O‘z-o‘ziga huquqiy xizmat ko‘rsatish “Legal Tech” tizimi

Kontraktatsiya shartnomasi (2)

Hujjat tavsifi
Shartnoma rekvizitlari
Tomonlar toʻgʻrisida maʼlumotlar
  • (ustav, qaror v.h. koʻrsatiladi)
Tomonlarning huquq va majburiyatlari
Bahosi va hisob-kitob tartibi
  • (narxi bir tonnasi uchun)
  • (raqam va soʻz bilan yoziladi)
  • (olinganligi tasdiqlanadigan telegramma, faks va ho tashlanadi)
Tomonlarning manzili va bank rekvizitlari

Yuklab oling

Namunaviy kontraktatsiya shartnomasi

 

Shartnoma tuzilgan hudud Shartnoma raqami Shartnoma tuzilgan sana

 

Fermer xoʻjaligi faoliyatini belgilovchi hujjat asosida ish koʻruvchi, keyinchalik “Xoʻjalik” deb yuritiluvchi Fermer xoʻjaligi nomi nomidan fermer xoʻjaligi boshligʻi Fermer xoʻjaligi rahbarining F.I.O. bir tomondan, va Tayyorlovchi faoliyatini belgilovchi hujjat asosida ish koʻruvchi, keyinchalik “Tayyorlovchi” deb yuritiluvchi Tayyorlovchi tashkilotning nomi nomidan ish koʻruvchi Xodimning lavozimi va F.I.O. ikkinchi tomondan mazkur shartnomani quyidagilar toʻgʻrisida tuzdilar:

I. Shartnoma mavzusi

1.1. “Xoʻjalik” mazkur shartnomaning 1.2-bandida koʻrsatilgan oʻzi yetishtirgan qishloq xoʻjaligi mahsulotini (keyingi oʻrinlarda “Mahsulot” deb yuritiladi) “Tayyorlovchi”ga qayta ishlash yoki sotish uchun berish, “Tayyorlovchi” esa ushbu “Mahsulot”ni kelishilgan muddatlarda muayyan narx boʻyicha haqini toʻlab xarid qilish majburiyatini oʻz zimmasiga oladi.

1.2. Quyidagi qishloq xoʻjaligi mahsuloti mazkur shartnoma mavzusi hisoblanadi:

Mahsulotning turi, navi, tipi, klassi, hajmi

II. Tomonlarning huquq va majburiyatlari

2.1. “Xoʻjalik”ning huquqlari:

shartnomada nazarda tutilgan hollarda “Tayyorlovchi”dan urugʻlik va ekish materiallari bilan taʼminlashni talab qilish;

“Mahsulot”ni topshirishda, uning sifatini aniqlashda hozir boʻlish va “Tayyorlovchi”dan unga tegishli haq toʻlanishidan talab qilish;

“Tayyorlovchi”dan “Mahsulot” yetishtirish uchun mazkur shartnomada belgilangan muddatlarda va summada avans toʻlanishini talab qilish;

“Tayyorlovchi”dan shartnomani bajarish uchun zarur boʻlgan amaldagi texnik reglamentlar yoki standartlar bilan taʼminlashni talab qilish;

“Tayyorlovchi”dan “Mahsulot” xoʻjalik hisobidan transportda tashilganda transport xarajatlarini qoplashni talab qilish;

“Tayyorlovchi”dan shartnoma shartlari bajarilmasligi yoki zarur darajada bajarilmasligi natijasida yetkazilgan zarar qoplanishini talab qilish.

2.2. “Xoʻjalik”ning majburiyatlari:

“Tayyorlovchiga” Mahsulotni yetkazib berish muddatidan kechikmay tegishli sifatga ega boʻlgan hajmda va assortimentda “Mahsulot”ning muayyan turlarini yetkazib berish;

ilova qilinadigan hujjatlarni zarur tarzda rasmiylashtirish va “Mahsulot”ni topshirishda talab qilinadigan boshqa talablarga (oʻrash, qadoqlash va boshqalar) rioya qilish;

“Mahsulot”ni “Tayyorlovchi”ga topshirish uchun oʻz vaqtida tayyorlash;

“Mahsulot”ni mazkur shartnomada nazarda tutilgan muddatlarda topshirish muddatlariga rioya qilish imkoni boʻlmagan taqdirda, bu haqda “Tayyorlovchi”ga “Mahsulot”ni topshirish muddati boshlanishidan Majburiyat bajarilmagan taqdirda oldindan ogohlantirish muddati kundan kechikmay maʼlum qilish.

