O‘z-o‘ziga huquqiy xizmat ko‘rsatish “Legal Tech” tizimi

Kontraktatsiya shartnomasi

Hujjat tavsifi
Umumiy
  • (raqam bilan yoziladi)
Shartnoma rekvizitlari
  • (soʻz bilan yoziladi)
  • (tuman (shahar) koʻrsatiladi)
Tomonlar toʻgʻrisida maʼlumotlar
  • (ustav, nizom v.h. koʻrsatiladi)
  • (ustav, nizom v.h. koʻrsatiladi)
Taraflarning majburiyatlari
  • (raqam bilan yoziladi)
  • (raqam bilan yoziladi)
  • (kilogramm bilan yoziladi)
  • (kilogramm bilan yoziladi)
  • (raqam bilan yoziladi)
  • (raqam bilan yoziladi)
  • (raqam hamda qavs ichida soʻz bilan yoziladi)
  • (raqam hamda qavs ichida soʻz bilan yoziladi)
  • (raqam hamda qavs ichida soʻz bilan yoziladi)
  • (raqam hamda qavs ichida soʻz bilan yoziladi)
  • (raqam hamda qavs ichida soʻz bilan yoziladi)
  • (raqam hamda qavs ichida soʻz bilan yoziladi)
  • (raqam hamda qavs ichida soʻz bilan yoziladi)
  • (raqam bilan yoziladi)
  • (viloyat, tuman (shahar) koʻrsatiladi)
Yetishtiruvchining rekvizitlari
Tayyorlovchining rekvizitlari

Yuklab oling

KONTRAKTATSIYA SHARTNOMASI

 

Shartnoma tuzilgan sana Shartnoma tuzilgan hudud

Keyingi oʻrinlarda “Yetishtiruvchi” deb Qishloq xoʻjalik mahsulotlarini yetishtiruvchi subyektning nomi Yetishtiruvchi korxonanning faoliyatini belgilovchi hujjat turi asosida harakat qiluvchi Xodimning lavozimi va F.I.O. orqali bir tomondan, keyingi oʻrinlarda “Tayyorlovchi” deb ataladigan Tayyorlovchi korxonaning nomi Tayyorlovchi korxonaning faoliyatini belgilovchi hujjat turi asosida harakat qiluvchi Xodimning lavozimi va F.I.O. ikkinchi tomondan quyidagilar toʻgʻrisida ushbu shartnomani tuzdilar:

1. Shartnoma predmeti

1.1. Mazkur shartnomasga muvofiq Yetishtiruvchi shartnomaning Shartnomaning tegishli bandi koʻrsatiladi-bandida koʻrsatilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotini qayta ishlash yoki sotish uchun bunday mahsulotni xarid qiladigan shaxsga – Tayyorlovchiga shartlashilgan muddatda topshirish (topshirib turish) majburiyatini oladi, Tayyorlovchi esa bu mahsulotni qabul qilish (qabul qilib turish), uning haqini shartlashilgan muddatda muayyan bahoda toʻlash (toʻlab turish) majburiyatini oladi.

1.2. Qishloq xoʻjaligi mahsuloti quyidagi talablarga javob berishi lozim:

t/r

Mahsulot turi

Oʻlchov

bir

ligi

Navi

GOST,

OST,

TSH

Topshirish

muddati

1kg.

uchun

baho

Jami qiymati (soʻm)

1.

2.

2. Taraflarning majburiyatlari

2.1. Yetishtiruvchi quyidagi majburiyatlarni oʻz zimmasiga oladi:

amaldagi standartlar, texnik shartlar talablariga javob beradigan mahsulotni sotish;

mahsulot topshirilishidan kamida Mahsulot tayyorligi toʻgʻrisida xabar berish muddati kun oldin uning tayyorligi toʻgʻrisida Tayyorlovchini xabardor qilish, ushbu shartnoma bilan belgilangan muddatlarda mahsulotni topshirish muddatlariga amal qilish imkoniyati boʻlmagan taqdirda, topshirish muddati boshlanishidan kamida Buyurtma berish muddati kun oldin bu haqda Tayyorlovchini xabardor qilish;

kelishilgan narxlar boʻyicha Qabul qilish vaqti dan kechiktirmasdan oʻgʻitlarga, kimyoviy moddalarga, qishloq xoʻjalik inventarlariga, yemishlarga, idishlarga va hokazolarga boʻlgan talabini aniqlash va buyurtma berish.

