O‘z-o‘ziga huquqiy xizmat ko‘rsatish “Legal Tech” tizimi

Mahsulotni yetkazib berish toʻgʻrisida shartnoma (2)

Hujjat tavsifi
Shartnoma rekvizitlari
  • (tuman (shahar) koʻrsatiladi)
Tomonlar toʻgʻrisida maʼlumotlar
Shartnoma predmeti
  • (harf bilan yoziladi)
  • (kilogrammda koʻrsatiladi)
  • (xarf va soʻz bilan yoziladi)
  • (harf va soʻz bilan yoziladi)
Tomonlar rekvizitlari

Yuklab oling

MAHSULOT YETKAZIB BERISH SHARTNOMASI

 

Shartnoma tuzilgan sana Shartnoma tuzilgan hudud

 

Keyingi oʻrinlarda “Tovar yetkazib beruvchi-sotuvchi” deb ataladigan Sotuvchi korxonaning nomi va shaklining masʼul xodimi Sotuvchi korxonaning maʼsul xodimining F.I.O. orqali bir tomondan, keyingi oʻrinlarda “Sotib oluvchi” deb ataladigan Sotib oluvchi korxonaning nomi va shakli ikkinchi tomondan quyidagilar toʻgʻrisida ushbu shartnomani tuzdilar:

Shartnoma predmeti

1.1. Shartnomada tovar deb nomlanuvchi Sotuvchi korxonaning nomi va shakli tomonidan Mahsulot ishlab chiqarilgan joy va sanada ishlab chiqarilgan, Qoplar soni Mahsulot nomi qopda, har bir qopi Qop sigʻimi, xajmi kilogramm ogʻirlikda boʻlgan Mahsulot nomi ikkala taraf oʻrtasida tuzilayotgan shartnomaning predmeti hisoblanadi. Shartnoma Shartnoma muddati yil muddatga tuzilgan.

1.2. Mahsulotning yaroqlilik muddati Mahsulotning yaroqlik muddati oy. Yaroqlilik muddati tovar ishlab chiqarilgan kundan boshlab oʻta boshlaydi.

1.3. Bir kilogramm Mahsulot nomining narxi Mahsulotning 1 kg. narhi soʻm. Umumiy narx Mahsulotning umumiy qiymati soʻm.

Bir martalik tovarni yetkazib berish xarajatlari Mahsulotni bir marta yetkazib berish harajati (narxi) soʻm. Umumiy narx Yetkazib berishning umumiy xarajati soʻm.

Tovar haqi shartnoma boʻyicha har bir yetkazilgan tovar va xarajatlar summasi miqdorida toʻlanadi. Tovar yetkazib berilganligi Mahsulotni yetkazib berilganligi toʻgʻrisida tasdiqlovchi hujjat bilan tasdiqlanadi.

1.4. Shartnoma ikki nusxada tuzilgan boʻlib, ularning har biri bir xil kuchga ega.

II.Tovarlarni yetkazib berish tartibi

2.1. Shartnoma boʻyicha tovarlarni yetkazib berish tovarlarni sotib oluvchiga joʻnatish yoʻli bilan joʻnatish raznaryadkasi orqali amalga oshiriladi.

2.2. Joʻnatish raznaryadkasining jadvali shartnomaga ilova qilinadi.

2.3. Tovarlar faqat Sotuvchi korxonaning nomi va shakli qarashli avtomashinada yetkazilishi kerak. Tovarlar qoplarda olib kelinib, qoplar sotuvchiga qaytarilmaydi.

2.4. Tovar yetkazib berishning ayrim davrida uni toʻliq yetkazib bermagan tovar yetkazib beruvchi-sotuvchi yetkazib berilmagan tovarlar miqdorini shartnoma amal qilish muddati doirasidagi keyingi davrda yoki davrlarda toʻldirishi lozim.

2.5. Sotib oluvchi yetkazib berish muddati oʻtkazib yuborilgan tovarlarni qabul qilishni rad etishga haqli emas.

2.6. Sotib oluvchi shartnomaga muvofiq yetkazib berilgan tovarlarning qabul qilinishini taʼminlaydigan barcha zarur harakatlarni amalga oshirishi lozim.

Sotib oluvchi sotib olgan tovarlarni tovarlar yetkazib berilganidan keyin darhol koʻzdan kechirishi, agarda yetkazib berish bilan bogʻliq kamchiliklar aniqlangan taqdirda, tovar yetkazib beruvchi-sotuvchini zudlik bilan yozma ravishda xabardor qilishi lozim.

