Davlat uy-joy fondidagi turar joyni ijaraga olishning
NAMUNAVIY SHARTNOMASI
Shartnoma raqami-son |
Shartnoma tuzilgan sana
|
Bundan soʻng matnda “Ijaraga beruvchi” deb ataluvchi nomidan (balansda saqlovchi nomi) harakat qiluvchi bir tarafdan, Ijaraga beruvchining lavozimi,Ijaraga beruvchi rahbarning F.I.O. va Order berilgan sana yilda berilgan Order raqami – sonli turar joy orderi asosida harakat qiluvchi va bundan soʻng matnda “Ijaraga oluvchi” deb ataluvchi fuqaro ikkinchi tarafdan, birgalikda esa tomonlar Ijaraga oluvchining lavozimi Ijaraga oluvchining F.I.O. va manzili oʻrtasida ushbu shartnoma quyidagilar haqida tuzildi:
1. Ijaraga beruvchi ijara shartnomasi boʻyicha ijaraga oluvchi va uning oila aʼzolariga umumiy maydoni Ijaraga berilayotgan uyning umumiy maydoni kv.m, shu jumladan Ijaraga berilayotgan uyning yashash maydonining umumiy o‘lchami kv.m, Ijaraga berilayotgan uyning xonalari soni boʻlgan alohida turar joyni taqdim etadi. Taqdim etilayotgan turar joyning xususiyatlari va texnik koʻrsatkichlari, uning sanitar-texnik va boshqa jihozlari topshirish dalolatnomasida koʻrsatilgan.
2. Ijara haqi bir oy uchun Ijara haqining miqdori soʻmni tashkil qiladi.
Mazkur shartnoma Ijara shartnomasining boshlanish vaqtidan Ijara shartnomasi yakunlanish vaqtigacha boʻlgan muddat uchun tuzilgan.
3. Ijaraga oluvchi quyidagilarga majbur:
a) turar joydan foydalanish, turar joy va unga tutash hududni saqlash Qoidalariga rioya qilish;
b) turar joyni uning maqsadi boʻyicha foydalanish;
v) turar joy va undagi sanitar-texnik va boshqa jihozlardan ehtiyotkorlik bilan foydalanish. Kvartirada nosozliklar aniqlangan taqdirda, ularni bartaraf qilish boʻyicha tezkor choralarni koʻrish va agar zarur boʻlsa, bu haqida ijaraga beruvchi yoki tegishli avariya xizmatiga xabar qilish;
g) uy-joy, obodonlashtirish obyektlari va yashil koʻchatlarni asrab-avaylash;
d) turar joy va qoʻshimcha xonalar, balkon va lodjiyalarni ozodalikda saqlash, yoʻlaklar, lift kabinalari, zinalar va umumiy foydalanishdagi boshqa joylarni tozalik va tartibda saqlash, maishiy chiqindilarni turar joydan foydalanish tashkiloti tomonidan belgilangan maxsus joyga olib chiqish va tashlash;
sanitariya maqsaddagi tarmoqqa (kanalizatsiya) uning tiqilishiga olib keluvchi turli chiqindilar, suyuq oziq-ovqat chiqindilarini tashlashga yoʻl qoʻyilmaydi;
ye) elektr, gaz va boshqa asboblardan foydalanish davomida yongʻin xavfsizligi qoidalariga amal qilish, qoʻlda yasalgan elektr moslamalarning oʻrnatilishi, yoʻlaklar, zinalar, koridorlar, yongʻin xavfsizligi uchun qoʻshimcha chiqish eshiklarini turli buyumlar bilan toʻsib qoʻyishga yoʻl qoʻyilmaydi va yongʻin xavfsizligining boshqa talablariga rioya etilishi lozim;
j) suv, gaz, elektr energiyasi va issiqlik energiyasini tejamli ishlatish;
z) oʻz vaqtida va har besh yilda bir martadan kam boʻlmagan marta yashayotgan kvartiradagi yashash va umumiy foydalanishdagi xonalarni joriy taʼmirlash. Ijaraga oluvchi tomonidan amalga oshiriladigan joriy taʼmirga quyidagilar kiradi: devor va shiftlarni ohaklash, boʻyash yoki gul qogʻoz yopishtirish, pol, eshik, deraza va uning tokchasini ichki tomondan, ularning moslamalarini boʻyash, isitish radiatorlarini boʻyash, kvartira ichidagi elektr oʻtkazish tizimini taʼmirlash;
i) oʻz hisobidan turar joydagi nosozliklarni bartaraf qilish, shuningdek, agar yetkazilgan shikastlar ijaraga oluvchi yoki u bilan birga yashayotgan boshqa shaxslarning aybi bilan sodir boʻlgan boʻlsa, buzilgan sanitar-texnik yoki boshqa qurilmalarni almashtirish;
k) turar joy xonalaridan foydalanish, uy-joy va uy oldi hududlarini saqlash Qoidalarida nazarda tutilgan tegishli ruxsatnomasiz yashash va boshqa yordamchi xonalar, shuningdek, balkon va lodjiyalarni buzib qayta qurish va rejasiga oʻzgartirish kiritmaslik;