2.2. Tayyorlovchining majburiyatlari:

qonun hujjatlari bilan belgilangan miqdorda va muddatlarda avansni, davlat buyurtmasiga ega boʻlmagan boshqa turdagi mahsulotlar boʻyicha esa taraflar kelishgan miqdorda va muddatlarda toʻlash;

yigʻib olingan mahsulotlarni joylashtirish uchun Yetishtiruvchini quyidagi miqdorda va assortimentdagi idishlar bilan taʼminlash:

yashiklar Yashiklar soni dona, qoplar Qoplar soni dona;

yigʻib olingan mahsulotlarni qabul punktiga olib chiqish uchun avtotransport berish, yigʻib olingan mahsulot Yetishtiruvchining transporti bilan olib chiqilganda mahsulotni yuklash va tashish xarajatlarini toʻlash;

ushbu shartnomada nazarda tutilgan miqdorda va muddatda Yetishtiruvchidan mahsulotning birinchi navbatda qabul qilinishini taʼminlash. Mahsulotni sifati va miqdori boʻyicha qabul qilishni Mahsulotni sifati va miqdori boʻyicha qabul qilish tartibida amalga oshirish;

Yetishtiruvchining quyidagi texnika vositalari va materiallarga boʻlgan ehtiyojlarini hisobga olish va sotib olishida yordam berish:

-oʻgʻitlar Oʻgʻitlar miqdori

-kimyoviy dorilar Kimyoviy dorilar miqdori

-idishlar Idishlar soni

-qishloq xoʻjalik inventarlari Qishloq xoʻjalik inventarlari soni;

ushbu shartnoma bilan kelishilgan bahoda mahsulot haqini toʻlash.

3. Shartnoma summasi. hisob-kitob qilish tartibi

3.1. Ushbu shartnoma Shartnomaning umumiy summasi tashkil etadi.

3.2. Tayyorlovchi topshirilayotgan mahsulot haqini mahsulot Tayyorlovchining qabul punktida miqdori va sifati boʻyicha qabul qilingan paytdan boshlab Toʻlov muddati muddati kun ichida toʻlaydi. Topshirilayotgan mahsulotlarning haqini toʻlash uchun ushbu shartnomada nazarda tutilgantarozida tovar miqdorini aniqlash, navini aniqlash, bahoni kelishish, sifatsiz mahsulotni ajratish dalolatnomalari asos boʻlib xizmat qiladi.

3.3. Muddatidan oldin, shuningdek shartnomada belgilanganidan ortiq miqdorda topshirilayotgan mahsulotlar mazkur shartnoma shartlari asosida qabul qilinadi.

4. Taraflarning mulkiy javobgarligi

4.1. Barcha qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini shartnomada belgilangan assortiment va turlarda, muddatlarda topshirishdan asossiz boʻyin tovlagan Yetishtiruvchi Tayyorlovchiga topshirilmagan mahsulot qiymatining Mahsulot oʻz vaqtida berilmaganda Yetishtiruvchi tomonidan toʻlanadigan jarima miqdori foizi miqdorida jarima toʻlaydi. Jarima miqdori oʻtgan davr (oy, chorak, yil)da mahsulotning shakllangan oʻrtacha narxidan kelib chiqib, xarid narxlariga belgilangan ustamalar toʻlashni hisobga olmasdan hisoblab chiqiladi. Bundan tashqari, zararning mahsulot yetkazib berilmaganligi tufayli yuzaga kelgan, jarima bilan qoplanmagan qismi ham toʻlanadi.

