O‘z-o‘ziga huquqiy xizmat ko‘rsatish “Legal Tech” tizimi

Maktabgacha taʼlim tashkiloti va ota – ona oʻrtasida tuzilgan shartnoma

Hujjat tavsifi
Shartnoma rekvizitlari
  • (tuman (shahar) koʻrsatiladi)
Tomonlar toʻgʻrisida maʼlumotlar
  • (tuman (shahar) boʻlimi koʻrsatiladi)
Taraflarning huquqlari va majburiyatlari
Toʻlov (xisob-kitob tartibi)
Tashkilotning yuridik manzili va rekvizitlari
Ota-ona toʻgʻrisida maʼlumotllar

Yuklab oling

Maktabgacha taʼlim tashkiloti va ota – ona oʻrtasida tuzilgan

SHARTNOMA

Shartnoma tuzilgan sana Shartnoma raqami-son Shartnoma tuzilgan hudud

Maktabgacha taʼlim boʻlimi maktabgacha taʼlim boʻlimiga qarashli Maktabning raqami-sonli maktabgacha taʼlim tashkiloti (bundan buyon matnda – tashkilot)nomidan ustav asosida faoliyat yurituvchi raxbari Tashkilot rahbarining F.I.O. bir tarafdan va Ota-onaning F.I.O.ning (bundan buyon matnda ota-ona) Bolaning otasi, onasi yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxsning F.I.O. ikkinchi tarafdan birgalikda taraflar deb yuritiladi, mazkur shartnomani kuyidagilar xaqida tuzdilar.

SHARTNOMA PREDMETI

Tashkilot mazkur shartnoma shartlariga asosan tarbiyalanuvchining barcha xuquqlarini taʼminlagan xolda unga sifatli taʼlim – tarbiya berish, sogʻliqni muxofaza qilish va mustaxkamlash, intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlanishi uchun shart – sharoit yaratib berish majburiyatini, ota – onalar esa tarbiyalanuvchini tashkilotga topshirish, tarbiyalanuvchining tashkilotdagi taʼminoti uchun toʻlovni oʻz vaqtida amalga oshirish va tashkilotning ichki tartib - qoidalariga rioya qilish majburiyatini oladi.

TARAFLARNING HUQUQLARI VA MAJBURIYATLARI

Tashkilot quyidagi xuquqlarga ega:

Tashkilot xodimlarining qonuniy xuquq va manfaatlarini, qadr – qimmati va qiziqishlarini ximoya qilish;

Tashkilot ustavida belgilangan tartibda ota – onalarning istaklari, tarbiyalanuvchilarning yosh xususiyatiga koʻra bolani guruxiga taqsimlash;

Tarbiyalanuvchining tashkilotda boʻlishini tasdiqlovchi tibbiy xulosa boʻlmagan taqdirda, uni tashkilotga (vaqtincha) qabul qilmaslik;

Tarbiyalanuvchining tashkilotda boʻlgan davri uchun toʻlanadigan badal toʻlovi xar oyning 15-sanasidan keyin ikki xafta mobaynida uzrli sabablarsiz toʻlanmagan taqdirda, ota – onalar bilan tuzilgan shartnomani tashkilot tomonidan bir tarafdan bekor qilish mumkin;

Shartnoma bekor qilingan xollarda tashkilot bola qatnovini tiklashni yangi qabul qilingan bolalar uchun belgilangan tartibda amalga oshirish;

Tarbiyalanuvchini oilada tarbiyalash boʻyicha tavsiya berish;

Tashkilotda zarur moddiy – texnik baza xamda malakali pedagog xodimlar mavjud boʻlgan taqdirda, asosiy taʼlim – tarbiya jarayoniga xalaqit bermagan xolda pullik taʼlim – tarbiya xizmatlarini koʻrsatish;

Tibbiyot xamshirasi tomonidan tarbiyalanuvchilarni ertalabki filtratsiyadan oʻtkazish jarayonida bolaning kasalligi aniqlangan xollarda tashkilotga qabul qilmaslik;

Bolaning maktabgacha taʼlim tashkilotiga qatnashi vaqtincha yoki butunlay toʻxtatilishi toʻgʻrisida ota – onaning yozma arizasi boʻlmagan xollarda, toʻlovni toʻliq oy uchun xisoblash va umumiy asoslarda undirish;

Bolaning maktabgacha taʼlim tashkilotlarida toʻlov toʻlangan davridan ortiq muddatda boʻlishiga, ushbu oy uchun toʻlovning qolgan qismi toʻlangandan soʻng yoʻl qoʻyiladi.

