquqiga ega.

20. Vagonlar (konteynerlar) butligini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida:

a) yuklarni yuklash va tushirishda Shaxobcha egasi vagonlarning butligini taʼminlashning texnik shartlariga qatʼiy rioya qilishi kerak;

b) Vagonlarga (konteynerlarga) zarar yetkazilganligi yoki temir yoʻl shaxobchada vagonlar (konteynerlar) qismlarini yoʻqotganligi uchun Shaxobcha egasi Temir yoʻl tomonidan tasdiqlangan narxlar roʻyxati boʻyicha vagonlarning (konteynerlarning) shikastlangan (yoʻqolgan) qismlari qiymatidan oʻn barobar miqdorida jarima toʻlaydi.

v) VU-25 shaklidagi dalolatnoma tuzilgunga qadar vagonlar Shaxobcha egasi temir yoʻl shaxobchasida saqlandi va ularning turib qolganligi uchun jarima vagonlarni shikastlantirgan aybdor tashkilot tomonidan toʻlanadi.

21. Shaxobcha egasi temir yoʻl shaxobchaga tushirish uchun berilgan xususiy (ijaradagi) vagonlarni (qaysi temir yoʻlga tegishliligidan qatʼiy nazar), Shaxobcha egasi nomiga berilgan xususiy (ijaradagi) vagonlardan tashqari, berilgan vaqtdan belgilangan meʼyoriy vaqtda tushirishni oʻz zimmasiga oladi. Yuklarni tushirish vaqtida vagonlar belgilangan meʼyoriy vaqtdan koʻp vaqt turib qolgan taqdirda, Temir yoʻl tomonidan taʼqiq choralari koʻriladi (konvensiya taʼqiqlari, temir yoʻl shaxobchaga vagonlar berishni, shu jumladan temir yoʻl shaxobchasi mavjud boʻlmagan yuk oluvchilar nomiga kelgan vagonlarni berishni cheklash va boshqalar).

22. Qoʻshimcha shartlar

Shartnoma mazmuniga oid boshqa qo‘shimcha shartlar

23. Ushbu shartnoma imzolangan paytdan kuchga kiradi hamda Shartnomaning amal qilish muddati tugaydigan sanaga qadar amal qiladi.

.

TARAFLARNING REKVIZITLARI

Temir yoʻl:

Shaxobcha egasi:

Manzil: Temir yo‘l tashkilotining manzili

Manzil: Shaxobcha egasining manzili

Bank: Temir yo‘l tashkilotining hisob raqami joylashgan bank nomi

Bank Shaxobcha egasining hisob raqami joylashgan bank nomi

H/R: Temir yo‘l tashkilotining hisob raqami

H/R: Shaxobcha egasining hisob raqami

STIR: Temir yo‘l tashkilotining STIR raqami

STIR: Shaxobcha egasining STIR raqami

Telefon: Temir yo‘l tashkilotining telefon raqami

Telefon: Shaxobcha egasining telefon raqami

Temir yo‘l tashkiloti nomidan faoliyat olib boruvchi shaxs lavozimi, F.I.O.si

Shaxobcha egasi nomidan ish olib boruvchi shaxs lavozimi, F.I.O.si

__________________

(imzo, muhr)

__________________

(imzo, muhr)

Temir yo‘l shaxobchasidan foydalanish xaqida shartnoma (temir yo‘l lokomotivi bilan xizmat ko‘rsatilganda)

Temir yo‘l stansiyasi — poyezdlar va boshqa transport vositalari bilan texnologik operatsiyalar (qabul qilish va jo‘natish, manyovr ishlari va shu kabilar)ni, shuningdek bagaj, yuk bagajini qabul qilish va taqdim etish hamda yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha operatsiyalarni amalga oshiruvchi umumiy foydalanish temir yo‘l transporti bo‘linmasi.

Vagonlarni temir yo‘l lokomotivi bilan temir yo‘l shaxobchaga berish va olib chiqish to‘lovlarini undirish uchun masofa, xar ikki tomonga Vagonlarni berish va olib chiqishda to‘lovlarni amalga oshirish uchun taraflarga belgilangan masofa kilometr qilib belgilanadi.

Shaxobcha egasining temir yo‘l shaxobchasi va qurilmalari temir yo‘l ajratish mintaqasida Temir yo‘l shaxobchasi va qurilmalari egallagan hudud hajmi (kv.metr) kv.metr yer maydonini band qilgan.

Mazkur shartnoma mazmuni va shakli qonunchilik talablariga rioya qilingan holda yuridik til qoidalari asosida shakllantirilgan bo‘lib, kelishuvni bepul va mustaqil holda to‘ldirib, bepul yuklab olishingiz mumkin.