O‘z-o‘ziga huquqiy xizmat ko‘rsatish “Legal Tech” tizimi

Temir yo‘lga tegishli bo‘lgan temir yo‘l shaxobchaga vagonlarni berish va olib chiqish xaqida shartnomaTemir yo‘lga tegishli bo‘lgan temir yo‘l shaxobchaga vagonlarni berish va olib chiqish xaqida shartnoma

Hujjat tavsifi
Shartnoma rekvizitlari
Temir yo‘l taraf to‘g‘risida maʼlumotlar
  • Изоҳ: Масалан Устав, Низом ёки ишончнома
Korxona taraf to‘g‘risida maʼlumotlar
  • Izoh: Masalan Ustav, Nizom yoki ishonchnoma
Shartnoma mazmuni
  • Izoh: Ushbu bandga xabarnoma kelib tushganidan so‘ng vagonni olib chiqib ketish lozim bo‘lgan soat ko‘rsatilishi lozim

Yuklab oling

Temir yoʻlga tegishli boʻlgan temir yoʻl shaxobchaga vagonlarni

berish va olib chiqish xaqida

SHARTNOMA

5 shakli

(temir yoʻl lokomotivi bilan

xizmat koʻrsatilganda)

 

Shartnoma tuzilgan joy

Shartnoma raqami-son

Shartnoma tuzilgan sana

 

Bundan buyon matnda “Temir yoʻl” deb yuritiluvchi, Temir yo‘l tashkiloti nomi, tashkiliy huquqiy shakli nomidan Temir yo‘lning korxonasi vakiliga shartnoma tuzish huquqini beruvchi hujjat asosan xarakat qiluvchi, Ijaraga beruvchi tashkilot nomidan faoliyat olib boruvchi shaxs lavozimi va F.I.O.si,bir tomondan va bundan buyon matnda “Korxona” deb yuritiluvchi Korxonaning nomi, tashkiliy huquqiy shakli nomidan Korxona nomidan shartnoma tuzish bo‘yicha vakilga shartnoma tuzish huquqini beruvchi hujjat asosida harakat qiluvchi Korxonaning nomidan ish olib boruvchi shaxs lavozimi, F.I.O.si,ikkinchi tomondan, ushbu shartnomani quyidagilar xaqida tuzdik:

1. Oʻzbekiston Respublikasi temir yoʻl Nizomi, Texnik foydalanish qoidalari, Poyezdlar xarakati va manevr ishlari Yoʻriqnomasi, Signalizatsiya boʻyicha Yoʻriqnoma, Temir yoʻl transportida yuk tashish qoidalari va ushbu shartnoma shartlari asosida Vagonlarni yuk yuklash, tushirish mo‘ljallanayotgan stansiya nomi stansiyasiga Ulangan o‘tkazgichning raqami-sonli strelkali oʻtkazgich orqali ulangan, Foydalanilayotgan temir yo‘l shaxobchasi nomitemir yoʻl shaxobchasiga temir yoʻl lokomotivi bilan vagonlarni berish, vagonlarni yuk yuklash, tushirish joylariga qoʻyish amalga oshiriladi.

Temir yoʻl shaxobchaning chegarasi stansiyaga tutashgan strelkali oʻtkazgichdan Temir yo‘l shaxobchasi chegarasi (pog.m) p.m. masofada oʻrnatilgan “Temir yoʻl shaxobcha chegarasi" belgisi xisoblanadi.

Temir yoʻl shaxobchaning umumiy uzunligi Temir yo‘l shaxobchasi umumiy uzunligi (pog.m) pog.m.ni tashkil qiladi.

Korxonaning temir yoʻl shaxobchasi va qurilmalari temir yoʻl ajratish mintaqasida Temir yo‘l shaxobchasi va qurilmalari egallagan hudud hajmi (kv.metr) kv.metr yer maydonini band qilgan

2. Vagonlarni berish va olib chiqish temir yoʻl lokomotivi bilan tunu-kun, vagonlarni yuk yuklash, tushirish joylariga qoʻyish bilan amalga oshiriladi.