2.3. “Tayyorlovchi”ning huquqlari:

“Mahsulot”ning muayyan turlari shartnomada belgilangan tegishli sifat va muddatlarda, hajmlar va assortimentda hamda tomonlar kelishgan jadvalga muvofiq oʻz vaqtida topshirilishini talab qilish;

tuzilgan shartnomaga muvofiq topshirilayotgan “Mahsulot” hisobiga ilgari berilgan avans mablagʻlari qoplanishini “Xoʻjalik”dan talab qilish.

2.4. “Tayyorlovchi”ning majburiyatlari:

“Xoʻjalik”ka avans mablagʻlarini mazkur shartnomada belgilangan muddatlar va hajmlarda toʻlash;

amaldagi texnik reglamentlar yoki standartlar talablariga muvofiq xarid qilinadigan

“Mahsulot” ogʻirligi va sifatini aniqlash;

“Xoʻjalik” tomonidan yetkazib beriladigan “Mahsulot”ni mazkur shartnomada nazarda tutilgan miqdorda va muddatlarda xarid qilish;

“Mahsulot”ning haqini mazkur shartnomada koʻrsatilgan narx boʻyicha “Mahsulot” olingan paytdan boshlab Mahsulotga haq toʻlash muddati kun mobaynida toʻlash;

shartnomada nazarda tutilgan hollarda “Xoʻjalik” tasarrufida qoladigan “Mahsulot”ni texnik reglamentlar yoki standartlar talablariga muvofiq saqlash va uning holati toʻgʻrisida “Xoʻjalik”ka muntazam ravishda maʼlum qilish;

“Xoʻjalik” tasarrufida qoladigan mahsulotning sifati yomonlashishi oqibatida “Xoʻjalik”ka yetkazilgan zararni qoplash;

mazkur shartnomaga muvofiq “Mahsulot”ning tashilishini, tomonlar kelishgan jadvalda nazarda tutilgan muddatlarda “Tayyorlovchi” joylashgan joy boʻyicha yoki u tomonidan koʻrsatilgan boshqa joyda qabul qilib olinishini taʼminlash;

“Mahsulot”ni saqlashda, tayyorlashda, transportda tashishda, unga birlamchi ishlov berishda uning kamomadining oldini olish;

amaldagi texnik reglamentlarga yoki standartlarga muvofiq “Mahsulot”ni qayta ishlash, sotuvga tayyorlash va uni sotishga tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish;

shartnomalarga muvofiq “Xoʻjalik”ni idish, oʻrab-joylash materiallari va normativ texnik hujjatlar (mahsulotning ayrim turlarini xarid qilish, qabul qilish, sifatini baholashni tartibga soluvchi texnik reglamentlar yoki standartlar, qoidalar) bilan taʼminlash;

Tayyorlovchi tomonidan buyurtmani yetkazishning oxirgi muddati dan kechikmay yoki ushbu davr mobaynida “Xoʻjalik”ning buyurtmanomasida koʻrsatilgan muddatlarda va hajmda, unga ushbu materiallarni yetkazib berishning moʻljallanayotgan sanasidan kamida besh kun oldin beriladigan ______navli, tipdagi, klassli, kg. urugʻlik va ekish materiallari bilan “Xoʻjalik”ni taʼminlash. Buyurtmanoma chopar orqali qabul qilinganda “Tayyorlovchi”ning xodimi sanani koʻrsatgan holda u qabul qilinganligi toʻgʻrisida belgi qoʻyadi. “Xoʻjalik” oldin berilgan buyurtmanomani bekor qilishga yoxud urugʻlik va ekish materiallari yetkazib berish sanasini oʻzgartirishga haqlidir, bu haqda “Tayyorlovchi”ga buyurtmanomada koʻrsatilgan sanadan kamida bir kun oldin maʼlum qiladi.

