O‘z-o‘ziga huquqiy xizmat ko‘rsatish “Legal Tech” tizimi

Ko‘chmas mulkni sotish shartnomasi

Hujjat tavsifi
Shartnoma rekvizitlari
  • (so‘z bilan yoziladi)
  • (viloyat, tuman (shahar) ko‘rsatiladi)
Tomonlar to‘g‘risida maʼlumotlar
  • (tashkilot, korxona yoki tadbirkorning F.I.O)
  • (tashkilot, korxona yoki tadbirkorning F.I.O)
Shartnoma predmeti
Taraflarning majburiyatlari
Shartnoma summasi va hisob-kitob qilish tartibi
  • (raqam va so‘z bilan yoziladi)
  • (foizda ko‘rsatiladi)
Sotuvchining rekvizitlari
Sotib oluvchining rekvizitlari

Yuklab oling

KOʻCHMAS MULKNI SOTISH

SHARTNOMASI

Shartnoma tuzilgan sana Shartnoma tuzilgan hudud

Keyingi oʻrinlarda “Sotuvchi” deb Sotuvchining nomi orqali bir tomondan, keyingi oʻrinlarda “Sotib oluvchi” deb ataladigan Sotib oluvchuvchining nomi ikkinchi tomondan quyidagilar toʻgʻrisida ushbu shartnomani tuzdilar

1. Shartnoma predmeti

1.1. Sotuvchi Sotilayotgan ko‘chmas mulkning nomi (keyingi oʻrinlarda “obyekt” deb yuritiladi), Sotib oluvchiga mulk qilib topshirish, Sotib oluvchi esa obyektni qabul qilish va mazkur shartnomada koʻrsatilgan bahosini toʻlash majburiyatini oladi.

1.2. Obyektning tafsifi: Joylashgan yeri, manzili, yer maydoni va boshqa, ko‘chmas mulkligini aniq belgilash imkonini beruvchi belgilar.

2. Taraflarning majburiyatlari

2.1. Sotuvchining majburiyatlari:

obyektni Sotib oluvchiga Obyektni topshirishning aniq sanasi va vaqti yoki maʼlum muddat, davrdan kechiktirmasdan topshirish;

obyekt bilan birgalikda mazkur shartnomaning ajralmas qismi boʻlib hisoblanadigan roʻyxatga muvofiq, unga oid hujjatlarni qoʻshib topshirish;

obyektni sifat jihatidan Obyektni sifati ko‘rsatiladi talablariga javob beradigan holatda topshirish;

koʻchmas mulkka boʻlgan huquqining Sotib oluvchiga oʻtishini davlat roʻyxatiga olish uchun zarur boʻlgan barcha harakatlarni oʻz hisobidan amalga oshirish.

2.2. Sotib oluvchining majburiyatlari:

mazkur shartnomada belgilangan muddatda obyektni qabul qilib olish;

shartnomaning 3-bandiga muvofiq obyekt bahosini toʻlash;

ushbu shartnomaning 2.1-bandida nazarda tutilgan harakatlarni amalga oshirishda Sotuvchiga zaruriy yordam berish.

3. Shartnoma summasi va hisob-kitob qilish tartibi

3.1. Shartnomasi bahosi Shartnoma summasi (miqdori) soʻmni tashkil etadi.

3.2. Shartnoma boʻyicha hisob-kitob Hisob-kitob to‘lov shakli orqali amalga oshiriladi.

3.3. Sotib oluvchi shartnoma bahosining Oldindan to‘lov miqdori foizi miqdorida oldindan toʻlovni amalga oshiradi.

4. Taraflarning javobgarligi va nizolarni hal qilish tartibi

4.1. Taraflar shartnoma majburiyatlarini bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagan taqdirda Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortiladilar.

4.2. Ushbu shartnoma yuzasidan yoki u bilan bogʻliq holda taraflar oʻrtasida kelib chiqadigan nizo va ziddiyatlar taraflar oʻrtasida muzokaralar olib borish yoʻli bilan hal etiladi.

Muzokaralar olib borish yoʻli bilan nizoni hal etish imkoniyati boʻlmagan taqdirda, nizo talabnoma bildirish tartibiga rioya qilingandan keyin fuqarolik yoki xoʻjalik sudida koʻrib chiqiladi.

5. Yakunlovchi qoidalar

5.1. Ushbu shartnoma ikki nusxada tuzilgan boʻlib, taraflarga bittadan beriladi. Ikkala nusxa ham bir xil yuridik kuchga ega.

5.2. Shartnomaga ilova qilingan obyektga boʻlgan mulk huquqini tasdiqlovchi hujjatlar roʻyxati mazkur shartnomaning ajralmas qismi hisoblanadi.

6. Taraflarning rekvizitlari:

Sotuvchi:

Sotuvchining hisob-kitob raqami

Sotuvchining valyuta hisob raqami

Bankning nomi

Bankning kodi (raqami) MFO

Sotuvchining STIR raqami

Sotuvchining telefon raqamlari

Tovarni yuklash rekvizitlari:

Sotib oluvchi:

Sotib oluvchining hisob-kitob raqami

Sotib oluvchining valyuta hisob raqami

Bank nomi

Bank kodi (raqami) MFO

Sotib oluvchining STIR raqami

Sotib oluvchining telefon raqamlari

Tovarni yuklash rekvizitlari:

_________________________ _________________________

Ko‘chmas mulkni sotish shartnomasi

Ko‘chmas mulkning oldi-sotdi shartnomasiga binoan sotuvchi yer uchastkasi, bino, inshoot, kvartira yoki boshqa ko‘chmas mulkni sotib oluvchiga mulk qilib topshirishni zimmasiga oladi.  Ko‘chmas mulkni sotish shartnomasi taraflar imzolagan yozma shakldagi bitta hujjat tarzida tuziladi. 

Shartnomani yozma shaklda tuzish tartibiga rioya qilmaslik, taraflar o‘rtasida tushunmovchiliklar va nizolar kelib chiqishiga olib keladi.

Mazkur shartnoma namunasida bino inshootning oldi-sotdi qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi normalar, taraflarning huquq va majburiyatlari, nizolarni hal qilish tartibi  bayon etilgan bo‘lib, foydalanuvchilarga huquqshunos ishtirokisiz shartnoma tuzish va uni rasmiylashtirish imkonini beradi.