Vagonlarni temir yoʻl lokomotivi bilan temir yoʻl shaxobchaga berish va olib chiqish toʻlovlarini undirish uchun masofa, xar ikki tomonga Vagonlarni berish va olib chiqishda to‘lovlarni amalga oshirish uchun taraflarga belgilangan masofa km. qilib belgilanadi.

Vagonlarni berish va olib chiqish uchun yigʻimlar kun davomida berilgan va olib chiqilgan vagonlarning xaqiqiy soni boʻyicha, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi kengashining 15.05.2013-yil kungi 7K sonli bayonnomasi bilan tasdiqlangan 1-son Tarif qoʻllanmasining jadvali (Vagonlarni berish va olib chiqish yigʻimlari sharxi) asosida undiriladi.

3. Temir yoʻl Korxonani vagonlar berilishidan 2 soatdan kechiktirmay telefon orqali vagonlar berilishi rejalashtirilayotganligi haqida ogohlantiradi.

4. Korxona stansiyani temir yoʻl shaxobchaga bir vaqtning oʻzida yuk yuklash, tushirish joylariga berilgan vagonlar bilan yuk yuklash va tushirish ishlari tugatilgani va olib chiqib ketishga tayyorligi xaqida vagonlar raqamini, shuningdek vagonlar boʻsh yoki yukli ekanligini koʻrsatgan xolda yozma ravishda xabardor qiladi.

Temir yoʻl olib chiqib ketishga tayyor vagonlarni Korxonadan vagonlar olib chiqib ketishga tayyor boʻlganligi haqida yozma xabarnoma olganidan soʻng Tayyor vagonlarni olib chiqish to‘g‘risida xabarnoma kelib tushgandan keyin vagonlarni olib ketish muddati soat ichida temir yoʻl shaxobchadan olib chiqib ketadi.

Olib chiqib ketishga tayyor vagonlar temir yoʻl tomonidan bir sutkada kamida bir marta olib chiqiladi.

5. Zarur hollarda Korxona Vagonlarni yuk yuklash, tushirish mo‘ljallanayotgan stansiya nomi stansiyasi yoʻllarida vagonlarni temir yoʻl shaxobchaga berilgunga qadar ularga boʻrda belgi qoʻyish ishlarini tashkil etadi.

6. Vagonlarni texnik va tijoriy jixatdan topshirish va qabul qilish ishlari Yuk tashish qoidalariga muvofiq yuk yuklash va tushirish joylarida amalga oshiriladi. Qabul qilish operatsiyalari tugagandan soʻng vagonlar va yuklarning butligi uchun javobgarlik qabul qiluvchi tomonga yuklanadi.

7. Yuklarni yuklash va tushirish uchun Korxonaga Yuk tashish qoidalarining 13-boʻlimiga muvofiq yuk, vagon turi, tashish usuli, yuklash va tushirish mexanizmlarining mavjudligi va turiga qarab meʼyoriy vaqt taqdim etiladi.

Yuk joʻnatuvchilar, yuk oluvchilar tomonidan temir yoʻl umumiy parki vagonlarining belgilangan muddatlardan kechiktirilgan taqdirda, temir yoʻl Nizomining 132-bandida koʻrsatilgan miqdorlarda jarima undiriladi.

Xususiy (ijaraga olingan) vagonlar stansiya temir yoʻllarida turib qolgan taqdirda, jarima temir yoʻl Nizomining 132-bandiga muvofiq 50% miqdorida undiriladi.

8. Temir yoʻl shaxobchada vagonlarga bir vaqtning oʻzida yuklarni yuklash va tushirish uchun quyidagi yuk yuklash va tushirish joylari oʻrnatiladi:

a) yuklash boʻyicha Temir yo‘l shaxobchasida vagonlarga yuk yuklash joyi

b) tushirish boʻyicha Temir yo‘l shaxobchasida vagonlardan yuklarni tushirish joyi

Korxona vagonlarning kunu-tun davomida, shu jumladan tunda berilgan vagonlarning uzluksiz yuklanishi va tushirilishini yuk operatsiyalariga belgilangan meʼyoriy vaqtlarga rioya etilgan xolda taʼminlashi va vagonlardan unumli foydalanishni taʼminlashi lozim.