l) har oyda, keyingi oyning birinchi sanasidan kech boʻlmagan muddatda ijara haqi, shuningdek, belgilangan muddatda va tartibda tasdiqlangan tariflar boʻyicha kommunal xizmatlar (suv, gaz, elektr, issiqlik taʼminoti, maishiy chiqindilarni olib chiqish) uchun majburiy toʻlovlarni amalga oshirish;
m) televizor, radiopriyomnik, musiqa markazlari va boshqa ovozi baland qurilmalardan foydalanishga uyda yashovchi boshqa odamlar tinchi buzilmagan taqdirdagina yoʻl qoʻyiladi. Soat 23-00 dan 06-00 gacha toʻliq tinchlikka rioya qilish;
n) oʻzi yashayotgan xonadonga undagi sanitar-texnik va boshqa uskunalar, turar joyning texnik va sanitariya holatiga baho berish va tekshirish uchun balansda saqlovchi, uy-joy ekspluatatsiyasi tashkiloti va uy-joy mulkdorlari shirkati, kommunal xizmatlar koʻrsatuvchi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi vakillariga kirish uchun ruxsat berish;
o) ijaraga oluvchi va uning oila aʼzolari kvartirada vaqtincha boʻlmagan hollarda, ijaraga oluvchi uy-joyning saqlanishini taʼminlash maqsadida turar joyda zarur haroratni taʼminlash uchun uni isitish;
p) zina maydonchalari va yoʻlaklarni har kuni tozalab turish;
r) jami oila aʼzolari bilan turar joydan boshqa joyga doimiy yashash uchun chiqib ketgan taqdirda, uni va uning yashash, yordamchi xonalari, sanitar-texnik va boshqa uskunalarini dalolatnoma boʻyicha ijaraga beruvchiga tegishli holatda topshirish.
Ijaraga oluvchi tomonidan turar joyni topshirish dalolatnomasi ijaraga beruvchi va ijaraga oluvchi tomonidan tuziladi va imzolanadi.
4. Ijaraga oluvchining huquqlari:
a) yashaydigan turar joyga turmush oʻrtogʻi, farzandlari, ota-onasi, boshqa qarindoshlari, mehnatga layoqatsiz va boshqa shaxslarni oila aʼzolarining barcha voyaga yetgan aʼzolaridan yozma ruxsat olgan holda kiritish. Ota-onasining yashash joyiga voyaga yetmagan farzandlarni kiritish uchun oila aʼzolarining ruxsati talab qilinmaydi;
b) oilasining voyaga yetgan aʼzolarining oʻzaro roziligi bilan oʻzlarining foydalanishida boʻlgan turar joyda boshqa fuqarolarning (vaqtinchalik yashovchilar) vaqtinchalik yashashi uchun ruxsat berish;
v) qonunda belgilangan hollarda, oila aʼzolarining roziligi bilan yashayotgan turar joyni ijaraga olish shartnomasini oʻzgartirishni talab qilish;
g) oila aʼzolarining roziligi bilan istalgan vaqtda ijara shartnomasini bekor qilish;
d) Oʻzbekiston Respublikasining Uy-joy kodeksi va boshqa qonun hujjatlarida nazarda tutilgan turar joydan foydalanish boʻyicha boshqa huquqlarni amalga oshirish.
5. Ijaraga oluvchi bilan birga yashayotgan oila aʼzolari ijaraga oluvchi bilan teng holda barcha huquqlardan foydalanadi va mazkur turar joyni ijaraga olish shartnomasidan kelib chiquvchi barcha majburiyatlarni zimmalariga oladi. Oilaning voyaga yetgan aʼzolari ushbu shartnomadan kelib chiquvchi majburiyatlar boʻyicha ijaraga oluvchi bilan solidar mulkiy javobgarlikka ega boʻladi.
6. Ijaraga beruvchi quyidagi majburiyatlarga ega:
a) ijaraga oluvchiga turar joyni tegishli holda topshirish;
b) uy-joy fondining ekspluatatsiya, taʼmirlash meʼyor qoidalariga muvofiqligi;
v) turar joy uylari va yashash xonalarini tizimli ravishda tekshirib borish va ulardagi sanitar-texnik va boshqa uskunalarga profilaktik xizmat koʻrsatish;
g) uy-joyni oʻz vaqtida taʼmirlab turish, undagi sanitariya-texnik va boshqa uskunalarning nuqsonsiz va meʼyorda ishlashini taʼminlash;
d) sanitar-texnik va boshqa uskunalarni taʼmirlash;
ye) ijaraga oluvchining kvartirasidagi sanitariya-texnik va boshqa uskunalardagi nuqson va nosozliklarni ijaraga oluvchidan kelib tushgan buyurtma olingan sanadan boshlab uch kun muddatda, avariya yuz bergan taqdirda esa darhol tuzatib berish;
j) turar joy uylari, undagi sanitar-texnik va boshqa uskunalarni qish mavsumiga oʻz vaqtida tayyorlash.