Shartnoma taraflarining huquq va majburiyatlari

3.1. Sotuvchining huquqlari:

-sotilgan tovar haqini toʻlashni;

-tovarni oʻz vaqtida qabul qilib olishni;

-shartnoma shartlariga toʻliq rioya etishni;

-sotib oluvchi tomonidan oʻziga yetkazilgan zararlarning qoplanishini talab qilish.

Sotib oluvchi qonun hujjatlarida belgilangan asoslarsiz mahsulot yetkazib beruvchi-sotuvchidan tovarni qabul qilib olmagan yoki tovarni rad etgan hollarda mahsulot yetkazib beruvchi-sotuvchi sotib oluvchidan tovar haqini toʻlashni talab qilishga haqli.

3.2. Sotuvchining majburiyatlari:

-tovarni sotib oluvchiga mulk qilib topshirish;

-shartnomada nazarda tutilgan tovarni topshirish;

-shartnomada koʻrsatilgan miqdordagi tovarni topshirish;

-shartnomada koʻrsatilgan sifatdagi tovarni topshirish;

- uchinchi shaxslarning har qanday huquqlaridan holi boʻlgan tovarni topshirish;

- shartnomada nazarda tutilgan tovarni sotib oluvchiga idishda yoki oʻralgan holda topshirish;

-tovarni sotib oluvchiga topshirgunga qadar saqlash.

3.3. Sotib oluvchining huquqlari:

-sotib olayotgan tovarni oʻziga mulk qilib topshirishni;

-shartnomada koʻrsatilgan miqdordagi tovarni topshirishni;

-shartnomada koʻrsatilgan sifatdagi tovarni topshirishni;

-uchinchi shaxslarning huquqlaridan holi boʻlgan tovarni topshirishni talab qilish.

3.4. Sotib oluvchining majburiyatlari:

-sotib olgan tovar haqini oʻz vaqtida toʻlash;

-tovarni oʻz vaqtida qabul qilib olish;

-shartnoma shartlariga toʻliq rioya etish;

-sotuvchiga yetkazilgan zararni qoplash.

Sotib oluvchi shartnomaning tovarlar miqdori, sifati, idishi va oʻralishi toʻgʻrisidagi shartlari buzilganligi haqida sotuvchiga oʻn kun muddat ichida maʼlum qilishi shart.

Shartnoma boʻyicha javobgarlik

4.1. Agar sotib oluvchiga uning talabiga koʻra sotish joyida darhol tovar toʻgʻrisidagi axborotni olish imkoni berilmagan yoxud uning tovarni koʻzdan kechirish, tovarning xossalarini tekshirish yoki tovardan foydalanishni koʻrsatishni talab qilish huquqi taʼminlanmagan boʻlsa, u chakana oldi-sotdi shartnomasini tuzishdan asossiz bosh tortilgani tufayli oʻzi koʻrgan zararni toʻlashni sotuvchidan talab qilishga, agar shartnoma tuzilgan boʻlsa, oqilona muddatda shartnomani bajarishdan bosh tortishga, tovar uchun toʻlangan summani qaytarishni va zararni qoplashni talab qilishga haqli.

Sotib oluvchiga tovar toʻgʻrisida tegishli axborot olish imkonini bermagan sotuvchi tovar sotib oluvchiga topshirilganidan soʻng tovarda paydo boʻlgan kamchiliklar uchun ham, agar sotib oluvchi bu kamchiliklar oʻzida bunday axborot boʻlmagani sababli paydo boʻlganini isbotlasa, javobgar boʻladi.

4.2. Agarda tovar sotib oluvchiga idishsiz va oʻramagan holda yoki tegishli idishga joylamagan va tegishli darajada oʻramagan holda topshirilgan taqdirda, sotib oluvchi sotuvchidan tovarni idishga joylashtirish va oʻrashni yoxud tegishli boʻlmagan idish va oʻrashni almashtirishni talab qilish yoki bu talablarni qoʻyish oʻrniga ushbu shartnomaning 4.3-bandi birinchi qismidagi talablarni qoʻyishga haqli.

4.3. Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining 434-moddasiga koʻra sotib oluvchiga sifati tegishli darajada boʻlmagan tovar sotilganida, agar uning kamchiliklari shartnoma tuzish paytida maʼlum qilinmagan boʻlsa, sotib oluvchi oʻz xohishiga koʻra:

xuddi shu markadagi (modeldagi, artikuldagi) sifati tegishli darajada boʻlgan tovarga almashtirishni;

xarid narxini tegishincha qayta hisoblagan holda boshqa markadagi (modeldagi, artikuldagi) sifati tegishli darajada boʻlgan tovarga almashtirishni;

tovarning kamchiliklarini tekinga bartaraf etishni yoki sotib oluvchi yoxud uchinchi shaxs tomonidan tovarning kamchiliklarini bartaraf etish uchun qilingan xarajatlar qoplanishini;

xarid narxini mutanosib ravishda kamaytirishni;

koʻrilgan zarar oʻrnini qoplagan holda shartnoma bekor qilinishini talab qilish huquqiga ega.

