O‘z-o‘ziga huquqiy xizmat ko‘rsatish “Legal Tech” tizimi

Tovarlar yetkazib berish boʻyicha davlat kontrakti

Hujjat tavsifi
Shartnoma rekvizitlari
  • (tuman (shahar) koʻrsatiladi)
Tomonlar toʻgʻrisida maʼlumot
Shartnoma predmeti
Tovarning butlanishi va sifati
Shartnoma bahosi va summasi
Tovarlarni junatish tartibi
  • (avtotransport, vagon v.h. koʻrsatiladi)
Markirovka va hisob-kitob qilish tartibi
  • (konteyner, yashik, karton turi v.h. koʻrsatiladi)
Shartnomaning amal qilish muddati va taraflarning javobgarligi
Ijrochi toʻgʻrisida maʼlumotlar
Davlat buyurmachisi toʻgʻrisida maʼlumotlar

Yuklab oling

TOVARLAR YETKAZIB BERISH BOʻYICHA

DAVLAT KONTRAKTI

 

Shartnoma tuzilgan sana Shartnoma raqami Shartnoma tuzilgan hudud

 

Keyingi oʻrinlarda “Ijrochi” deb Ijrochi korxona nomi Faoliyatni tartibga soluvchi hujjat turi (nomi),Ustav asosida harakat qiluvchi Ijrochi tashkiloti nomidan harakat qiluvchi shaxsning F.I.O. orqali bir tomondan, keyingi oʻrinlarda “Davlat buyurtmachisi” deb ataladigan Davlat buyurtmachisi tashkilotning nomi Davlat buyurtmachisi tashkiloti nomidan harakat qiluvchi shaxsning F.I.O. ikkinchi tomondan quyidagilar toʻgʻrisida ushbu shartnomani tuzdilar

1. Shartnoma predmeti

1.1. Ijrochi mazkur shartnomaga ilova qilinayotgan va uning ajralmas qismi boʻlib hisoblanadigan tafsilotli roʻyxatda belgilangan miqdorda va muddatda Tovarni (mahsulotni) nomini (keyingi oʻrinlarda “tovar” deb yuritiladi) tayyorlab, yetkazib berish majburiyatini oladi, Davlat buyurtmachisi esa yetkazib berilgan tovarlar haqini belgilangan muddatda toʻlanishini taʼminlash majburiyatini oladi.

1.2. Ijrochi Davlat buyurtmachisi bilan kelishgan holda tovarni muddatidan oldin joʻnatishga haqli. Muddatidan oldin yetkazib berilgan tovar keyingi davrlarda yetkazib berilishi lozim boʻlgan tovarlar miqdoriga kiritiladi.

2. Tovarning butlanishi va sifati

2.1. Yetkazib berilayotgan tovarlar oʻz sifati va butlanishi jihatidan Standart, texnik shartni tasdiqlagan organ nomi, hujjat raqami va sanasi tomonidan tasdiqlangan Standart, texnik shartlar, boshqa hujjat nomi talablariga javob berishi shart.

3. Shartnoma bahosi va summasi

3.1. Mazkur shartnoma boʻyicha yetkazib berilayotgan tovarlarga Narxnomani tasdiqlagan organ nomi va tasdiqlagan sanasi tomonidan tasdiqlangan Narxnoma raqami - sonli narxnoma bahosi boʻyicha yoki taraflarning kelishuviga muvofiq shartnomaning ajralmas qismi boʻlib hisoblanadigan bahoni kelishuv bayonnomasida belgilangan narxlarga muvofiq haq toʻlanadi.

3.2. Idishlar va oʻrash vositalari yetkazib beriladigan tovarlar bahosiga Qoʻshimcha haq miqdori va Davlat buyurtmachisi tomonidan narxnomaga yoki oʻzaro kelishuvga muvofiq toʻlanadi.

3.3. Mazkur shartnoma boʻyicha yetkazib berilishi lozim boʻlgan tovarlar summasi Shartnomaning umumiy qiymati soʻmni tashkil etadi.

4. Tovarlarni joʻnatish tartibi

4.1. Tovarlar Transport turi transporti bilan joʻnatiladi.

4.2. Joʻnatishning eng kam miqdori Joʻnatishning eng kam miqdori hisoblanadi.

5. Markirovka, idishlar va oʻrash tartibi

5.1. Tovarlar tegishli davlat standartlari va texnik shartlar talablariga javob beradigan va tashish hamda saqlash jarayonida ularning saqlanishini taʼminlaydigan Idish turi idishlarga joylashtirilishi lozim.

6. Hisob-kitob qilish tartibi

6.1. Yetkazib berilayotgan tovarlar uchun hisob-kitoblar quyidagi tartibda amalga oshiriladi: Hisob-kitob tartibi.

7. Tovarni miqdori va sifati boʻyicha qabul qilish tartibi

7.1. Yetkazib berilayotgan tovarlarni miqdori va sifati boʻyicha qabul qilish mahsulotlar (tovarlar)ni miqdori va sifati boʻyicha qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.

7.2. Tovarning miqdori va sifati boʻyicha kamchiliklari aniqlangan holda, qabul qilish natijalari dalolatnomalar bilan rasmiylashtiriladi.