Tashkilotning majburiyatlari:

Tuman (shaxar) maktabgacha taʼlimi boʻlimi xuzuridagi Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga bolalarni qabul qilish boʻyicha komissiya tarafidan beriladigan yoʻllanma asosida tarbiyalanuvchini qabul qilish;

Tarbiyalanuvchining yoshi, individual, psixologik va jismoniy xuususiyatlari, isteʼdodi xamda qobiliyatini inobatga olgan xolda taʼlim – tarbiya jarayonini nazorat qilish;

Tarbiyalanuvchining xayotini muxofaza qilish, jismoniy xamda psixologik sogʻligini taʼminlash, rivojlanishidagi nuqson (oddiy) va kamchiliklarni bartaraf etish, ijodiy qobiliyatlari xamda qiziqishlarini rivojlantirish, rivojlanish xususiyatlarini inobatga olgan xolda, uning shaxsiga aloxida yondashishni taʼminlash, bola xuquqlari toʻgʻrisidagi Konvensiyaga rioya qilish;

Pedagog axloq – odobiga rioya qilish, bola va ota – onalarning qadr – qimmatini xurmat qilish, bolalarni turli tayziqlardan ximoya qilish, ularni mexnatga, ota – onaga xurmat, atrof – muxitga extiyotkorlik bilan munosabatda boʻlish ruxida tarbiyalash;

Tarbiyalanuvchining tashkilotda boʻlish jarayonida maktabgacha taʼlimga qoʻyiladigan Davlat talablarining toʻlaqonli bajarilishini taʼminlash, Maktabgacha taʼlim vazirligi tarafidan tasdiqlangan va tavsiya etilgan dasturlar asosida maktab taʼlimiga sifatli tayyorlash;

Tarbiyalanuvchilarning rivojlanishi va maktab taʼlimiga tayyorlashga oid bilim, malaka va koʻnikmalarga ega boʻlishlarida ota – onalarga koʻmaklashish;

Ilgʻor xorijiy tajribani xisobga olgan xolda bolalarni xar taraflama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish boʻyicha zarur boʻlgan shart – sharoitlarni yaratish;

Tarbiyalanuvchilarga yuqori professional darajada taʼlim – tarbiya berish orqali maktabgacha taʼlim sifatini oshirish va maktab taʼlimiga sifatli tayyorlash imkoniyatini yaratish;

Tarbiyalanuvchini tashkilotda xodimlarning qoʻpol munosabatlari, bolaning ruxiyatiga salbiy taʼsir koʻsatadigan muammolarning turli koʻrinishlaridan ximoya qilishni taʼminlash;

Pedagog va ota – onalarning bola manfaati yoʻlidagi xamkorlik usullarini ustuvor ravishda qoʻllash;

Tarbiyalanuvchiga tibbiy xizmat koʻrsatishni tashkil etish, davolanuvchi – profilaktik tadbirlar, reja asosida profilaktik emlash, sogʻliqni saqlash organlari bilan xamkorlikda tor mutaxassislar tarafidan tibbiy koʻriklarni oʻz vaqtida oʻtkazish;

Tarbiyalanuvchida oʻqishga intilish xissini oʻrgatish, ularni xalqimizning boy madaniy – tarixiy merosi va umumbashariy qadriyatlari asosida maʼnaviy – axloqiy jixatdan tarbiyalash;

Ota – onalardan bola extiyoji uchun zarur boʻlgan narsalar va boshqa maqsadlarda majburiy tarzda pul yigʻmaslik;

Ota – onalar tomonidan tarbiyalanuvchi tashkilotga vaqtincha qatnamagan kunlari uchun ariza (bildirishnoma, tasdiqlovchi xujjat asli yoki faks, elektron pochta orqali yuborilganda) taqdim etilgan xollarda badal toʻlovlarni xisoblamaslik;

Belgilangan sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari asosida sifatli oziq – ovqat maxsulotlari bilan taʼminlash;

Tarbiyalanuvchiga tegishli boʻlgan narsa va buyumlarni toʻlaligicha saqlash;

Ota – onalar yoki ularning qonuniy vakillaridan tarbiyalanuvchini qabul qilib olish va ularga topshirish;

Ota – onalarni tashkilot ustavi, kun tartibi, taʼlim – tarbiya dasturlari, tashkilotning manzili va telefoni xamda taʼlimni boshqaruv idorasi bilan tanishtirish.

