Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish SHARTNOMASI |
||
Shartnoma tuzilgan joy |
Shartnoma raqami-son |
Shartnoma tuzilgan sana
|
Keyingi oʻrinlarda “Ish beruvchi” deb ataladigan Ish beruvchi tashkilot nomi, tashkiliy huquqiy shakli nomidan Ish beruvchi tashkilot vakiliga shartnoma tuzish huquqini beruvchi hujjat asosida harakat qiladigan Ijaraga beruvchi tashkilot nomidan faoliyat olib boruvchi shaxs lavozimi va F.I.O.si,bir tomondan va keyingi oʻrinlarda “Sugʻurtalovchi” deb ataladigan Sug‘urtalovchi tashkilotning nomi va tashkiliy huquqiy shakli nomidan Sug‘urtalovchi nomidan shartnoma tuzish bo‘yicha vakilga shartnoma tuzish huquqini beruvchi hujjat asosida harakat qiladigan, Sug‘urtalovchining nomidan ish olib boruvchi shaxs lavozimi, F.I.O.si ikkinchi tomondan, ushbu shartnomani quyidagilar toʻgʻrisida tuzdilar: |
||
Shartnomaning predmeti
1. Sugʻurtalovchi ushbu shartnomaga va Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida qaror qabul qilingan sanadagi Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha qabul qilingan qaror raqami-son qarori bilan tasdiqlangan Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish qoidalariga muvofiq sugʻurta hodisasi yuz bergan taqdirda ish beruvchiga, jabrlanuvchiga yoxud naf oluvchiga mehnatda olgan mayibligi, kasb kasalligi yoki xodimning ushbu shartnoma amal qiladigan davrda mehnat vazifalarini bajarishi bilan bogʻliq holda sogʻligʻining boshqacha tarzda shikastlanishi munosabati bilan xodimning hayotiga yoki sogʻligʻiga yetkazilgan zararni toʻlash majburiyatini oladi.
|
||
2. Sugʻurta puli va sugʻurta mukofoti
2. Sugʻurta puli ushbu shartnoma boʻyicha Shartnoma bo‘yicha sug‘urta puli summasi (so‘mda) soʻmni, shu jumladan dafn etish xarajatlari Shartnoma bo‘yicha dafn etish xarajatlari summasi (so‘mda) soʻmni tashkil qiladi. 3. Sugʻurta mukofoti ushbu shartnoma boʻyicha Shartnoma bo‘yicha sug‘urta mukofoti summasi (so‘mda) soʻmni tashkil etadi. 4. Sugʻurta mukofoti ushbu shartnoma tuzilgan sanadan boshlab besh ish kuni mobaynida bir yoʻla toʻlanadi.
|
||
Shartnomaning kuchga kirishi va amal qilish muddati
5. Ushbu shartnoma tomonlar imzolagan vaqtdan boshlab kuchga kiradi va Shartnomaning amal qilish muddati tugaydigan kun kuniga qadar amal qiladi. Sugʻurtalovchining majburiyatlari sugʻurta mukofoti sugʻurtalovchining hisob raqamiga tushgan kundan keyingi kundagi 00 soat 00 daqiqadan boshlab kuchga kiradi va majburiy sugʻurta qilish boʻyicha sugʻurta polisida koʻrsatilgan sugʻurta davrining oxirgi sanasidagi 24 soat 00 daqiqada tugaydi. 6. Sugʻurta mukofoti ish beruvchi tomonidan sugʻurtalovchining hisob raqamiga naqd pulni oʻtkazish yoki kiritish yoʻli bilan toʻlanadi. Pul mablagʻlarining sugʻurtalovchining hisob raqamiga tushgan sanasi majburiy sugʻurta qilish shartnomasi boʻyicha sugʻurta mukofoti toʻlangan sana hisoblanadi.