8. Shartnomaning amal qilish muddati

8.1. Shartnoma Shartnomani boshlanish sanasidan boshlab kuchga kiradi va Shartnomani yakuniy sanasigacha amal qiladi.

9. Taraflarning mulkiy javobgarligi

9.1. Yetkazib berishning tegishli davrida tovarlarni yetkazib berishni kechiktirganlik yoki toʻliq yetkazib bermaganlik uchun Ijrochi Davlat buyurtmachisiga yetkazib berilishi kechiktirilgan yoki toʻliq yetkazib berilmagan tovar summasining Kechiktirilgan yoki toʻliq yetkazib berilmagan tovar uchun jarima miqdori foizi miqdorida jarima toʻlaydi.

9.2. Sifati lozim darajada boʻlmagan mahsulotni yetkazib berganlik uchun Ijrochi Davlat buyurtmachisiga sifati lozim darajada boʻlmagan tovar qiymatining Sifati lozim darajada boʻlmagan mahsulotni uchun jarima miqdori foizi miqdorida jarima toʻlaydi.

9.3. Davlat buyurtmachisi yetkazib berilgan tovarlar uchun toʻlovni kechiktirganlik uchun toʻlovi kechiktirilgan har bir kun uchun qarz summasining 0,4 foizi miqdorida, lekin toʻlovi kechiktirilgan summaning 50 foizidan oshmaydigan miqdorda penya toʻlaydi.

9.4. Shartnomada belgilangan muddatda tovarlarni tanlab olmaganlik yoki shartnomada belgilangan muddatda yetkazib berilgan tovarlarni qabul qilishni asossiz rad etganlik uchun Davlat buyurtmachisi Ijrochiga tanlab olinmagan tovarlar qiymatining 5% miqdorida jarima toʻlaydi.

9.5. Mazkur shartnomada nazarda tutilmagan taraflarning javobgarlik choralari amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi.

10. Shartnomani oʻzgartirish va bekor qilish tartibi

10.1. Ushbu shartnomaga kiritiladigan har qanday oʻzgartirish va qoʻshimchalar ular yozma ravishda rasmiylashtirilgan va taraflarning vakolatli shaxslari tomonidan imzolangan taqdirdagina haqiqiy hisoblanadi.

10.2. Shartnoma faqat taraflarning kelishuviga muvofiq bekor qilinishi mumkin.

11. Qoʻshimcha shartlar

11.1. Shartnoma ikki nusxada tuzilgan boʻlib, ikkalasi ham bir xil yuridik kuchga ega deb hisoblanadi va taraflarga bir nusxadan beriladi.

11.2. Ushbu shartnomani bajarish jarayonida kelib chiqishi mumkin boʻlgan nizolar va ziddiyatlar taraflar oʻrtasida muzokaralar olib borish yoʻli bilan hal etiladi.

11.3. Nizolarni muzokaralar olib borish yoʻli bilan hal etishning imkoni boʻlmagan taqdirda, taraflar nizolarni sudgacha hal qilishning qonunda belgilangan tartibiga rioya qilgan holda, talabnoma bildirgandan soʻng bir oy oʻtgach, nizoni hal qilish uchun xoʻjalik sudiga topshiradilar.

11.4. Shartnomaning ajralmas qismi boʻlgan ilovaga muvofiq yetkazib berilayotgan tovarlarning tafsilotli roʻyxati.

12. Taraflarning rekvizitlari:

IJROCHI:

Ijrochi tashkilot nomi

Ijrochi tashkilot hisob raqami

Ijrochi tashkilot valyuta hisob raqami Ijrochi tashkilot bankining nomi

Ijrochi tashkilotining ban kodi MFO

Ijrochi tashkilot STIR raqami

Ijrochi tashkilot telefon raqami

Tovarni yuklash maʼlumotlari

Ijrochi tashkilotni vakolatli shaxsning F.I.O.

 

DAVLAT BUYURTMACHISI:

Davlat buyurtmachisi nomi

Davlat buyurtmachisi hisob raqamiDavlat buyurtmachisi bankining nomi Davlat buyurtmachisi bankining kodi (MFO)

Davlat buyurtmachisi STIR raqami

Davlat buyurtmachisi telefon raqami

Davlat buyurtmachisi vakolatli shaxsining F.I.O.

Tovarlar yetkazib berish boʻyicha davlat kontrakti

Tovarlar yetkazib berish boʻyicha davlat kontrakti oldi-sotdi shartnomasining bir turi hisoblanadi. U tadbirkorlik sohasida shartnomalarning eng keng tarqalgan shakllaridan biri boʻlib, tadbirkorlarning xoʻjalik faoliyatida deyarli butun tovar oborotini qamrab oladi. Ushbu shartnomani tuzish korxonalar uchun ham, yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun ham qulay, chunki u tovarlarni ishlab chiqaruvchilar bilan realizatsiya qiluvchilar oʻrtasidagi munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga soladi.

Tomonlar shartnoma namunasidagi soʻrovnomalarni aniq, ravon va turlicha talqin qilinmaydigan soʻzlardan foydalangan holda toʻldirishlari, kelgusida nizolar kelib chiqishining oldini oladi.