Moddiy-texnika resurslari yetkazib berishga
NAMUNAVIY SHARTNOMA
Shartnoma tuzilgan hudud Shartnoma raqami Shartnoma tuzilgan sana
Fermer hujaligi Ustavi koʻrsatiladi asosida ish koʻruvchi, keyinchalik “Xoʻjalik” deb yuritiluvchi Fermer hujaligi nomi nomidan fermer xoʻjaligi boshligʻi Fermer hujaligi rahbarining F.I.O. bir tomondan, va Yetkazib beruvchining faoliyatini tartibga soluvchi hujjat asosida ish koʻruvchi, keyinchalik “Yetkazib beruvchi” deb yuritiluvchi Korxona, tashkilot nomi nomidan ish koʻruvchi Tashkilot, korxona nomidan ish koʻruvchining lavozimi F.I.O. ikkinchi tomondan mazkur shartnomani quyidagilar toʻgʻrisida tuzdilar:
Shartnoma mavzusi
1.1. Mazkur shartnoma boʻyicha “Yetkazib beruvchi” “Xoʻjalik”ka Yetkazib beriladigan tovar nomi (keyingi oʻrinlarda – “Moddiy-texnika resurslari” deb yuritiladi) yetkazib berish, “Xoʻjalik” esa ularni qabul qilish va qiymatini toʻlash majburiyatini oʻz zimmasiga oladi. “Moddiy-texnika resurslari”ning aniq turlari, ularning soni, sifati va narxi, shuningdek yetkazib berish muddatlari mazkur shartnomaning tarkibiy qismi hisoblangan ilovada keltiriladi.
II. Tomonlarning huquq va majburiyatlari
2.1. “Xoʻjalik”ning huquqlari:
“Yetkazib beruvchi”dan shartnomani bajarish uchun zarur boʻlgan amaldagi davlat standartlari va boshqa normativ hujjatlar bilan taʼminlashni talab qilish;
“Moddiy-texnika resurslari” “Xoʻjalik”ning hisobiga transportda tashilganda “Yetkazib beruvchi”dan transport xarajatlarini qoplashni talab qilish;
“Yetkazib beruvchi”dan mazkur shartnomaga muvofiq beriladigan buyurtmanomaga muvofiq tegishli sifat, assortimentdagi “Moddiy-texnika resurslari” yetkazib berilishini talab qilish;
zarur sifatga ega boʻlmagan “Moddiy-texnika resurslari” yetkazib berilmagan taqdirda oʻz tanlashiga koʻra:
– zarur sifatga ega boʻlmagan “Moddiy-texnika resurslari” shunga oʻxshash “Moddiy-texnika resurslari” bilan almashtirilishini;
– kamchiliklar bepul bartaraf etilishini yoki kamchiliklar “Xoʻjalik” yoxud uchinchi shaxslar tomonidan toʻgʻrilanishi xarajatlarini qoplashni;
– bahosining mutanosib tarzda kamaytirilishini talab qilish;
mazkur shartnoma shartlari bajarilmaganligi yoki zarur darajada bajarilmaganligi natijasida yetkazilgan zarar qoplanishini “Yetkazib beruvchi”dan talab qilish.
2.2. “Xoʻjalik”ning majburiyatlari:
oʻz buyurtmanomasi boʻyicha yetkazib berilgan “Moddiy-texnika resurslari”ni mazkur shartnomaga muvofiq qabul qilish;
“Moddiy-texnika resurslari”ga mazkur shartnomaning 3.1-bandida koʻrsatilgan narx boʻyicha, qabul qilish-topshirish dalolatnomasi imzolangan paytdan boshlab Toʻlov muddati kun mobaynida haq toʻlash.
2.3. “Yetkazib beruvchi” quyidagi huquqlarga ega:
Yetkazib berilgan “Moddiy-texnika resurslari” uchun oldindan haq toʻlanishini va amaldagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va hajmda uzil-kesil hisob qilinishini xoʻjalikdan talab qilish;
berilgan buyurtmanomaga muvofiq yetkazib berilgan “Moddiy-texnika resurslari”ni qabul qilish asossiz rad etilishi natijasida yetkazilgan zarar qoplanishini “Xoʻjalik”dan talab qilish.
