O‘z-o‘ziga huquqiy xizmat ko‘rsatish “Legal Tech” tizimi

Pullik taʼlim xizmatlarini koʻrsatish shartnomasi

Hujjat tavsifi
Shartnoma rekvizitlari
  • (tuman (shahar) koʻrsatiladi)
Tomonlar toʻgʻrisida maʼlumotlar
Maktabning huquq va majburiyatlari
Moliyaviy shartlar
  • (raqam va soʻz bilan yoziladi)
Maktab haqida maʼlumotlar (rekvizitlar)
Buyurtmachi haqida maʼlumotlar (rekvizitlar)

Yuklab oling

Pullik taʼlim xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha

NAMUNAVIY SHARTNOMA

 

Shartnoma raqami-son

 

Shartnoma tuzilgan hudud Shartnoma tuzilgan sana

 

Ustav asosida ish koʻruvchi maktab direktori Tuman (shahar nomi) koʻrsatiladi Maktab raqami va nomi -son Maktab direktorining F.I.O. keyinchalik “Maktab” deb yuritiluvchi, bir tomonidan Ota-ona yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxsning F.I.O. nomidan oʻquvchining manfaatlarini ifoda etuvchi Oʻquvchining F.I.O.va sinfi

1. SHARTNOMA PREDMETI

1.1. Ushbu shartnoma oʻquv dasturlarida nazarda tutilmagan mashgʻulotlar boʻyicha qoʻshimcha pullik xizmatlar (aniq, ijtimoiy-gumanitar, tabiiy fanlar), jumladan, toʻgarak hamda sport seksiyalarini tashkil etish munosabatlarni tartibga soladi.

2. MAKTABNING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI

2.1. Maktabning huquqlari:

Oʻquvchidan oʻquv rejasi va dasturlari, maktab ichki tartib-qoidalariga rioya etishini talab qilish;

Dars jarayoni vaqtida oʻquvchidan oʻquv va ijro intizomiga qatʼiyan rioya etishini talab qilish;

Oʻquvchidan ijtimoiy faollik, tashabbuskorlik, ustoz va murabbiylarni hurmat qilishni, maktab mulki, nufuzini himoya qilishni talab qilish;

Buyurtmachidan mazkur shartnomada belgilangan toʻlovlarni oʻz vaqtida toʻlashni talab qilish, aks holda oʻquvchini qoʻshimcha mashgʻulotlardan (darslardan) chetlashtirish. 

2.2. Maktab majburiyatlari:

Davlat taʼlim standarti, oʻquv rejasi va dasturlariga muvofiq maktabda oʻquvchini oʻqitishni tashkil etish;

Maktabda qoʻshimcha mashgʻulotlar jarayonlariga malakali oʻqituvchilarni jalb etish, ilgʻor pedagogik texnologiyalarni, zamonaviy kompyuter va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va vositalarini joriy etish;

Oʻquvchida bilim olish salohiyatini shakllantirish maqsadida oʻquv rejasiga qoʻshimcha ravishda turli interaktiv darslarni tashkil etish;

Qoʻshimcha mashgʻulotlarda oʻquvchiga maktabning mavjud oʻquv-uslubiy, axborot-resurs va moddiy-texnika bazasiga muvofiq oʻqish uchun barcha zarur shart-sharoitlarni yaratish;

Qoʻshimcha mashgʻulotlar uchun belgilangan toʻlov miqdori toʻgʻrisidagi maʼlumotni oʻz vaqtida (oʻquv jarayoni boshlanishidan Oʻquv jarayoni boshlanishidan oldin pullik xizmatlari shartlari bilan tanishtirish muddati kun oldin) buyurtmachilarga yetkazish va ularni belgilangan tartibda koʻrsatiladigan pullik xizmatlari shartlari bilan tanishtirish;

Ushbu shartnomaga asosan oʻquvchi pullik xizmatlar asosida quyidagilar bilan taʼminlanadi:

Oʻquv soatlar miqdori koʻrsatiladi xajmda

Koʻrsatiladigan xizmatlardan kelib chiqib toʻldiriladi.

3. BUYURTMACHINING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI

3.1. Buyurtmachining huquqlari:

Maktabdan oʻquvchiga tanlagan zamonaviy taraqqiyot darajasiga mos keluvchi bilim va koʻnikmalarni berishni talab qilish, tegishli oʻqituvchilardan maslahatlar soʻrash;

3.2. Buyurtmachining majburiyatlari:

Koʻrsatilayotgan jami qoʻshimcha pullik xizmatlar bir kalendar oyi uchun belgilangan toʻlov miqdorini mazkur shartnoma talablariga muvofiq maktabga toʻliq hajmda va oʻz vaqtida toʻlash;

Mazkur shartnoma talablariga soʻzsiz amal qilish maqsadida va shartnomada koʻrsatilgan qoʻshimcha taʼlim va boshqa xizmatlardan foydalanish uchun oʻquvchining darslarga muntazam ravishda qatnashishi nazoratini taʼminlash;

Oʻquvchi tomonidan maktab mulkiga yetkazilgan moddiy zararni qoplash.

4. MOLIYAVIY SHARTLAR

4.1. Koʻrsatilayotgan jami qoʻshimcha pullik xizmatlar bir kalendar oyi uchun Pullik xizmat summasi

4.1.1. Shu jumladan, ushbu shartnomada koʻrsatilgan qoʻshimcha mashgʻulotlar uchun toʻlanadigan mablagʻ quyidagi miqdorda belgilanadi (xizmatlar turlari boʻyicha):

a) Xizmat nomi va xizmat narxi soʻm;

b) Xizmat nomi va xizmat narxi soʻm;

v) Xizmat nomi va xizmat narxi soʻm.