Ota – ona quyidagi xuquqlarga ega:

Tarbiyalanuvchining qonuniy xuquq va qiziqishlarini ximoya qilish;

Tashkilotning ustavi bilan tanishish;

Mavsumiy cheklov (karantin) va xavfsizlik choralari kuchaytirilgan vaqtlardan tashqari vaqtda tashkilotning turli tadbirlarida farzandi bilan birgalikda ishtirok etish (bayram ertaliklari, koʻriklar, koʻngilochar soatlar, yakuniy xamda ochiq mushgʻulotlar va x.k.);

Tashkilotda bolalar bilan olib boriladigan taʼlim – tarbiya ishlarini yaxshilash boʻyicha takliflar kiritish;

Tashkilotda bolalarga taʼlim – tarbiya shakllarini, maktabgacha taʼlim tashkilotida taʼlim berish tilini tanlash;

Tashkilotda bolalarga taʼlim – tarbiya berish uchun zarur shart – sharoitlar yaratishini xamda bolalarning shaxsga nisbatan xurmat bilan munosabatda boʻlish, shartnomada belgilangan shartlar boʻyicha bolaga taʼlim – tarbiya berilishini talab qilish;

Tashkilotning kun tartibi davomida Bolalarni maktabgacha taʼlim tashkilotidan olib ketish boshlanish vaqti soat dan Bolalarni maktabgacha taʼlim tashkilotidan olib ketishning yakuniy vaqti soatgacha boʻlgan davrda yoki oʻziga qulay boʻlgan vaqtda sababi koʻrsatilgan xolda yozma bildirish asosida bolalarni maktabgacha taʼlim tashkilotidan olib ketish;

Tashkilot raxbariyatini Shartnomani muddatidan oldin bekor qilish muddati kun oldin xabardor qilgan xolda shartnomani muddatidan avval bir taraflama bekor qilish.

Ota – onaning majburiyati:

Tashkilot ustavi xamda mazkur shartnoma talablariga qatʼiy rioya qilish;

Pedagoglar bilan kelishmovchiliklar yuzaga kelgan taqdirda, tarbiyalanuvchilarni aralashtirmay turib, zudlik bilan tashkilot raxbariyati bilan muammoni xal qilish;

Tarbiyalanuvchini tashkilotga joylashtirganda, tegishli xujjatlar va ota – onalar xaqidagi maʼlumotlarni (telefon raqami, yashash va ish joyi xaqida maʼlumotnoma) taqdim etish;

Tarbiyalanuvchi kasallangan taqdirda, zudlik bilan tashkilot maʼmuriyati yoki tibbiy xodimlariga xabar berish va tarbiyalanuvchi sogʻaygandan soʻng, tibbiy maʼlumotnomani taqdim etish;

Tarbiyalanuvchining tashkilotdagi taʼminoti uchun ota – onalar toʻlovini oʻz vaqtida tijorat banklari orqali naqd pul yoki naqd pulsiz (bank plastik kartochkalari orqali va pul oʻtkazish yoʻli bilan) shaklda toʻlash xamda toʻlovning amalga oshirilganligini tasdiqlovchi xujjat nusxasini tashkilotga taqdim etish;

Oyning Xar oylik toʻlov sanasi – sanasidan keyin tashkilotga kelgan tarbiyalanuvchining taʼminoti uchun toʻlovni u kelgan kundan boshlab Xar oylik toʻlovini amalga oshirish muddati kun ichida toʻlash;

Tarbiyalanuvchi vaqtincha qatnamagan kunlari uchun tashkilot raxbariyatiga ariza (bildirishnoma, tasdiqlovchi xujjat asli yoki faks, elektron pochta orqali yuborish);

Tashkilot ishchi xodimlari va boshqa ota – onalarni xurmat qilish;

Tarbiyalanuvchini toʻlaqonli ovqatlanishini, ularda shaxsiy gigiyena koʻnikmalarni shakllantirilishini qatʼiy kuzatib borish xamda tarbiyalanuvchini tashkilotga ozoda kiyingan xolda olib kelish;

Tarbiyalanuvchining tugʻilgan kuni va tadbirlarni nishonlash uchun uy sharoitida tayyorlangan oziq – ovqat maxsulotlari xamda pishiriqlarni tashkilotga olib kirmaslik;

Tashkilotga bolani xar qanday qimmatbaxo taqinchoqlar, uyali aloqa vositalari va boshqa texnika vositalari bilan olib kelmaslik;

Yashash joyi yoki telefon raqami oʻzgargan taqdirda, tashkilot raxbariyati va gurux tarbiyachisiga bu xaqda xabar berish;

Bolani oilada tarbiyalash uchun zarur shart – sharoitlarni taʼminlash;

Bolani tashkilotdan olib ketishni begona shaxslarga topshirmaslik;

Ertalabdan bolada kasallik xolatlari kuzatilgan taqdirda, mauassasaga olib bormasdan shifokor koʻrigidan oʻtkazish;

Ota – onaning oldindan bergan yozma arizasiga asosan, bolaning maktabgacha taʼlim tashkilotiga qatnashi butunlay toʻxtatilgan taqdirda, toʻlov toʻliq boʻlmagan oy uchun, yaʼni bola amalda maktabgacha taʼlim tashkilotiga qatnagan kunlar uchun toʻlanadi.