2.4. “Yetkazib beruvchi” quyidagilarga majbur:
“Xoʻjalik”ka “Moddiy-texnika resurslari”ni mazkur shartnomaga muvofiq yoki “Xoʻjalik” tomonidan mazkur shartnomaning 4.8-bandida nazarda tutilgan tartibda beriladigan uning buyurtmanomasiga muvofiq muddatlar, sifat va miqdorda yetkazib berish;
agar “Moddiy-texnika resurslari”ni yetkazib berish jarayonida “Yetkazib beruvchi” shartnoma shartlari va normativlardan chekinishga yoʻl qoʻygan boʻlsa, “Xoʻjalik”ning talabi bilan aniqlangan barcha kamchiliklarni Yetkazib berish jarayonida yetkazilgan zararni bartaraf etish muddati kun muddatda tekin tuzatib berish.
III. Shartnomaning bahosi va hisob-kitob tartibi
3.1. Mazkur shartnomaning bahosi Shartnomaning bahosi (summa raqamlar va harflar bilan yoziladi) soʻmni tashkil etadi.
Yetkazib beriladigan “Moddiy-texnika resurslari”ning bahosi mazkur shartnomaga ilovada koʻrsatilgan.
3.2. Mahsulotni transportda tashish va tushirish boʻyicha barcha xarajatlarni “Yetkazib beruvchi” koʻtaradi.
Mahsulot “Xoʻjalik”ning transporti bilan yetkazib berilgan taqdirda “Yetkazib beruvchi” transportda tashish xarajatlarini unga qoplaydi (idishni ham oʻz ichiga olgan holda amaldagi massa boʻyicha).
3.3. “Xoʻjalik” yetkazib beriladigan “Moddiy-texnika resurslari” turkumi summasining Oldindan toʻlanidigan toʻlov miqdori foizi miqdorida oldindan haq toʻlaydi. Yetkazib berilgan “Moddiy-texnika resurslari” uchun qabul qilish–topshirish dalolatnomasi imzolangandan keyin Uzil-kesil tartibda toʻlanidigan muddat kun muddatda uzil-kesil hisob-kitob qilinadi.
3.4. Yetkazib berilgan “Moddiy-texnika resurslari” uchun Hisob-kitob shakli koʻrsatiladi yoʻli bilan naqd pulsiz tartibda hisob-kitob qilinadi.
IV. Shartnomaning bajarilishi
4.1. Shartnoma mazkur shartnoma va qonun hujjatlari shartlari va talablariga muvofiq zarur tarzda bajarilishi kerak
Agar tomonlar oʻz zimmalariga qabul qilingan barcha majburiyatlar bajarilishini taʼminlasa, shartnoma bajarilgan deb hisoblanadi.
4.2. Shartnoma bajarilishini bir tomonlama rad etishga yoki shartnoma shartlarini bir tomonlama oʻzgartirishga yoʻl qoʻyilmaydi, qonun hujjatlarda belgilangan hollar bundan mustasno.
4.3. “Moddiy-texnika resurslari” qabul qilish-topshirish dalolatnomalari tuzilgan sana shartnomalar boʻyicha majburiyatlar bajarilgan sana hisoblanadi.
Hisob-kitob hujjatida bank muassasasi shtampida koʻrsatilgan sana “Moddiy-texnika resurslari”ga haq toʻlash boʻyicha “Xoʻjalik” majburiyatlari bajarilgan sana hisoblanadi.
4.4. “Xoʻjalik”ning roziligi bilan “Moddiy-texnika resurslari” muddatidan oldin yetkazib berilishi mumkin. Yetkazib berilgan va “Xoʻjalik” tomonidan qabul qilingan “Moddiy-texnika resurslari” uchun keyingi davrlarda yetkazib berilishi kerak boʻlgan “Moddiy-texnika resurslari” hisobiga haq toʻlanadi va ular hisobiga oʻtkaziladi.
