Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish SHARTNOMASI
|
||||
Shartnoma tuzilgan joy |
Shartnoma raqami-son |
Shartnoma tuzilgan sana
|
||
Keyingi oʻrinlarda “Tashuvchi” deb ataladigan ““Tashuvchi” tashkiloti nomi, tashkiliy huquqiy shakli nomidan “Tashuvchi” ning korxonasi vakiliga shartnoma tuzish huquqini beruvchi hujjat asosida harakat qiladigan Ijaraga beruvchi tashkilot nomidan faoliyat olib boruvchi shaxs lavozimi va F.I.O.si bir tomondan va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan Moliya vazirligi tomonidan berilgan letsenziya sanasida berilgan Moliya vazirligi tomonidan berilgan letsenziya seriyasi seriyali Moliya vazirligi tomonidan berilgan letsenziya raqami-son litsenziya asosida faoliyatni amalga oshiradigan va Sug‘urta sherikchiligini tuzish to‘g‘risida birgalikdagi faoliyat to‘g‘risidagi shartnoma sanasi dagi Sug‘urta sherikchiligini tuzish to‘g‘risida birgalikdagi faoliyat to‘g‘risidagi shartnoma raqami-son sugʻurta sherikchiligini tuzish toʻgʻrisida birgalikdagi faoliyat toʻgʻrisidagi shartnomaga asosan Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha sugʻurta sherikchiligi nomidan uning faoli sifatida harakat qiladigan, keyingi oʻrinlarda “Sugʻurtalovchi” deb ataladigan “Sug‘urtalovchi” ning nomi, tashkiliy huquqiy shakli nomidan “Sug‘urtalovchi” nomidan shartnoma tuzish bo‘yicha vakilga shartnoma tuzish huquqini beruvchi hujjat asosida harakat qiladigan “Sug‘urtalovchi” ning nomidan ish olib boruvchi shaxs lavozimi, F.I.O.si orqali, ikkinchi tomondan, ushbu shartnomani quyidagilar toʻgʻrisida tuzdilar:
|
||||
Shartnomaning predmeti
1. Sugʻurtalovchi ushbu shartnomaga Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish qoidalariga muvofiq sugʻurta hodisasi yuz bergan taqdirda jabrlanuvchiga yoki naf oluvchiga yoxud Tashuvchiga ushbu shartnomaning amal qilishi davrida yoʻlovchilarning hayoti, sogʻligʻi va (yoki) mol-mulkiga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash majburiyatini oladi.
|
||||
Sugʻurta puli va sugʻurta mukofoti
2. Ushbu shartnoma boʻyicha sugʻurta puli mazkur shartnomaning ilovasiga muvofiq Shartnoma bo‘yicha sug‘urta puli soʻmni tashkil qiladi. 3. Bitta yoʻlovchiga belgilangan sugʻurta puli: uning hayoti yoki sogʻligʻiga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash uchun - Shartnoma bo‘yicha hayoti yoki sog‘lig‘iga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash uchun belgilangan mablag‘ soʻmni; uning mol-mulkiga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash uchun – Shartnoma bo‘yicha mol-mulkiga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash uchun belgilangan mablag‘ soʻmni tashkil qiladi. 4. Ushbu shartnoma boʻyicha sugʻurta mukofoti mazkur shartnomaga muvofiq Shartnoma bo‘yicha sug‘urta mukofoti miqdori soʻmni tashkil qiladi. 5. Sugʻurta mukofoti ushbu shartnoma tuzilgan sanadan boshlab besh ish kuni mobaynida bir yoʻla toʻlanadi.