7. Ijaraga beruvchi Davlat uy-joy fondidagi turar joylarni ijaraga berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom va Oʻzbekiston Respublikasining Uy-joy kodeksida belgilangan huquqlarga ega boʻlib, qonunda belgilangan hollarni inobatga olgan holda ijaraga oluvchi va uning oila aʼzolarining roziligisiz ijara shartnomasiga oʻzgartirish kiritish huquqiga ega emas.
Agar dastlabki ijaraga oluvchining oʻrniga avval tuzilgan ijara shartnomasi boʻyicha uning voyaga yetgan oila aʼzosi ijaraga oluvchi deb tan olingan boʻlsa, ijaraga beruvchi u bilan turar joyni ijaraga olish shartnomasini tuzadi.
8. Ijaraga oluvchi va uning oila aʼzolari boshqa joyga doimiy yashash uchun chiqib ketgan taqdirda, ijara shartnomasi ular chiqib ketgan kundan eʼtiboran bekor qilingan deb hisoblanadi.
9. Mazkur shartnoma buzilish xavfi boʻlgan uylardan koʻchirish holatlaridan tashqari, ijaraga beruvchining talabi bilan faqat qonunda belgilangan asoslar boʻyicha va faqat sud tartibida bekor qilinishi mumkin.
10. Ushbu shartnoma boʻyicha tomonlar oʻrtasida vujudga keladigan kelishmovchiliklar sud yoki boshqa vakolatli tashkilotlar tomonidan ularning vakolat doirasida hal etiladi.
11. Mazkur shartnoma uch nusxada tuzilgan boʻlib, bittadan nusxa ijaraga beruvchi va ijaraga oluvchiga beriladi, uchinchi nusxasi hisobga oluvchi organda qoladi.
12. Mazkur shartnomada belgilangan talablarni taraflar bajarmagan taqdirda, qonun h?jjatlariga muvofiq javobgarlik belgilanadi.
13. Agarda yengib boʻlmas kuch bilan bogʻliq vaziyatlar (fors-major), masalan: suv toshqini, yongʻin, zilzila, epidemiya, harbiy mojarolar, tomonlar tarafidan mazkur shartnoma shartlarini bajarishiga taʼsir koʻrsatuvchi hukumat yoki mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan qabul qilingan farmoyish, buyruq yoki boshqa majburiy qarorlar, hukumatning normativ-huquqiy hujjatlar va boshqalar yuzaga kelish hollari bevosita yoki bilvosita namoyon boʻlgan taqdirda, shartnoma shartlarini bajarish ushbu holat tugash muddatigacha uzaytiriladi.
Fors-major holati mavjud boʻlgan tomon uch kun ichida boshqa tomonlarni fors-major holatining boshlanish va tugash muddatlarini koʻrsatgan holda yozma ravishda ogohlantirishi lozim.
Agar fors-major holati ijara shartnomasining shartlarini bajarishga uch oydan koʻp muddat talab qilsa, tomonlarning har biri shartnomani bekor qilish huquqiga ega.
14. Tomonlarning rekvizitlari va imzolari.
Ijaraga beruvchi |
Ijaraga oluvchi |
Ijaraga beruvchining nomi va manzili |
Ijara shartnomasini ro‘yxatga olgan vakolatli organ (F.I.O. va manzili) |
Ijaraga beruvchining bank nomi va bank hisob raqami |
Ro‘yxatga olgan maʼsul shaxsning imzosi
(imzo) _______________________ |
Ijaraga beruvchi rahbarning F.I.O. (imzo) _______________________ M.Oʻ. |
|
Hisobga olindi
Ijara shartnomasini ro‘yxatga olgan vakolatli organ
M.Oʻ.________________ (imzo)
Davlat uy-joy fondidagi turar joyni ijaraga olish uchun shartnoma namunasi ijaraga oluvchi va ijaraga beruvchi tomonlar foydalanishi uchun mo‘ljallangan bo‘lib, besh yildan ortiq bo‘lmagan muddatga tuziladi.
Ushbu turdagi shartnomaga ijaraga berilayotgan uyning umumiy maydoni, ijara haqining miqdori, ijara munosabatlarining boshlanish va yakunlanish vaqti ko‘rsatiladi.
Tomonlar shartnoma namunasidagi so‘rovnomalarni aniq, ravon va turlicha talqin qilinmaydigan so‘zlardan foydalangan holda to‘ldirishlari, kelgusida nizolar kelib chiqishining oldini oladi.