4.5. “Xoʻjalik” muddatlar buzilgan holda yetkazib berilgan “Moddiy-texnika resurslari”ni qabul qilishni rad etishga haqlidir.
4.6. Nazarda tutilgan miqdordan ortiqcha bir nomda “Moddiy-texnika resurslari” yetkazib berilishi ushbu assortimentga kiruvchi boshqa nomdagi yetkazib berilmagan “Moddiy-texnika resurslari” oʻrnini toʻldirish sifatida qaralmaydi va yetkazib berilmagan “Moddiy-texnika resurslari”ning oʻrni toʻldirilishi kerak, bunday “Moddiy-texnika resurslari” yetkazib berish “Xoʻjalik”ning oldindan berilgan yozma roziligi boʻyicha amalga oshirilgan hollar bundan mustasno.
4.7. Yetkazib berilgan “Moddiy-texnika resurslari” bevosita “Xoʻjalik”ning masʼul xodimi tomonidan dalolatnoma boʻyicha qabul qilinadi. Dalolatnomada yetkazib berilgan “Moddiy-texnika resurslari” miqdori, ularning sifati koʻrsatiladi.
4.8. Mazkur shartnomada nazarda tutilgan “Moddiy-texnika resurslari” yetkazib berish mazkur shartnomaga muvofiq yoki “Xoʻjalik”ning buyurtmanomasida koʻrsatilgan muddatlar va hajmda mazkur shartnomada koʻrsatilgan davr mobaynida amalga oshiriladi. Ushbu maqsadlarda “Yetkazib beruvchi” Xoʻjaliklarning buyurtmanomalarini roʻyxatdan oʻtkazish daftarini yuritadi.
Buyurtmanoma “Moddiy-texnika resurslari”ning tegishli turkumlarini yetkazib berishning moʻljallanayotgan sanasigacha kamida Yetkazib berish haqida oldindan xabar qilish muddati kun oldin chopar orqali, pochta orqali yoki boshqacha tarzda beriladi. Buyurtmanomani chopar orqali qabul qilishda “Yetkazib beruvchi”ning xodimi “Xoʻjalik”da qoladigan nusxaga sanani koʻrsatgan holda u qabul qilinganligi toʻgʻrisida belgi qoʻyadi.
4.9. “Xoʻjalik” ilgari berilgan buyurtmanomani bekor qilishga yoxud “Moddiy-texnika resurslari”ning tegishli turkumlarini yetkazib berish sanasini oʻzgartirishga haqlidir, bu haqda “Yetkazib beruvchi”ni buyurtmanomada koʻrsatilgan sana boshlanishidan kamida Yetkazib berish sanasi oʻzgargan taqdirda xabar berish muddati kun oldin xabardor qiladi.
V. Tomonlarning javobgarligi
5.1. Tomonlar oʻrtasida kelishilgan jadval boʻyicha kelgan transportning belgilangan muddatlardan ortiqcha turib qolganligi uchun aybdor tomon bekor turib qolganlik bilan bogʻliq sarf-xarajatlarni toʻlaydi. Bekor turib qolish vaqti tomonlar oʻrtasida imzolangan dalolatnomaga muvofiq rasmiylashtiriladi.
5.2. Yetkazib berilayotgan “Moddiy-texnika resurslari” sifati, miqdori “Yetkazib beruvchi” tomonidan notoʻgʻri aniqlanishi, ularning qiymati notoʻgʻri belgilanishi va undirilishi hollari aniqlangan taqdirda “Yetkazib beruvchi” yetkazib berilayotgan “Moddiy-texnika resurslari”ning sifatini, shuningdek ularning miqdorini hisobga olgan holda qayta hisob-kitob qiladi va hisoblab chiqilgan ushbu summadan tashqari “Xoʻjalik”ka notoʻgʻri hisob-kitob qilingan summaning Tovarning qiymatiga eʼtiroz boʻlganda toʻlanadigan jarima miqdori foizi miqdorida jarima toʻlaydi.