3.1. “Mahsulot”ning bahosi Mahsulotning bahosi 1 (bir) tonnasi uchun soʻmni tashkil etadi.

3.1. “Mahsulot”ning bahosi Mahsulotning bahosi 1 (bir) tonnasi uchun soʻmni tashkil etadi.

Mazkur shartnoma boʻyicha umumiy summa Shartnomaning umumiy qiymati soʻmni tashkiletadi.

3.2. “Xoʻjalik” urugʻlik va ekish materiallarini avans hisobida yoki bevosita sotib olish yoʻli bilan oladi (zarur boʻlmagani oʻchirib tashlanadi).

“Xoʻjalik” taʼminlanadigan urugʻlik va ekish materiallari narxi 1 (bir) kg uchun 1kg ekin materillarini narxi soʻmni tashkil etadi. Urugʻlik va ekish materiallarining umumiy summasi Urugʻlik va ekish materiallarining umumiy summasi soʻmni tashkil etadi.

3.3. “Tayyorlovchi” “Xoʻjalik”ka avans mablagʻlarini “Mahsulot” qiymatining kamida 50 foizi miqdorida (urugʻlik va ekish materiallari avans hisobiga olinganda ularning qiymati avans mablagʻlar summasiga kiritiladi) quyidagi hajmlar va muddatlarda toʻlaydi:

shartnoma summasining kamida Birinchi yil (oy,davr) uchun foiz miqdori foizi

Birinchi yil (oy, davr) koʻrsatiladida

shartnoma summasining kamida Ikkinchi yil (oy, davr) uchun foiz miqdori foizi

Ikkinchi yil (oy, davr) koʻrsatiladida

shartnoma summasining kamida Uchinchi yil (oy, davr) uchun foiz miqdori foiz miqdori foizi

Uchinchi yil (oy, davr) koʻrsatiladida;

3.4. Yetishtirilgan “Mahsulot” uchun Hisob-kitob shakli yoʻli bilan Muddat koʻrsatiladi paytdan boshlab naqd pulsiz tarzida mobaynida hisob-kitob qilinadi.

3.5. “Tayyorlovchi” toʻlov amalga oshirilganligi toʻgʻrisida Toʻlov amalga oshirilgan sana paytdan boshlab Toʻlov amalga oshirilgan vaqt yoʻli bilan Toʻlov amalga oshirilganligi haqida xabar berish muddati muddatda Xabardor qilinadigan tomon “Xoʻjalik”ni xabardor qilishi shart.

3.6. “Mahsulot”ni transportda tashish va tushirish boʻyicha barcha xarajatlarni “Tayyorlovchi” koʻtaradi.

“Mahsulot” “Xoʻjalik”ning transporti bilan yetkazib berilgan taqdirda “Tayyorlovchi” transportda tashish xarajatlarini unga qoplaydi (idishni ham oʻz ichiga olgan holda amaldagi massa boʻyicha).

IV. Mahsulot beriladigan joy

4.1. Mahsulot beriladigan joy koʻrsatiladi “Mahsulot” beriladigan joy hisoblanadi.

V. Tomonlarning javobgarligi

5.1. “Mahsulot” mazkur shartnomada belgilangan assortimentda va turlar boʻyicha, muddatlarda qabul qilinishi rad etilishining har bir holati uchun “Tayyorlovchi” “Xoʻjalik”ka belgilangan ustamalar toʻlanishi hisobga olinmagan holda amalda shakllangan oʻrtacha narxdan kelib chiqib qabul qilinmagan “Mahsulot” qiymatining 25 foizi miqdorida, tez buziladigan “Mahsulot”lar boʻyicha esa – toʻliq qiymati miqdorida jarima toʻlaydi. Bundan tashqari, “Mahsulot”ni qabul qilish rad etilganligi natijasida “Xoʻjalik” tomonidan koʻrilgan, jarima bilan qoplanmagan zararlarni qoplaydi.