9.Temir yoʻl shaxobchaga bir vaqtda beriladigan vagonlar soni Temir yo‘l shaxobchasida vagonlardan yuklarni tushirish joyi vagon (temir yoʻl shaxobcha Yoʻriqnomasiga asosan) etib belgilanadi.

Korxona texnik vositalari yordamida vagonlarni siljitish uchun Korxona texnik vositalari yordamida vagonlarni siljitish uchun qo‘shib beriladigan muddat (soat) minut vaqt qoʻshiladi.

10. Vagonlarning temir yoʻl shaxobchadagi turib qolish vaqtini hisobga olish raqamlangan usul bilan amalga oshiriladi.

11.Korxona ushbu shartnoma boʻyicha temir yoʻlga quyidagi toʻlovlarni amalga oshiradi:

a) vagonlarni shaxobcha yoʻlga berish va olib chiqish uchun - ushbu shartnomaning 2-bandida belgilangan tartibda

b) Korxonaning temir yoʻl shaxobchasi, omborlari va inshoatlari bilan temir yoʻl ajratish mintaqasida band qilingan yer maydoni uchun Shaxobcha egasininng band qilgan yer maydoni uchun amalga oshiradigan to‘lov summasi (so‘m) soʻm

Ushbu toʻlovlar Korxona tomonidan temir yoʻlga “Oʻztemiryoʻlxisob” markazi texnologik markazlari orqali, Korxona va TexPD oʻrtasida tuzilgan aloxida “Temir yoʻl transportida tashishlar va koʻrsatilgan xizmatlar uchun xisob kitob qilishning tartibi va aloxida xususiyatlari toʻgʻrisidagi Kelishuv” ga asosan amalga oshiriladi.

12. Oʻziga qarashli temir yoʻl shaxobchasi mavjud boʻlmagan yuk oluvchilar, yuk joʻnatuvchilar nomiga kelgan vagonlarni temir yoʻl shaxobchaga berish Korxona va yuk egasi oʻrtasida tuzilgan yozma kelishuvi va ular tomonidan stansiya boshligʻi nomiga bergan buyurtmasiga aosan amalga oshiriladi. Unda yuk operatsiyalari uchun qanday meʼyorlar qoʻllanilishi, va vagonlarning belgilangan meyoriy vaqtlardan ortiq turib qolganligi uchun kim (Korxona yoki yuk egasi) javobgar ekanligi koʻrsatilgan boʻlishi lozim. Agar stansiya boshligʻi kelishuv shartlariga rozi boʻlsa, vagonlarni temir yoʻl shaxobchaga berishga ruxsat beradi. Kelishuv statsiyada qoladi.

13. Vagonlarni oʻz-oʻzidan chiqib ketishdan saqlash uchun Korxona temir yoʻl shaxobchaga xizmat koʻrsatish va xarakatni va manevr ishlarini tashkil qilish tartibi toʻgʻrisidagi Yoʻriqnomada belgilanganidan kam boʻlmagan miqdorda doimiy soz holatdagi tormoz bashmaklariga ega boʻlishi lozim.

Tormoz bashmaklarini toʻgʻri ishlatilishini taʼminlash boʻyicha javobgarlik Korxonaning zimmasiga yuklatiladi. Turli metall va yogʻoch buyumlar, gʻisht va hokazolardan vagonlarni maxkamlashda foydalanish qatʼiyan man etiladi. Korxona tormoz bashmaklari boʻyicha qatʼiy xisobot yuritadi va ularining mavjudligi va butligi uchun javobgardir.