4.2. Toʻlov har oyning Toʻlov sanasi sanasidan kechikmagan holda, buyurtmachi tomonidan

100 (yuz) foiz oldindan amalga oshiriladi. Toʻlov banklar orqali maktabning tegishli gʻaznachilik boʻlimlarida ochilgan shaxsiy gʻaznachilik hisobvaraqlariga naqd pul yoki pul oʻtkazish yoʻli bilan amalga oshiriladi.

4.3. Ushbu shartnoma boʻyicha toʻlov turi buyurtmachi tomonidan tanlanadi.

4.4. Koʻrsatilayotgan qoʻshimcha pullik xizmatlarning toʻlov miqdori bazaviy hisoblash miqdori oʻzgarishiga mos ravishda oʻzgaradi.

4.5. Ushbu shartnomaning 4.1 va 4.2-bandlariga muvofiq qoʻshimcha pullik xizmatlar uchun toʻlov buyurtmachi tomonidan oʻz vaqtida amalga oshirilmasa, ushbu shartnoma bekor qilinib, oʻquvchi qoʻshimcha mashgʻulotlardan (darslardan) chetlashtiriladi.

4.6. Oʻquvchining kasalligi yoki boshqa asosli sabab va holatlarda, buyurtmachining yozma arizasiga binoan ushbu shartnoma bekor qilinadi va xizmatlarni koʻrsatilmagan qismi uchun oldindan toʻlangan toʻlov qaytariladi.

4.7. Oʻquvchi mashgʻulotlarni sababsiz qoldirgan holatlarda buyurtmachiga xizmatlar uchun oldindan oʻtkazilgan toʻlovlar qaytarilmaydi.

5. SHARTNOMANING AMAL QILISH MUDDATI

5.1. Shartnoma tomonlar uni imzolab, maktab hisobraqamiga buyurtmachi tomonidan qoʻshimcha taʼlim va boshqa pullik xizmatlar uchun toʻlovlar amalga oshirilgandan soʻng kuchga kiradi va taraflar majburiyatlarni toʻliq bajargunga qadar amal qiladi.

6. SHARTNOMANI BEKOR QILISH HOLATLARI

6.1. Quyidagi hollarda shartnoma bekor qilinadi:

taraflarning kelishuviga muvofiq;

oʻquvchi maktabda oʻrnatilgan tartibga muvofiq maktab direktorining buyrugʻiga asosan qoʻshimcha mashgʻulotlardan (darslardan) chetlashtirilganda;

tomonlardan biri shartnoma shartlarini bajarmaganda;

uzrli sabablar bilan buyurtmachining yozma arizasiga koʻra;

qonun hujjatlarida koʻrsatilgan boshqa hollarda.

7. BOSHQA SHARTLAR

7.1. Ushbu Shartnomadan kelib chiqadigan nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda koʻrib chiqiladi. Agar nizolarni tinch yoʻl bilan hal etishning iloji boʻlmasa, nizo qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sudda koʻrib chiqiladi.

7.2. Ushbu Shartnomada yozma ravishda bajarilgan va ikki tomonlama imzolangan barcha ilovalar, qoʻshimchalar va oʻzgartirishlar shartnomaning ajralmas qismi boʻladi va yuridik kuchga ega deb hisoblanadi. 

7.3. Shartnoma teng yuridik kuchga ega boʻlgan ikki nusxada tuziladi. Shartnomaning bir nusxasi maktabda, ikkinchi nusxasi buyurtmachida saqlanadi.

8. TOMONLARNING MANZILI, BANK REKVIZITLARI VA BOSHQA MAʼLUMOTLARI:

“MAKTAB”

Maktab nomi, manzili, hisob raqami, bank maʼlumotlari

Maktab direktorining F.I.O.

(imzo) ____________________

Yuristkonsult:

Yuristkonsultning F.I.O.

(imzo) ____________________

“BUYURTMACHI”

Buyurtmachining manzili, telefon raqamlari va boshqa maʼlumotlari

Buyurtmachining F.I.O. (ota-ona yoki tashkilot rahbari)

(imzo) ________________________

Pullik taʼlim xizmatlarini koʻrsatish shartnomasi

Мактабнинг ўқув дастурларида назарда тутилмаган (давлат таълим стандартларидан ташқари) машғулотлар бўйича пуллик таълим хизматлари кўрсатишга қаратилган йўналишлар (аниқ, ижтимоий-гуманитар, табиий фанлар, тўгараклар ва спорт секциялари) қонун ҳужжатларига мувофиқ ҳолда ташкил этилади.

Пуллик таълим хизматларини кўрсатиш юртимизда ҳозирда кенг тарқалган хизмат тури бўлиб, ўқувчиларни комил шахс бўлиб вояга етишига ўз ҳиссасини қўшмоқда.

Мазкур шартнома намунасида мактаб ва буюртмачининг мажбуриятлари, таълим бериш йўналишлари ва унга ҳақ тўлаш тартиби аниқ белгиланган. Ушбу намунадан фойдаланиб, шартнома тузилиши келгусида меҳнат низолари келиб чиқишининг олдини олишга хизмат қилади.