|
||||
Shartnomaning kuchga kirishi va amal qilish muddati
6. Ushbu shartnoma tomonlar imzolagan vaqtdan boshlab kuchga kiradi va bir yil mobaynida amal qiladi. Sugʻurtalovchining majburiyatlari tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha sugʻurta polisida koʻrsatilgan sugʻurta davrining boshlangʻich sanasidagi soat 00.00 daqiqadan, lekin sugʻurta mukofoti Sugʻurtalovchining yoki sugʻurta agentining hisob raqamiga tushgan kundan keyingi kundan oldin boʻlmagan sanadan boshlab kuchga kiradi va tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha sugʻurta polisida koʻrsatilgan sugʻurta davrining oxirgi sanasidagi soat 24.00 da tugaydi. 7. Sugʻurta mukofoti Tashuvchi tomonidan Sugʻurtalovchining hisob raqamiga pul mablagʻlarini oʻtkazish yoʻli bilan toʻlanadi. Pul mablagʻlarining Sugʻurtalovchining hisob raqamiga tushgan sanasi ushbu shartnoma boʻyicha sugʻurta mukofoti toʻlangan sana hisoblanadi. |
||||
Tomonlarning huquq va majburiyatlari
8. Tashuvchi quyidagi huquqlarga ega: Sugʻurtalovchidan ushbu shartnoma shartlarini tushuntirib berishni talab qilish;Sugʻurtalovchining sugʻurta tovonini toʻlashni rad etish toʻgʻrisidagi qarori yuzasidan shikoyat qilish. Tashuvchi qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin. 9. Tashuvchi: Ushbu shartnoma boʻyicha sugʻurta mukofotini qonun hujjatlarida belgilangan shartlar asosida va tartibda toʻlashi; Tashuvchining transport vositalarini boshqaruvchi shaxslarni ushbu shartnoma shartlari bilan tanishtirishi, shu jumladan, mazkur shartnoma boʻyicha taraflarning huquq va majburiyatlarini tushuntirishi; Tashish kunida amalda boʻlgan tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha sugʻurta polisining oʻzi tasdiqlagan nusxasini oʻzi foydalanayotgan barcha transport vositalariga va (yoki) oʻzining rasmiy veb-saytiga joylashtirishi; Jabrlanuvchi yoki naf oluvchi yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash toʻgʻrisidagi talabni oʻz ichiga olgan talabnoma bilan murojaat etgan paytdan eʼtiboran besh ish kunidan kechiktirmay Sugʻurtalovchini tashish chogʻidagi hodisa haqida yozma shaklda xabardor qilishi; Agar sugʻurta tovoni jabrlanuvchi yoki naf oluvchi tomonidan hujjatlarni qalbakilashtirish yoki boshqacha tarzda aldash oqibatida asossiz ravishda ortiqcha toʻlangan boʻlsa, bu haqda Sugʻurtalovchiga maʼlum qilishi va ortiqcha toʻlangan mablagʻlarni sugʻurtalovchiga qaytarish yuzasidan zarur choralarni koʻrishi shart.Tashuvchi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham oladi. 10. Sugʻurtalovchi quyidagi huquqlarga ega: Jabrlanuvchining yoki naf oluvchining talabnomasini Tashuvchi tomonidan koʻrib chiqishda ishtirok etish, zarur hollarda esa tegishli ekspertlarni jalb etish; Sugʻurta hodisalari yuzaga kelishining oldini olish boʻyicha tavsiyalar berish;Sugʻurtalovchi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin. 11. Sugʻurtalovchi: Ushbu shartnoma shartlari bilan Tashuvchini tanishtirishi, shu jumladan, uning huquq va majburiyatlarini tushuntirishi; Oʻz faoliyatini amalga oshirish natijasida olingan Tashuvchi va jabrlanuvchi yoki naf oluvchi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning maxfiyligini taʼminlashi shart. Sugʻurtalovchi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham oladi.