TOʻLOV (XISOB - KITOB) TARTIBI

Maktabgacha taʼlim tashkilotlaridagi bolalar taʼminoti uchun toʻlanadigan tushumlar nazarda tutilgan boshqa byudjet mablagʻlari bilan birga maqsadli tartibda tarbiyalanuvchilarni oziq – ovqat bilan taʼminlashni xamda tashkilotning moddiy texnik bazasini yaxshilashga, avvalombor, sanitariya – gigiyena vositalari va yumshoq invertarlar xarid qilishga maqsadli tartibda yoʻnaltiriladi.

Bunda tashkilotning moddiy – texnika bazasini yaxshilashga yoʻnaltiriladigan mablagʻlari miqdori jaʼmi yil davomida ota – onalar toʻlovidan tushgan mablagʻlarning Foiz koʻrsatiladi foizidan oshmasligi lozim.

Maktabga taʼlim muassasi koʻrsatiladi tarbiyalanuvchining tashkilotda boʻlgan davri uchun bir oylik badal toʻlovi oiladan bir nafar bola qatnagan xolda Bir oylik badal miqdori soʻm;

Ikki (2) yoki undan ortiq bolalar qatnagan xollarda Ikki yoki undan ortiq bolalar boʻlsa badal miqdori soʻm belgilangan tartibda toʻlanadi.

Tashkilotdagi bolalar taʼminoti uchun toʻlanadigan mablagʻ miqdorlari qonun xujjatlariga muvofiq oʻzgarmagan taqdirda bu xaqda tashkilot maʼmuriyati tarafidan ota – onalarga yozma ravishda maʼlum qilinadi xamda qoʻshimcha kelishuv shartnomasi tuziladi.

Tarbiyalanuvchining tashkilotdagi taʼminoti uchun toʻlovni - joriy oyning Xar oylik toʻlovining yakuniy sanasi sanasidan kechiktirmasdan amalga oshirilishini talab qilish lozim.

Tarbiyalanuvchining tashkilotga uzrli sabablarga koʻra yaʼni, ketma ket Bola MTMga kelmagan kunlar soni kundan ortiq kasalligi yoki oila aʼzolarining kasalligi (karantin), ota – onasining mexnat yoki boshqa taʼtilda boʻlganligi sababli kelmagan kunlariga toʻlovni qayta xisoblash faqatgina yuqoridagi xolatlarni tasdiqlovchi xujjat asosida amalga oshiriladi.

Ota – onalardan birining ishdan (oʻqishdan) boʻsh vaqti davrida yoki boshqa sabablarga koʻra bola maktabgacha taʼlim tashkilotiga kelmasligiga ota – onalardan birining sababi koʻrsatilgan xolda maktabgacha taʼlim tashkiloti raxbariyati nomiga oldindan yozgan arizasi (birldirishnomasi) asos boʻlib xisoblanadi. Bunda bolaning bir yilda koʻpi bilan MTMga kelmagan kelmagan kunlarning bir yillik maksimal soni kundan ortiq muddatgacha maktabgacha taʼlim tashkilotiga kelmasligiga ruxsat beriladi.

Tarbiyalanuvchi sababsiz uyda qolgan xolatlarda ota – ona tarafidan toʻlovlar umumiy asoslarda toʻlanadi.

Tarbiyalanuvchining tashkilotdagi taʼminoti uchun toʻlovlar oyning Toʻlov kunidan boshlab xisoblanish sanasi sanasidan boshlab Toʻlov amalga oshirilmagan taqdirda MTMdan chetlatirish muddati xafta mobaynida uzrli sabablarsiz toʻlanmagan taqdirda, shartnoma bekor qilinib, tarbiyalanuvchi tashkilotdan chetlashtiriladi.

Kreditor qarzdorlik paydo boʻlgan sanadan Qarzdorlikni bartaraf etish uchun ruxsat beriladigan muddat kalendar kuni mobaynida tashkilotdagi bola taʼminoti uchun mavjud boʻlgan qarzdorlik qoplanganda tarbiyalanuvchi ushbu tashkilotga tiklanadi. Koʻrsatilgan muddatdan oʻtib ketgan taqdirda tashkilotga bolani qabul qilish umumiy asoslarda amalga oshiriladi.