14. Tungi vaqtlarda, shuningdek koʻrish cheklangan vaqtlarda ishni yaxshi tashkil qilish uchun, yoritish uskunalari ayniqsa yuk tushirish-yuklash joylarida yetarli va doimiy soz xolatda boʻlishi lozim. Korxona vagonlardan yuklarni toʻgʻri va xavfsiz tushirish, yuklash uchun javobgardir.

15. Korxona temir yoʻl shaxobcha va uning barcha inshootlarini toza va doimiy soz xolatda saqlashi shart. Yoʻl, yoʻl yoqalari, strelkali oʻtkazgichlar, yuk yuklash-tushirish maydonlari, intensiv manevr ishlari bajariladigan joylar oʻz vaqtida taʼmirlanishi, yuk qoldiqlari, axlatdan, ishlatib boʻlingan detallardan va boshqalardan Korxona kuchi bilan tozalangan boʻlishi kerak.

16. Korxona temir yoʻl shaxobcha, strelkali oʻtkazgichlar, yoʻllar oraligʻi tozaligi, gabaritlarning taʼminlanishi, temir yoʻl xududining, shuningdek yuk yuklash, tushirish joylarining yetarli yoritilishi, texnik jixozlarning soz xolatda saqlash, gabaritsiz va xavfli joylarni, kesishmalarni belgilash va temir yoʻl shaxobchada xavfsiz ish sharoitini yaratish boʻyicha boshqa choralarni koʻrgan xolda, temir yoʻl shaxobchada oʻz xizmat vazifalarini bajarayotgan temir yoʻl xodimlarining xavfsiz ish sharoitini taʼminlaydi.

17. Stansiya boshligʻi temir yoʻl shaxobchada harakat xavfsizligi va temir yoʻl inshootlari holatini tekshirish huquqiga ega. Harakat xavfsizligiga tahdid soluvchi nosozliklar aniqlangan taqdirda, nosozliklar toʻliq bartaraf etilmaguncha vagonlarni berish toʻxtatilishi kerak.

18. Vagonlarning turib qolish vaqtini kamaytirish va yuklash-tushirish operatsiyalarini mexanizatsiyalashtirishni mustahkamlash va vagonlar butligini taʼminlash uchun, Korxona quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish majburiyatini oladi (tomonlar kelishuviga koʻra toʻldiriladi):

 

Chora – tadbirlar nomi

Bajarish muddati

 

 

 

 

 

 

 

19. Ushbu shartnomada nazarda tutilmagan barcha masalalarda tomonlar Oʻzbekiston Respublikasining “Temir yoʻl transporti toʻgʻrisida” gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi temir yoʻl Nizomi va boshqa amaldagi temir yoʻl meʼyoriy qoidalariga amal qiladilar.

Ushbu shartnomadan kelib chiqadigan barcha nizo va kelishmovchiliklar tomonlar oʻrtasidagi muzokaralar yoʻli bilan hal etiladi va agar tomonlar kelishuvga kelmasa, masala iqtisodiy sudi tomonidan koʻrib chiqiladi.

Agar vakolatli organlar temir yoʻl transportining ishlash shartlarini oʻzgartiruvchi meyoriy xujjatlar chiqarsalar, tomonlar shartnoma matniga belgilangan tartibda zarur qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritib, shartnomani ushbu qoidalarga muvofiqlashtirishga majburdirlar.

Oʻzbekiston Respublikasi temir yoʻl Nizomining 90-bandiga muvofiq Temir yoʻl Korxona tomonidan xarakat xavfsizligini, temir yoʻl vagonlari butligini tizimli ravishda buzib kelgan taqdirda, shuningdek temir yoʻl xizmatlari uchun debitor qarzdorlik mavjud boʻlgan taqdirda shartnomani bir tomonlama bekor qilish xuquqiga ega.