Tovar uchun toʻlangan pul summasini sotib oluvchiga qaytarish vaqtda sotuvchi undan tovardan toʻliq yoki qisman foydalanganligi, tovar koʻrinishi yoʻqolganligi yoki boshqa shunga oʻxshash holatlar tufayli tovar qiymati qancha pasaygan boʻlsa, shuncha summani ushlab qolishga haqli emas.

4.4. Sotuvchi shartnoma boʻyicha majburiyatni bajarmagan taqdirda, zararni qoplash va neustoyka toʻlash sotuvchini majburiyatni asl holida bajarishdan ozod qilmaydi.

4.5. Agarda sotib oluvchi shartnomaning tovarlar miqdori, sifati, idishi va oʻralishi toʻgʻrisidagi shartlari buzilganligi haqida sotuvchiga Mahsulot sifatiga eʼtiroz bildirish muddati kun muddat ichida maʼlum qilmasa, sotuvchi shartlar buzilganligi natijasida kelib chiqadigan oqibatlar uchun javobgar boʻlmaydi.

4.6. Tovarlarni toʻliq yetkazib bermaganlik yoki yetkazib berish muddatlarini kechiktirib yuborganlik uchun neustoyka penya shaklida undiriladi. Bunda penyaning miqdori har bir yetkazib berilmagan yoki yetkazib berish muddatlari buzilgan tovarlar umumiy summasining Shartnoma shartlari buzilganda penya undirish miqdori % miqdorida majburiyat amalda bajarilguniga qadar undiriladi.

4.7. Shartnomani bajarishdan bir tomonlama (toʻliqm yoki qisman) bosh tortishga taraflardan biri shartnomani jidddiy buzgan taqdirda yoʻl qoʻyiladi.

Shartnomani buzish quyidagi hollarda jiddiy deb topiladi:

- tegishli darajada sifatli boʻlmagan, sotib oluvchi uchun maqbul muddatda bartaraf qilib boʻlmaydigan kamchiliklarga ega boʻlgan tovarlarni yetkazib berish;

- tovarlarni yetkazib berish muddatlarini bir necha bor buzish.

4.8. Agar mahsulot yetkazib berish shartnomasini bekor qilish yoki oʻzgartirishning boshqa muddati bildirish xatida nazarda tutilmagan boʻlsa, shartnoma bir taraf boshqa tarafdan shartnomani bajarishdan toʻla yoki qisman bir taraflama bosh tortish toʻgʻrisida bildirish xati olgan paytdan boshlab oʻzgartirilgan yoki bekor qilingan hisoblanadi.

Fors-major holatlar

5.1. Mahsulot yetkazib beruvchi-sotuvchi fors-major holatlar (majburiyatlarni lozim darajada bajarish uchun toʻsqinlik qiluvchi yengib boʻlmas kuch taʼsiri: tovar yetkazilayotgan paytda sodir boʻlgan tasodifiy shikastlanish, sotib oluvchi egaligida suv tegishi natijasida tovarning yomon holatga kelishi va boshqa holatlar) natijasida yuzaga keladigan oqibatlar uchun javobgar boʻlmaydi.

Taraflarning rekvizitlari

Mahsulot yetkazib beruvchi-sotuvchi

Sotuvchi korxonaning maʼsul xodimi F.I.O.

Imzo: ____________

Muhr

Sotib oluvchi

Sotib oluvchi korxonaning maʼsul xodimi F.I.O.

Imzo: _________________

Muhr

Mahsulotni yetkazib berish toʻgʻrisida shartnoma (2)

Mahsulotlarni yetkazib berish shartnomasi tovar oldi-sotdisi boʻyicha tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi subyektlari oʻrtasida amaliyotda eng koʻp qoʻllaniladigan shartnomalardan biridir.

Ushbu shartnoma moddiy neʼmatlarni bir shaxsdan boshqa shaxsga oʻtishini taʼminlaydi. Bu esa oʻz navbatida iqtisodiy munosabatlarni rivojlanishiga olib keladi.

Mahsulot yetkazib berish shartnomasi oldi-sotdi shartnomasining bir turi hisoblanib, shartnomani ayrim hollarda tadbirkorlik yoki savdo oldi-sotdisi deb ataladi.

Foydalanuvchilarga qulaylik yaratish maqsadida mazkur shartnoma namunasi Qonunchilik talablariga muvofiq tayyorlangan boʻlib, xabarnoma soʻrovnomalarni toʻldirish orqali osonlik bilan shakllantiriladi.