5.3. Agar yetkazib berilgan “Moddiy-texnika resurslari”ning sifati, assortimenti, navlari, texnik reglamentlar yoki standartlar talablariga, namunalarga (etalonlarga) yoki shartnomada belgilangan boshqa shartlarga javob bermagan taqdirda, aybdor tomon yetkazib berilgan, sifati zarur darajada boʻlmagan “Moddiy-texnika resurslari” qiymatining Tovarning sifatiga eʼtiroz boʻlganda toʻlanadigan jarima miqdori foizi miqdorida jarima toʻlaydi.
5.4. “Moddiy-texnika resurslari” yetkazib berish boʻyicha shartnomada nazarda tutilgan majburiyatlar bajarilishi rad etilganligi uchun “Yetkazib beruvchi” “Xoʻjalik”ka belgilangan ustamalardan tashqari yetkazib berilishi kerak boʻlgan “Moddiy-texnika resurslari”ning Tovar yetkazilib berilmaganda toʻlanadigan jarima miqdori foizi miqdorida jarima toʻlaydi. Jarimadan tashqari, “Yetkazib beruvchi” “Xoʻjalik”ka “Moddiy-texnika resurslari” yetkazib berilmasligi natijasida yetkazilgan zararni toʻlaydi.
5.5. “Moddiy-texnika resurslari”ni yetkazib berish kechiktirilgan yoki toʻliq yetkazib berilmagan taqdirda “Yetkazib beruvchi” “Xoʻjalik”ka kechiktirilgan har bir kun uchun majburiyat bajarilmagan qismining Yetkazib berish kechiktirilgan kunlar uchun toʻlanadigshan penya miqdori foizi miqdorida penya toʻlaydi, biroq bunda penyaning umumiy summasi yetkazib berilmagan “Moddiy-texnika resurslari” qiymatining Yetkazib berish kechiktirilgan kunlar uchun toʻlanadigan penyaning eng yuqori miqdori foizidan ortiq boʻlmasligi kerak. Penya toʻlanishi shartnoma majburiyatlarini buzgan tomonni shartnomani zarur tarzda bajarishdan va “Moddiy-texnika resurslari” yetkazib berish muddati kechiktirilishi yoki toʻliq yetkazib berilmasligi tufayli yetkazilgan zararlar qoplanishidan ozod etmaydi.
5.6. Yetkazib berilgan “Moddiy-texnika resurslari” uchun oʻz vaqtida haq toʻlanmaganda “Xoʻjalik” “Yetkazib beruvchi”ga muddati kechiktirilgan har bir kun uchun kechiktirilgan toʻlov summasining Xoʻjalik tomonidan toʻlov kechiktirilganda toʻlanadigan penya miqdori foizi miqdorida penya toʻlaydi, biroq bu kechiktirilgan toʻlov summasining Xoʻjalik tomonidan toʻlov kechiktirilganda toʻlanadigan penyaning eng yuqori miqdori foizidan ortiq boʻlmasligi kerak.
5.7. “Xoʻjalik” tomonidan tegishli kontraktatsiya shartnomasi bajarilmaganligi yoki zarur darajada bajarilmaganligi uchun “Xoʻjalik”ni javobgarlikka tortishda shuningdek uning xatti-harakatlari (harakatsizligi) “Xoʻjalik” tomonidan kontraktatsiya shartnomasi boʻyicha shartnoma majburiyatlari bajarilmasligiga (zarur tarzda bajarilmasligiga) olib kelgan “Yetkazib beruvchi”ning javobgarligi ham koʻrib chiqiladi.
“Yetkazib beruvchi”ning aybi bilan kontraktatsiya shartnomasining “Xoʻjalik” tomonidan bajarilmasligi (zarur tarzda bajarilmasligi) natijasida yetkazilgan zarar belgilangan tartibda “Yetkazib beruvchi” tomonidan qoplanadi.