20. Vagonlar (konteynerlar) butligini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida:

a) yuklarni yuklash va tushirishda Korxona vagonlarning butligini taʼminlashning texnik shartlariga qatʼiy rioya qilishi kerak;

b) Vagonlarga (konteynerlarga) zarar yetkazilganligi yoki temir yoʻl shaxobchada vagonlar (konteynerlar) qismlarini yoʻqotganligi uchun Korxona Temir yoʻl tomonidan tasdiqlangan narxlar roʻyxati boʻyicha vagonlarning (konteynerlarning) shikastlangan (yoʻqolgan) qismlari qiymatidan oʻn barobar miqdorida jarima toʻlaydi.

v) VU-25 shaklidagi dalolatnoma tuzilgunga qadar vagonlar Korxona temir yoʻl shaxobchasida saqlandi va ularning turib qolganligi uchun jarima vagonlarni shikastlantirgan aybdor tashkilot tomonidan toʻlanadi.

21. Korxona temir yoʻl shaxobchaga tushirish uchun berilgan xususiy (ijaradagi) vagonlarni (qaysi temir yoʻlga tegishliligidan qatʼiy nazar), Korxona nomiga berilgan xususiy (ijaradagi) vagonlardan tashqari, berilgan vaqtdan belgilangan meʼyoriy vaqtda tushirishni oʻz zimmasiga oladi. Yuklarni tushirish vaqtida vagonlar belgilangan meʼyoriy vaqtdan koʻp vaqt turib qolgan taqdirda, Temir yoʻl tomonidan taʼqiq choralari koʻriladi (konvensiya taʼqiqlari, temir yoʻl shaxobchaga vagonlar berishni, shu jumladan temir yoʻl shaxobchasi mavjud boʻlmagan yuk oluvchilar nomiga kelgan vagonlarni berishni cheklash va boshqalar).

22. Qoʻshimcha shartlar

Shartnoma mazmuniga oid boshqa qo‘shimcha shartlar

23. Ushbu shartnoma imzolangan paytdan kuchga kiradi hamda Shartnomaning amal qilish muddati tugaydigan sanaga qadar amal qiladi.

 

TARAFLARNING REKVIZITLARI

 

Temir yoʻl:

 

Korxona:

Manzil: Temir yo‘l tashkilotining manzili

 

Manzil: Korxonaning manzili

Bank: Temir yo‘l tashkilotining hisob raqami joylashgan bank nomi

 

Bank: Korxonaning hisob raqami joylashgan bank nomi

H/R: Temir yo‘l tashkilotining hisob raqami

 

H/R: Korxonaning hisob raqami

STIR: Temir yo‘l tashkilotining STIR raqami

 

STIR: Korxonaning STIR raqami

Telefon: Temir yo‘l tashkilotining telefon raqami

 

Telefon: Korxonaning telefon raqami

Ijaraga beruvchi tashkilot nomidan faoliyat olib boruvchi shaxs lavozimi va F.I.O.si

 

Korxonaning nomidan ish olib boruvchi shaxs lavozimi, F.I.O.si

__________________

(imzo, muhr)

 

 

__________________

(imzo, muhr)

 

 

Temir yo‘lga tegishli bo‘lgan temir yo‘l shaxobchaga vagonlarni berish va olib chiqish xaqida shartnomaTemir yo‘lga tegishli bo‘lgan temir yo‘l shaxobchaga vagonlarni berish va olib chiqish xaqida shartnoma

Korxona stansiyani temir yo‘l shaxobchaga bir vaqtning o‘zida yuk yuklash, tushirish joylariga berilgan vagonlar bilan yuk yuklash va tushirish ishlari tugatilgani va olib chiqib ketishga tayyorligi xaqida vagonlar raqamini, shuningdek vagonlar bo‘sh yoki yukli ekanligini ko‘rsatgan xolda yozma ravishda xabardor qiladi.

Temir yo‘l olib chiqib ketishga tayyor vagonlarni korxonadan vagonlar olib chiqib ketishga tayyor bo‘lganligi haqida yozma xabarnoma olganidan so‘ng tayyor vagonlarni olib chiqish to‘g‘risida xabarnoma kelib tushgandan keyin vagonlarni olib ketish muddati belgilanadi.