4.2. Qishloq xoʻjaligi mahsulotini shartnomada belgilangan assortiment Mahsulot qabul qilishdan bosh tortganda Tayyorlovchi tomonidan toʻlanadigan jarima miqdori toʻlanadigan jarima miqdoriva turlarda, muddatlarda bevosita xoʻjalikning oʻzida qabul qilib olish rad etilgan har bir hol uchun Tayyorlovchi Yetishtiruvchiga belgilangan ustamalar toʻlashni hisobga olmasdan shakllangan oʻrtacha narxdan kelib chiqib, qabul qilinmagan mahsulot qiymatining foizi miqdorida jarima toʻlaydi, tez buziluvchi mahsulot boʻyicha esa – uning toʻliq qiymatini toʻlaydi. Bundan tashqari, mahsulotni qabul qilish rad etilganligi tufayli Yetishtiruvchi koʻrgan zararning jarima bilan qoplanmagan qismi ham toʻlanadi.

4.3. Qabul qilish-topshirish joyiga yetkazib keltirilgan mahsulotni qabul qilish asossiz rad etilganda Tayyorlovchi Yetishtiruvchiga uni yetkazib kelish xarajatlarini qoplaydi.

Yetishtiruvchi mahsulotni oʻz joyida topshirish-qabul qilishga tayyorlab qoʻymagan va bu haqda Tayyorlovchini ogohlantirmagan boʻlsa, Tayyorlovchi esa qabul qilish joyiga transport yuborgan boʻlsa, Yetishtiruvchi Tayyorlovchiga transport va transportning bekor turib qolishi boʻyicha barcha xarajatlarni qoplaydi.

4.4. Ushbu shartnomaga muvofiq topshirilgan (yuklab joʻnatilgan) qishloq xoʻjaligi mahsuloti uchun haq toʻlashdan asossiz bosh tortilganda (Yetishtiruvchiga tegishli summalarni, belgilangan ustamalarni ham qoʻshib oʻz vaqtida hisoblab oʻtkazmaganlik, hisob-kitoblarning aksept shaklida esa toʻlov talabnomasi akseptini asossiz toʻliq yoki qisman rad etganda) Tayyorlovchi Yetishtiruvchiga toʻlanmagan summani, oʻzi toʻlashdan bosh tortgan summaning Toʻlov oʻz vaqtida amalga oshirilmaganda Tayyorlovchi tomonidan toʻlanadigan jarima miqdori foizi miqdoridagi jarimani hamda muddati oʻtkazib yuborilgan har bir kun uchun belgilangan muddatda toʻlanmagan summaning 0,4 foizi miqdorida, ammo kechiktirilgan toʻlov summasining 50 foizidan ortiq boʻlmagan miqdorda penyani toʻlaydi.

4.5. Tayyorlovchi yoki Yetishtiruvchi tomonidan mahsulot uchun hisob-kitoblarda (ayni bir mahsulotga takror haq toʻlaganda, mahsulot narxi notoʻgʻri qoʻllanilganda, tovarsiz toʻlov talabnomasiga haq toʻlanganda va shu kabilarda) ortiqcha olingan pul summalari qaytarilmagan holda aybdor taraf bu summani qaytaradi va boshqa tarafga bu pul foydalanilgan barcha davr uchun yiliga Notoʻgʻri hisoblangan pul uchun aybdor tomonidan toʻlanadigan foiz miqdori foizi miqdorida daromad toʻlaydi.

4.6. Tovar-transport hujjatlarini rasmiylashtirishdan bosh tortganlik yoki notoʻgʻri rasmiylashtirganlik uchun aybdor taraf ikkinchi tarafga har bir tovar-transport hujjatiga eng kam oylik ish haqining Tovarni notoʻgʻri rasmiylashtirganlik uchun aybdor tomon toʻlaydigan jarima miqdorida jarima toʻlaydi.