|
||||
Taraflarning javobgarligi
12. Taraflar ushbu shartnoma boʻyicha oʻz zimmasiga qabul qilingan majburiyatlarning bajarilmaganligi yoki zarur darajada bajarilmaganligi yuzasidan qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
|
||||
Fors-major holatlari
13. Taraflar fors-major holatlari amal qilgan davrda tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasi boʻyicha oʻz majburiyatlarining qisman yoki toʻliq bajarilmaganligi uchun javob bermaydilar. Fors-major holatlariga quyidagilar kiradi: tabiiy hodisalar (zilzila, koʻchki, dovul, qurgʻoqchilik va sugʻurta shartnomasida sanab oʻtilmagan boshqa tabiiy hodisalar) yoki ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatlar (harbiy harakatlar, ish tashlashlar, qamallar, davlat tashkilotlarining hamda davlatlar oʻrtasidagi cheklovchi va taqiqlovchi choralar, shuningdek Hukumat qarorlari va boshqalar) oqibatida kelib chiqqan favqulodda, ushbu sharoitlarda bartaraf etib boʻlmaydigan va oldindan kutilmagan vaziyatlar, agar ushbu vaziyatlar tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasini bajarishga bevosita taʼsir koʻrsatgan boʻlsa. Fors-major holatlari yuzaga kelganda va toʻxtaganda taraflar yozma shaklda bir-birini xabardor qiladilar. Fors-major holatlari yuzaga kelgan taqdirda majburiyatlarni bajarish muddatini taraflar fors-major holatlari mavjud boʻladigan vaqtga mutanosib tarzda kechiktiradilar. |
||||
Nizolarni hal etish tartibi
14. Ushbu shartnomadan kelib chiqadigan barcha nizolar va kelishmovchiliklar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
|
||||
Yakunlovchi qoida
15. Ushbu shartnomani oʻzgartirish, bekor qilish va muddatidan oldin toʻxtatish tartibi, ushbu shartnoma boʻyicha sugʻurta daʼvolarini koʻrib chiqish tartibi, yetkazilgan zarar miqdorini aniqlash va sugʻurta tovonini toʻlash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasining qarori sanasidagi Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasining qarori raqami-son qarori bilan tasdiqlangan Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish qoidalariga muvofiq belgilanadi.
|
||||
Taraflarning rekvizitlari:
|
||||
“Tashuvchi” |
“Sugʻurtalovchi”
|
|||
Manzil: “Tashuvchi” tashkilotining manzili |
|
Manzil: “Sug‘urtalovchi” ning manzili |
||
Bank “Tashuvchi” tashkilotining hisob raqami joylashgan bank nomi |
|
Bank “Sug‘urtalovchi” ning hisob raqami joylashgan bank nomi |
||
H/R: “Tashuvchi” tashkilotining hisob raqami |
|
H/R: “Sug‘urtalovchi” ning hisob raqami |
||
STIR: “Tashuvchi” tashkilotining STIR raqami |
|
STIR: “Sug‘urtalovchi” ning STIR raqami |
||
Telefon: “Tashuvchi” tashkilotining telefon raqami |
|
Telefon: “Sug‘urtalovchi” ning telefon raqami |
||
Ijaraga beruvchi tashkilot nomidan faoliyat olib boruvchi shaxs lavozimi va F.I.O.si |
|
“Sug‘urtalovchi” ning nomidan ish olib boruvchi shaxs lavozimi, F.I.O.si |
||
__________________ (imzo, muhr)
|
|
__________________ (imzo, muhr)
|
||
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasining qarori sanasidagi Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasining qarori raqami-son qarori bilan tasdiqlangan Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish qoidalarini oldim. |
||||
___________________(imzo) |
Ijaraga beruvchi tashkilot nomidan faoliyat olib boruvchi shaxs lavozimi va F.I.O.si |
Qonunchilikka ko‘ra, sug‘urta — tabiiy ofatlar (zilzila, suv toshqini, yog‘in va b.), har xil baxtsiz hodisalar ro‘y berishi natijasida ko‘rilgan zararni qoplash va boshqa pul qoplamalari to‘lash uchun maqsadli pul jamg‘armalarini tashkil etish va undan foydalanish bilan bog‘liq iqtisodiy munosabatlar tizimi. Ijtimoiy iqtisodiy taraqqiyotning turli bosqichlarida sug‘urta fuqarolarning manfaatlarini ishonchli himoya etuvchi vosita.
Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish shartnomasiga ko‘ra, sug‘urtalovchi sug‘urta hodisasi sodir bo‘lganda jabrlanuvchiga yoki naf oluvchiga yoxud tashuvchiga yo‘lovchilarning hayoti, sog‘lig‘i va (yoki) mol-mulkiga yetkazilgan zararning o‘rnini mazkur shartnoma bo‘yicha shartlashilgan haq (sug‘urta mukofoti) evaziga sug‘urta puli doirasida qoplash majburiyatini oladi.
Mazkur shartnoma namunasi “Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida”gi Qonun talablaridan kelib chiqqan holda tayyorlangan bo‘lib, shartnoma so‘rovnomalarni to‘ldirish orqali osonlik bilan shakllantiriladi.