5.8. Mazkur shartnomada nazarda tutilmagan tomonlarning javobgarligi chora-tadbirlari fuqarolik qonunchiligi normalariga muvofiq qoʻllaniladi.
VI. Nizolarni hal etish tartibi
6.1. Kelishmovchiliklar va nizoli masalalar kelib chiqqan taqdirda, tomonlar, qoidaga koʻra, mustaqil ravishda yoxud tuman qishloq xoʻjaligi boʻlimi ishtirokida ularni sudgacha hal etish choralarini koʻradilar.
6.2. Tomonlar kelishmovchiliklar va nizolarni hal etish uchun bevosita sudga murojaat qilishga haqlidir.
VII. Shartnomaning amal qilishi
7.1. Mazkur shartnoma mazkur shartnomaning 8.4-bandiga muvofiq roʻyxatdan oʻtkazilgan kundan boshlab amalga kiradi va tomonlar ushbu shartnoma boʻyicha oʻz majburiyatlarini bajargunga qadar amal qiladi.
7.2. Tomonlar oʻrtasidagi munosabatlar ular tomonidan mazkur shartnomaning barcha shartlari bajarilgan va hisob-kitob toʻliq tugallangan taqdirda toʻxtatiladi.
VIII. Yakuniy qoidalar
8.1. Mazkur shartnoma tomonlarning kelishuviga koʻra yoki boshqa tomon shartnoma shartlarini jiddiy ravishda buzgan taqdirda, tomonlardan birining talabi boʻyicha sud tartibida bekor qilinishi mumkin.
8.2. Mazkur shartnomaga har qanday oʻzgartirish va qoʻshimchalar ular yozma shaklda sodir etilishi va tomonlarning bunga zarur darajada vakil qilingan vakillari tomonidan imzolanishi sharti bilan haqiqiy hisoblanadi.
8.3. Mazkur shartnoma tomonlarning har biri va qishloq xoʻjaligi boʻlimi uchun bir nusxadan uch nusxada tuziladi. Shartnomaning barcha nusxalari teng yuridik kuchga egadir.
8.4. Mazkur shartnoma, unga oʻzgartirishlar (qoʻshimchalar) “Xoʻjalik” joylashgan joy boʻyicha tuman qishloq xoʻjaligi boʻlimida roʻyxatdan oʻtkazilgandan keyin bajarilishi kerak.
IX. Tomonlarning manzili va bank rekvizitlari:
“XOʻJALIK” Fermer xoʻjaligi nomi Fermer xoʻjaligi identifikatsiya raqami |
«YETKAZIB BERUVCHI» Yetkazib beruvchining nomi Yetkazib beruvchining indentifikatsiya raqami |
M.Oʻ. Fermer xoʻjaligi boshligʻining F.I.O. imzosi ____________ |
M.Oʻ. imzo, lavozimi, F.I.O. imzo ___________ |
Tuman fermerlar kengashining fermer xoʻjaliklarining shartnomaviy-huquqiy munosabatlari boʻyicha bosh mutaxassisi
Mutaxassisning F.I.O.(imzo)____________________
Yuridik shaxslar oʻrtasidagi munosabatlar shartnomaga asosan tartibga solinishi, kelgusida ular oʻrtasida nizolar kelib chiqmasligiga, taraflar zimmasiga yuklatilgan majburiyatlar belgilangan muddatlarda va lozim darajada bajarilishiga olib keladi.
Yuridik shaxslar oʻrtasidagi munosabatlarning aksariyati moddiy resurslarni yetkazib berish, ularni qabul qilish va qiymatini toʻlashga oid boʻladi.
Shu sababli mazkur shartnoma namunasi tayyorlangan boʻlib, namunadagi soʻrovnomalarni aniq, ravon va turlicha talqin qilinmaydigan soʻzlardan foydalangan holda toʻldirilishi, kelgusida nizolar kelib chiqishining oldini oladi.