Taqdimnoma tuzilgan sana |
Taqdimnoma raqami-son |
Taqdimnoma tuzilgan joy
|
Taqdimnoma kiritilayotgan adliya organining manzili
adliya boʻlimiga
TAQDIMNOMA
Ushbu orqali, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 19-yanvardagi PQ-2733-sonli “Yuridik xizmat faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori hamda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017-yil 28-fevralda 2864-son bilan davlat roʻyhatidan oʻtkazilgan “Yuridik xizmat xodimini lavozimga tayinlash va ozod qilish masalalarini adliya organlari bilan kelishish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomga asosan, Nomzod ish faoliyatini boshlashi kutilayotgan tashkilotning nomi va uni (tashkilotni) tashkiliy huquqiy shakli Nomzod ish faoliyatini boshlashi kutilayotgan boʻlim (tarkibiy tuzulma) nomi Nomzod ish faoliyatini boshlashi kutilayotgan lavozim nomi lavozimiga nomzod Nomzodning F.I.O.ning nomzodi kelishish uchun taqdim etilmoqda.
Ilova: Taqdimnomaga ilova qilinayotgan hujjatlar roʻyxati
Taqdimnoma kiritayotgan shaxsning lavozimi Taqdimnoma kiritayotgan shaxsning F.I.O.
Davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmati xodimi lavozimiga tayinlash va undan ozod etishga taqdim etilgan nomzodlarni adliya organlari bilan kelishish ularning tavsiya etilgan lavozimga layoqatini va kasbiga munosibligini aniqlash, shuningdek yuridik xizmat xodimlarini noqonuniy taʼsir koʻrsatishdan himoyalash maqsadida amalga oshiriladi.
Tegishli nomzodni lavozimga tayinlash uchun hududiy adliya organlari bilan kelishish toʻgʻrisidagi taqdimnoma nomzodni ishga qabul qilayotgan tashkilot tomonidan kiritiladi.
Foydalanuvchilarga qulaylik yaratish maqsadida mazkur taqdimnoma namunasi tayyorlangan boʻlib, foydalanuvchidan soʻrovnomalarni aniq, ravon va turlicha talqin qilinmaydigan soʻzlardan foydalangan holda toʻldirish talab etiladi.