|
||
Tomonlarning huquq va majburiyatlari
7. Ish beruvchi quyidagi huquqlarga ega: sugʻurtalovchidan majburiy sugʻurta qilish shartnomasining shartlarini tushuntirib berishni talab qilish; sugʻurtalovchining sugʻurta tovonini toʻlashni rad etish toʻgʻrisidagi qarori yuzasidan belgilangan tartibda shikoyat qilish; yillik ish haqi miqdori kamayganda sugʻurta mukofotining yillik ish haqi miqdorining kamayishiga va ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasining tugallanmagan davriga mutanosib qismini olish. Ish beruvchi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin. 8. Ish beruvchi: majburiy sugʻurta qilish shartnomasi boʻyicha va ayrim hollarda annuitetlar shartnomasi boʻyicha qonun hujjatlarida belgilangan shartlar asosida va tartibda sugʻurta mukofotini toʻlashi; yillik ish haqi miqdori oʻzgargan paytdan eʼtiboran besh ish kunidan kechiktirmay bu haqda sugʻurtalovchiga yozma shaklda xabar qilishi; ish beruvchi tomonidan amalga oshirilayotgan faoliyat turlarining xavflilik darajasi oʻzgargan paytdan eʼtiboran besh ish kunidan kechiktirmay bu haqda sugʻurtalovchiga yozma shaklda bildirishi va zarur boʻlgan hollarda, qoʻshimcha hisoblab chiqarilgan sugʻurta mukofotini toʻlashi; xodimlarni majburiy sugʻurta qilish shartnomasi shartlari bilan tanishtirishi, shu jumladan, majburiy sugʻurta shartnomasi boʻyicha tomonlarning huquq va majburiyatlarini tushuntirishi; sugʻurtalovchi va annuitetlar shartnomasi boʻyicha sugʻurtalovchi haqidagi barcha zarur maʼlumotlarni jabrlanuvchi yoki naf oluvchi yozma shakldagi ariza bilan murojaat qilgan sanadan eʼtiboran ikki ish kuni ichida taqdim etishi; sugʻurtalovchini ishlab chiqarishda baxtsiz hodisa yuz berganligi toʻgʻrisida oʻziga maʼlum boʻlgan vaqtdan boshlab uch ish kuni mobaynida yozma shaklda xabardor qilishi; agar sugʻurta tovoni jabrlanuvchi yoki naf oluvchi tomonidan qilingan suiisteʼmolliklar oqibatida asossiz ravishda toʻlangan boʻlsa, ortiqcha toʻlangan sugʻurta tovoni haqida sugʻurtalovchiga xabar qilishi va ortiqcha toʻlangan mablagʻlarni sugʻurtalovchiga qaytarish yuzasidan zarur chora-tadbirlarni koʻrishi shart. Ish beruvchi zimmasiga qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarni ham olishi mumkin. 9. Sugʻurtalovchi quyidagi huquqlarga ega: ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni tekshirishda ishtirok etish va zarur boʻlgan hollarda tegishli ekspertlarni jalb etish; ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisaga doir axborotni tekshirish; sugʻurta mukofotini aniqlash uchun sugʻurta xavfini baholash; ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarning oldini olish yuzasidan tavsiyalar berish. Sugʻurtalovchi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin. 10. Sugʻurtalovchi: majburiy sugʻurta qilish shartnomasi shartlari bilan ish beruvchini tanishtirishi, shu jumladan uning huquq va majburiyatlarini tushuntirishi; oʻz faoliyatini amalga oshirish natijasida olingan, ish beruvchi va (yoki) jabrlanuvchi yoxud naf oluvchi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning maxfiyligini taʼminlashi; sugʻurta tovonini toʻlashni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda, ish beruvchi sugʻurta tovonini toʻlash uchun murojaat etganidan keyin oʻn besh ish kunidan kechiktirmay bu haqda ish beruvchiga rad etish sabablarini dalillar bilan asoslantirgan holda yozma shaklda xabar qilishi; Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 24-iyundagi 177-son qarori bilan tasdiqlangan Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish qoidalarining 34-bandida nazarda tutilgan barcha zarur hujjatlar taqdim etilgan sanadan eʼtiboran oʻn ish kunidan kechiktirmay qaror qabul qilishi va sugʻurta tovonini toʻlashi; oʻzi almashtirilgan taqdirda bu haqda ish beruvchiga darhol yozma shaklda xabar berishi shart. Sugʻurtalovchi zimmasiga qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarni ham olishi mumkin.