TARAFLARNING JAVOBGARLIGI

Taraflar ushbu shartnoma shartlarini bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagan xolatlarda, ular Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun xujjatlariga muvofiq javobgar boʻladilar.

SHARTNOMANI OʻZGARTIRISH VA BEKOR QILISH

Taraflar shartnomani oʻzgartirish va bekor qilishni mazkur shartnomada nazarda tutilgan xollarda xamda amaldagi qonunchilik asosida amalga oshirishi mumkin.

Mazkur shartnomani oʻzgartirish va bekor qilishga qaror qilgan taraf, bu xaqda qonunda belgilangan tartibda va muddatlarda ikkinchi tarafga yozma bildirishnoma yuborishi shart.

Shartnoma bajarilishini bir taraflama rad etishga yoki shartnoma shartlarini bir taraflama oʻzgartirishga faqat qonun xujjatlariga asosan yoʻl qoʻyiladi.

NIZOLARNI XAL QILISH TARTIBI

Mazkur shartnoma bir xil yuridik kuchga ega boʻlgan ikki nusxada tuzilib, taraflar tomonidan imzolangan vaqtidan boshlab, kuchga kirgan xisoblanadi.

Mazkur shartnomaga kiritilgan barcha koʻshimcha va oʻzgartirishlar yozma ravishda tuzilib, taraflar imzolagan taqdirda xaqiqiy xisoblanadi.

Ushbu shartnoma boʻyicha nizolar kelib chiqqan taqdirda, taraflar, qoidaga koʻra, ularni sudgacha xal etish choralarini koʻradilar.

Taraflar oʻrtasida oʻzaro xal qilinadigan nizolar qonunchilikda oʻrnatilgan sud tartibida xal qilinadi.

Mazkur shartnomada koʻzda tutilgan xolatlar amaldagi qonunchilik tartibida xal etiladi.

FORS-MAJOR XOLATLARI

Taraflar shartnomasi fors – major xolatlari, yaʼni yengib boʻlmaydigan kuch, favqulotda va muayyan sharoitlarda oldini olib boʻlmaydigan vaziyatlar (zilzila, qoʻrgʻoqchilik, suv toshqini, yongʻin, sel, doʻl, jala va boshqa tabiiy ofatlar) tufayli majburiyatlarni bajarmagan yoki lozim darajada bajarmaganligini isbotlansa, javobgar boʻlmaydilar.

Sodir boʻlgan fors – major xolatlari toʻgʻrisida taraflar bir – birlarini ushbu xolatlar yuz bergan xolda zudlik bilan yozma yoki ogʻzaki tartibda xabardor qilishlari shart.

Mazkur shartnoma boʻyicha majburiyatlarni bajarish muddati yengib boʻlmaydigan kuch xolatlarini davomiyligini xisobga olib, shartnomani amal qilish muddatini uzaytirishlari mumkin.

YAKUNIY QOIDALAR

Mazkur shartnoma imzolangan kundan boshlab kuchga kiradi va Shartnomani amal qilish muddati kuniga qadar amal qiladi.

Mazkur shartnoma ikki nusxada tuziladi, ikkala nusxa xam bir xil yuridik kuchga ega, tashkilot xamda ota – onalarda bir nusxadan saqlanadi.

TARAFLARNING YURIDIK MANZILLARI VA REKVIZITLARI

Tashkilot

Tashkilotning yuridik manzili

Tashkilotning bank rekvizitlari

Tashkilotning STIR raqami

Tashkilotning KTUT raqami

Ota-ona

Ota-ona yashash manzili

Ota-ona pasport maʼlumotlari

_________________

(Imzo)

Maktabgacha taʼlim tashkiloti va ota – ona oʻrtasida tuzilgan shartnoma

Maktabgacha taʼlim uzluksiz taʼlim tizimining dastlabki va muhim bosqichi boʻlib, taʼlim va tarbiyaning poydevori hisoblanadi.

Qonunchilikka oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi natijasida nodavlat maktabgacha taʼlim muassasalari faoliyatiga keng yoʻl ochildi.

Maktabgacha taʼlim ishlari muassasa va ota-ona oʻrtasida shartnoma asosida tartibga solinishi taʼlim va tarbiya jarayoni yanada samarali boʻlishi, voyaga yetmaganlar intellektual, axloqiy va jismoniy jihatdan rivojlanishiga xizmat qiladi.

Tomonlar shartnoma namunasidagi soʻrovnomalarni aniq, ravon va turlicha talqin qilinmaydigan soʻzlardan foydalangan holda toʻldirishlari, kelgusida nizolar kelib chiqishining oldini oladi.