O‘z-o‘ziga huquqiy xizmat ko‘rsatish “Legal Tech” tizimi

Fermer xoʻjaligi xodimlarini yollash shartnomasi

Hujjat tavsifi
Саволлар
Shartnoma rekvizitlari
Ish beruvchi
  • Izoh: Viloyat, tuman (shahar), mahalla (qishloq) nomi koʻrsatiladi
Xodim
  • Izoh: Viloyat, tuman (shahar), mahalla, qishloq (koʻcha) nomi va uy raqami koʻrsatiladi
Shartnoma shartlari
  • Izoh: Masalan 1 yil, 3 yil
  • Izoh: Ushbu bandga haftaning aniq kunlari yozilishi lozim
  • Masalan: rasmiy bayramlar uchun bayram puli, mavsum tugashi munosabati bilan mukofot puli
  • Izoh: Mehnat kodeksiga ( ) koʻra xodimlarga oʻn besh ish kunidan kam boʻlmagan yillik asosiy taʼtil berilishi lozim.

Yuklab oling

SHARTNOMA

Fermer xoʻjaligi xodimlarini yollash toʻgʻrisida

 

Shartnoma tuzilgan joy

Shartnoma raqami-son

Shartnoma tuzilgan vaqt

 

Nizom asosida faoliyat koʻrsatuvchi, Fermer xoʻjaligining toʻliq nomi fermer xoʻjaligi keyingi oʻrinlarda “Ish beruvchi” deb yuritiladigan rahbari Fermer xoʻjaligi rahbarining F.I.O .siorqali bir tomondan va keyingi oʻrinlarda “Xodim” deb yuritiladigan fuqaro Xodimning F.I.O .si ikkinchi tomondan ushbu shartnomani quyidagilar toʻgʻrisida tuzishdi:

1. Xodim Xodimning mutaxassisligi mutaxassisligi boʻyicha Xodim ishga qabul qilinayotgan vazifavazifasiga qabul qilinadi.

2. Mazkur shartnoma taraflar uchun oʻrindoshlik boʻyicha ish hisoblanadi.

3. Shartnoma Shartnoma qancha muddatga tuzilganligi muddatga tuzildi.

4. Shartnoma boʻyicha mehnat munosabatlarining boshlanishi Shartnoma boʻyicha ishning boshlanish sanasi kun etib bergilanadi.

5. Xodimning majburiyatlari:

a) Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga va xoʻjalik Ustavi talablariga, mehnat intizomiga rioya qilish, mehnat majburiyatlarini bajarish;

b) mehnatni muhofaza qilish, texnika xavfsizligi va ishlab chiqarish sanitariyasi talablariga rioya qilish.

6. Ish beruvchining majburiyatlari:

a) mehnatni tashkil etish va Xodimning mehnatini muhofaza qilish, uni texnika xavfsizligi qoidalari, mehnat majburiyatlari, jamoa shartnomasi (u qabul qilingan boʻlsa) va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar bilan tanishtirish;

b) ish haqini belgilangan muddatlarda va belgilangan miqdorda toʻlash;

v) Xodimni mehnatni muhofaza qilish qoidalariga muvofiq zarur inventarlar va boshqa muhofaza vositalari bilan taʼminlash;

g) Xodimning mehnat daftarchasini belgilangan tartibda yuritish;

d) qonun hujjatlari talablariga rioya etish.

7. Ish tartibi:

Mehnat qonunchilidan kelib chiqqan holda haftaning Haftaning ish vaqti kunlari kunlari ish kuni hisoblanib, ish vaqti soat Ish vaqti boshlanadigan soatdan soat Ish vaqti tugaydigan soatgacha etib belgilandi.

8. Mehnatga haq toʻlash:

a) tomonlar belgilagan ish hajmi bajarilgan taqdirda Xodimga har oy uchun Bir oylik ish haqi miqdori miqdorida ish haqi belgilanadi;

b) ishlab chiqarish zaruriyati va bekor turib qolishlar sababli Xodimning roziligisiz vaqtincha boshqa ishga oʻtkazilishi mumkin. Bunda mehnatga haq toʻlash bajarilgan ishlar boʻyicha, lekin Xodimning ilgarigi ish haqidan kam boʻlmagan miqdorda amalga oshiriladi;

v) Ish beruvchi huquqlari va moliyaviy imkoniyatlari doirasida Xodimga toʻlanadigan qoʻshimcha toʻlovlar, ustamalar, mukofotlar va boshqa toʻlovlar nomi kabi qoʻshimcha toʻlovlarni toʻlaydi.

g) Xodim bilan kelishuvga koʻra mehnatga haq toʻlash naqd pul, plastik kartasiga oʻtkazish va mahsulot berish (natura) koʻrinishida amalga oshiriladi.

9. Xodimga har yilgi asosiy mehnat taʼtili Xodimga beriladigan yillik taʼtil kunlari necha ish kunidan iborat boʻladi boʻladi ish kuni miqdorida va qoʻshimcha mehnat taʼtili Xodimga beriladigan qoʻshimcha taʼtil kunlari necha kundan iborat

10. Xodimga nisbatan davlat ijtimoiy sugʻurtasi qoʻllanadi.

11. Ish beruvchi mehnat intizomi va ushbu Shartnoma shartlari buzilganligi uchun Xodimga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 312-moddasida koʻrsatilgan intizomiy choralarni Mehnat kodeksining 313-moddasi talablarini bajargan holda qoʻllash huquqiga egadir.

Tomonlarning manzillari va imzolari:

Ish beruvchi:

Fermer xoʻjaligining toʻliq nomi f/x

Fermer xoʻjaligining manzili

Fermer xoʻjaligining hisob raqami

Xodimning tugʻilgan sanasi

Fermer xoʻjaligining STIR raqami

Fermer xoʻjaligining MFO raqami

Fermer xoʻjaligining OKED raqami

Fermer xoʻjaligining telefon raqami

Fermer xoʻjaligi rahbarining F.I.O .si

______________________ (Imzo)

Xodim:

Xodimning F.I.O .si

Xodimning yashash manzili

Xodimning tugʻilgan sanasi

Xodimning pasport seriyasi va raqami

Xodimga pasportni bergan IIB nomi tomonidan

Xodimga pasport berilgan sana yilda berilgan

Xodimning telefon raqami

______________________ (Imzo)

Fermer xoʻjaligi xodimlarini yollash shartnomasi

Mehnat munosabatlarining shartnoma orqali tartibga solinishi kelgusida taraflar oʻrtasidagi nizolar, ishlarni bajarish va ish haqi toʻlashda tushunmovchiliklar kelib chiqishining oldini olishga xizmat qiladi.

Fermer xoʻjaliklari yurtimizda eng keng tarqalgan tadbirkorlik subyektlari boʻlib, ularning faoliyati huquqiy jihatdan toʻgʻri tartibga solinishi mamlakatimizning iqtisodiy jihatdan rivojlanishida, ishsizlik kamayishida muhim ahamiyatga ega.

Mazkur shartnoma namunasida ish beruvchi va xodimning majburiyatlari, mehnat qilish va unga haq toʻlash tartibi aniq belgilangan. Ushbu namunadan foydalanib, shartnoma tuzilishi kelgusida mehnat nizolari kelib chiqishining oldini olishga xizmat qiladi.