5.2. Shartnomada belgilangan miqdorda va assortimentda, turlar boʻyicha muddatlarda “Mahsulot” topshirilishi asossiz bosh tortilganligi uchun “Xoʻjalik” “Tayyorlovchi”ga topshirilmagan mahsulot qiymatining 25 foizi miqdorida jarima toʻlaydi. Jarima xarid narxiga belgilangan ustamalar toʻlanishi hisobga olinmagan holda oʻtgan davrda (oy, yil choragi, yil) “Mahsulot”ning amalda shakllangan oʻrtacha narxidan kelib chiqib hisoblanadi. Bundan tashqari, “Mahsulot” toʻliq yetkazib berilmaganligi natijasida paydo boʻlgan jarima bilan qoplanmagan zarar qoplanadi.

5.3. Mazkur shartnomaga muvofiq topshirilgan (yuklab joʻnatilgan) “Mahsulot” haqini toʻlashdan asossiz boʻyin tovlanganligi uchun (“Xoʻjalik”ka berilishi kerak boʻlgan summa, shu jumladan belgilangan ustamalar oʻz vaqtida oʻtkazilmasligi, hisob-kitobning aksept shaklida esa – toʻlov hujjati akseptidan asossiz toʻliq yoki qisman rad etilganligi uchun), “Tayyorlovchi” “Xoʻjalik”ka olinmagan summani, oʻzi toʻlashdan boʻyin tovlagan summaning 15 foizi miqdorida jarima toʻlaydi. Jarimadan tashqari “Tayyorlovchi” “Xoʻjalik”ka muddati oʻtkazib yuborilgan har bir kun uchun muddati oʻtkazib yuborilgan toʻlov summasining 0,4 foizi miqdorida, biroq muddati oʻtkazib yuborilgan toʻlov summasining 50 foizidan ortiq boʻlmagan miqdorda penya toʻlaydi.

5.4. Tovar-transport hujjatini rasmiylashtirish rad etilganligi yoki notoʻgʻri rasmiylashtirilganligi uchun aybdor tomon boshqa tomonga har bir tovar-transport hujjati uchun bir eng kam oylik ish haqi miqdorida jarima toʻlaydi.

Yuklab joʻnatilgan “Mahsulot”ga toʻlov yoki tovar-transport hujjati nusxasi belgilangan muddatda yuborilmaganligi yoki yuklab joʻnatish toʻgʻrisida boshqa maʼlumot taqdim etilmaganligi uchun aybdor tomon har bir bunday holat uchun yetkazib berilayotgan “Mahsulot” qiymatining 1 foizi miqdorida jarima toʻlaydi.

5.5. “Xoʻjalik” mazkur shartnomada belgilangan miqdorda va muddatlarda texnik reglamentlar yoki standartlar talablariga javob beradigan idish va oʻrab-joylash materiallari bilan taʼminlanmaganligi uchun “Tayyorlovchi” “Xoʻjalik”ka “Mahsulot” yetkazib berish paytda amalda boʻlgan idish, oʻrab-joylash materiallari qiymatining ikki baravari miqdorida jarima toʻlaydi. Agar “Tayyorlovchi”ning “Xoʻjalik”ni idish bilan taʼminlanmaganligi “Mahsulot” sifatining pasayishiga yoki buzilishiga olib kelsa, “Tayyorlovchi” “Xoʻjalik”ka jarima bilan qoplanmagan qism boʻyicha zararlarni qoplaydi. Bunda “Xoʻjalik” sifatsiz “Mahsulot” yetkazib berilganligi uchun javobgarlikdan ozod qilinadi.

5.6. “Tayyorlovchi” tomonidan “Mahsulot”ning miqdori notoʻgʻri aniqlangan, uning qiymati notoʻgʻri belgilangan va undirilgan hollar aniqlangan taqdirda “Tayyorlovchi” “Mahsulot”ning sifatini, shuningdek uning miqdorini va, undan tashqari hisoblab chiqilgan summani hisobga olgan holda qayta hisob-kitob qiladi, “Xoʻjalik”ka notoʻgʻri hisoblab chiqilgan summaning 20 foizi miqdorida jarima toʻlaydi.

5.7. “Xoʻjalik” tomonidan mazkur shartnoma bajarmaganligi yoki zarur darajada bajarmaganligi uchun “Xoʻjalik”ni javobgarlikka tortishda shuningdek ularning xatti-harakatlari (harakatsizligi) “Xoʻjalik” tomonidan mazkur shartnoma boʻyicha shartnoma majburiyatlari bajarilmasligiga (zarur tarzda bajarilmasligiga) olib kelgan xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlarning javobgarligi ham koʻrib chiqiladi.

Xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlarning aybi bilan mazkur shartnomaning “Xoʻjalik” tomonidan bajarilmasligi (zarur tarzda bajarilmasligi) natijasida yetkazilgan zarar belgilangan tartibda ushbu tashkilotlar tomonidan qoplanadi.

5.8. Mazkur shartnomada nazarda tutilmagan tomonlarning javobgarligi chora-tadbirlari fuqarolik qonunchiligi normalariga muvofiq qoʻllaniladi.

VI. Nizolarni hal etish tartibi

6.1. Kelishmovchiliklar va nizoli masalalar kelib chiqqan taqdirda, tomonlar, qoidaga koʻra, mustaqil ravishda yoxud tuman qishloq xoʻjaligi boʻlimi ishtirokida ularni sudgacha hal etish choralarini koʻradilar.

Tuman qishloq xoʻjaligi boʻlimi nizoni koʻrib chiqishda qatnashishda mahsulotning sifati pasayishi yoki buzilishi hollari boʻyicha xulosa berishi, shuningdek tabiiy ofatlar va boshqa noqulay shart-sharoitlar oqibatida yoxud “Tayyorlovchi”ning aybi bilan shartnoma boʻyicha majburiyatlar bajarilmaganligi uchun “Xoʻjalik”ni javobgarlikdan ozod qilish uchun xulosa berishi mumkin.

6.2. Tomonlar kelishmovchiliklar va nizolarni hal etish uchun bevosita sudga murojaat qilishga haqlidir.

VII. Shartnomaning amal qilishi

7.1. Mazkur shartnoma mazkur shartnomaning 8.4-bandiga muvofiq roʻyxatdan oʻtkazilgan kundan boshlab amalga kiradi va tomonlar ushbu shartnoma boʻyicha oʻz majburiyatlarini bajargunga qadar amal qiladi.

7.2. Tomonlar oʻrtasidagi munosabatlar ular tomonidan mazkur shartnomaning barcha shartlari bajarilgan va hisob-kitob toʻliq tugallangan taqdirda toʻxtatiladi.

VIII. Yakuniy qoidalar

8.1. Mazkur shartnoma tomonlarning kelishuviga koʻra yoki boshqa tomon shartnoma shartlarini jiddiy ravishda buzgan taqdirda, tomonlardan birining talabi boʻyicha sud tartibida bekor qilinishi mumkin.

8.2. Mazkur shartnomaga har qanday oʻzgartirish va qoʻshimchalar ular yozma shaklda sodir etilishi va tomonlarning bunga zarur darajada vakil qilingan vakillari tomonidan imzolanishi sharti bilan haqiqiy hisoblanadi.

8.3. Mazkur shartnoma tomonlarning har biri va qishloq xoʻjaligi boʻlimi uchun bir nusxadan uch nusxada tuziladi. Shartnomaning barcha nusxalari teng yuridik kuchga egadir.

8.4. Mazkur shartnoma, unga oʻzgartirishlar (qoʻshimchalar) “Xoʻjalik” joylashgan joy boʻyicha tuman qishloq xoʻjaligi boʻlimida roʻyxatdan oʻtkazilgandan keyin bajarilishi kerak.

IX. Tomonlarning manzili va bank rekvizitlari:

“XOʻJALIK”

Fermer xoʻjalik nomi

Soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami Fermer xoʻjalikni STIR raqami

Fermer xoʻjaligi boshligʻining F.I.O.

M.Oʻ. imzo ____________________

“TAYYORLOVCHI”

Tayyorlovchining nomi

Soliq toʻlovchining identifikatsiya

Raqami Tayyorlovchining STIR raqami

Tayyorlovchining lavozimi F.I.O.

M.Oʻ. imzo_____________________

Tuman fermerlar kengashining fermer xoʻjaliklarining shartnomaviy-huquqiy munosabatlari boʻyicha bosh mutaxassisi

Fermer xoʻjaligi boshligʻining F.I.O.

__________________

(F.I.O.)

(imzo)

Kontraktatsiya shartnomasi (2)