|
||
Tomonlarning javobgarligi
11. Tomonlar majburiy sugʻurta qilish shartnomasi boʻyicha oʻz zimmasiga qabul qilingan majburiyatlarning bajarilmaganligi yoki zarur darajada bajarilmaganligi yuzasidan qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
|
||
Nizolarni hal etish tartibi
12. Ushbu shartnomadan kelib chiqadigan barcha nizolar va kelishmovchiliklar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
|
||
Yakuniy qoidalar
13. Ushbu shartnomani oʻzgartirish, bekor qilish va muddatidan oldin toʻxtatish tartibi sugʻurta boʻyicha eʼtirozlarni koʻrib chiqish tartibi, ushbu shartnoma boʻyicha koʻrilgan zarar miqdorini aniqlash va sugʻurta tovonini toʻlash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 24-iyundagi 177-son qarori bilan tasdiqlangan, ushbu shartnomaning uzviy qismi hisoblanadigan Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish qoidalariga muvofiq belgilanadi. |
||
8. Tomonlarning rekvizitlari:
|
||
“Ish beruvchi” |
|
“Sugʻurtalovchi” |
Manzil: Ish beruvchi tashkilotning manzili |
|
Manzil: Sug‘urtalovchining manzili |
Bank: Ish beruvchi tashkilotning hisob raqami joylashgan bank nomi |
|
Bank: Sug‘urtalovchining hisob raqami joylashgan bank nomi |
H/R: Ish beruvchi tashkilotning hisob raqami |
|
H/R: Sug‘urtalovchining hisob raqami |
STIR: Ish beruvchi tashkilotning STIR raqami |
|
STIR: Sug‘urtalovchining STIR raqami |
Telefon:Ish beruvchi tashkilotning telefon raqami |
|
Telefon: Sug‘urtalovchining telefon raqami |
Ijaraga beruvchi tashkilot nomidan faoliyat olib boruvchi shaxs lavozimi va F.I.O.si |
|
Sug‘urtalovchining nomidan ish olib boruvchi shaxs lavozimi, F.I.O.si |
__________________ (imzo, muhr)
|
|
__________________ (imzo, muhr)
|
Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish shartnomasi bo‘yicha sug‘urtalovchi sug‘urta hodisasi vujudga kelganda kelishilgan to‘lov (sug‘urta mukofoti) yuzasidan ish beruvchiga va (yoki) jabrlanganga yoxud naf oluvchiga mehnatda mayib bo‘lganligi, kasb kasalligiga chalinishi yoki uning mehnat majburiyatlarini bajarish bilan bog‘liq holda sog‘lig‘ining boshqacha tarzda shikastlanganligi munosabati bilan xodimning hayoti yoki sog‘lig‘iga yetkazilgan zararning o‘rnini sug‘urta summasi doirasida qoplash majburiyatini oladi.
Mazkur shartnoma bir yil muddatga tuziladi. Agar ish beruvchining faoliyati bir yildan kam bo‘lgan muddatga amalga oshiriladigan bo‘lsa, ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish shartnomasi ish beruvchi mazkur faoliyatni amalga oshiradigan muddat uchun tuziladi.
Foydalanuvchilarga qulaylik yaratish maqsadida mazkur sug‘urta shartnomasi namunasi tayyorlangan bo‘lib, namunadagi so‘rovnomalar aniq, ravon va turlicha talqin qilinmaydigan so‘zlardan foydalangan holda to‘ldirilishi, kelgusida nizolar va tushunmovchiliklar kelib chiqishining oldini oladi.