4.7. Yetishtiruvchini standartlar va texnik shartlar talablariga javob beradigan idish va oʻrash materiallari bilan, mahsulotning tegishli turlarini xarid qilishni tartibga soluvchi yoʻriqnomalar va qoidalarda yoki shartnomada belgilangan miqdor va muddatlarda taʼminlamaganligi uchun Tayyorlovchi Yetishtiruvchiga yetkazib berilmagan idish, mix va oʻrash materiallarining yetkazib berish vaqtida amalda boʻlgan qiymatining Tayyorlovchi tomonidan Yetishtiruvchiga yetkazib berilmagan idish, mix va va boshqa narsalar uchun toʻlanadigan jarima miqdori baravari miqdorida jarima toʻlaydi. Tayyorlovchining Yetishtiruvchini idish bilan taʼminlama-ganligi mahsulot sifatining pasayishiga yoki tez buziluvchi mahsulotning buzilishiga olib kelgan boʻlsa, Tayyorlovchi koʻrsatilgan jarimadan tashqari Yetishtiruvchiga koʻrgan zararning jarima bilan qoplanmagan qismini ham toʻlaydi. Sifatning pasayganligi yoki mahsulotning buzilganligini vakolatli davlat idorasi aniqlaydi.

Tayyorlovchi Yetishtiruvchiga yetkazib bergan idishni shartnoma amalda boʻlish muddati tugagandan soʻng qaytarilmaganligi uchun Yetishtiruvchi Tayyorlovchiga qaytarilmagan idish qiymatining Yetishtiruvchi qaytarmagan idishlar uchun tayyorlovchiga toʻlaydigan jarima miqdori baravari miqdorida jarima toʻlaydi.

4.8. Yetishtiruvchiga taraflar oʻrtasida kelishilgan jadvalga muvofiq mahsulot uchun kelgan transportning belgilangan muddatdan ortiq (asosiy va qoʻshimcha vaqt meʼyorlaridan ortiqcha bekor turish) bekor turib qolganligi uchun Yetishtiruvchi Tayyorlovchi oldida amaldagi qonunchilikka muvofiq javobgar boʻladi.

Tayyorlovchi mahsulotni yetkazib kelgan transportni mahsulotni yuklash, uning sifatini aniqlash, topshirish – qabul qilish, hujjatlarini rasmiylashtirish, mahsulotni tushirish va qabul qilish uchun belgilangan vaqt meʼyoridan ortiq bekor turib qolganligi uchun Yetishtiruvchi oldida xuddi shunday javobgar boʻladi.

4.9. Yetishtiruvchi ushbu shartnoma boʻyicha majburiyatlarni bajarmaganligi uchun javobgarlikdan, agar ular tabiiy ofatlar va boshqa noqulay sharoitlar tufayli yoki Tayyorlovchining aybi bilan sodir boʻlgan boʻlsa, tegishli asoslashlar va tegishli vakolatli organning xulosasi boʻlgan taqdirda ozod etiladi.

4.10. Neustoykani toʻlash taraflarni shartnoma boʻyicha majburiyatlarni bajarishdan ozod qilmaydi.

5. Qoʻshimcha shartlar

5.1. Ushbu shartnomaga har qanday oʻzgartirish va qoʻshimchalar ular yozma ravishda tuzilgan va amaldagi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 4-sentyabrdagi 383-son qarori bilan tasdiqlangan Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtiruvchilar bilan tayyorlov, xizmat koʻrsatish tashkilotlari oʻrtasida shartnomalar tuzish, ularni roʻyxatdan oʻtkazish, bajarish, shuningdek ularning bajarilishi monitoringini olib borish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom va Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlari talablariga zid kelmagan holdagina haqiqiy hisoblanadi. Ular yozma shaklda tuzilgan, ikkala taraf tomonidan imzolangan va vakolatli davlat organi tomonidan roʻxatga olingan boʻlishi shart.

5.2. Shartnoma yuzasidan kelib chiqadigan boshqa nizoli masalalar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.

5.3. Shartnoma bir yilga bir marta taraflar kelishgan miqdordagi va assortimentdagi mahsulotga tuziladi va imzolangan paytdan boshlab Shartnoma amal qilish muddati gacha amal qiladi.

5.4. Shartnoma uch nusxada tuzilgan boʻlib, birinchisi Yetishtiruvchida, ikkinchisi Tayyorlovchida va uchinchisi Qishloq va suv xoʻjaligi boʻlimi joylashgan hudud Qishloq va suv xoʻjaligi boʻlimida saqlanadi.

5. Taraflarning rekvizitlari

YETISHTIRUVCHI:

Yetishtiruvchi korxonaning nomi

Yetishtiruvchi korxonaning hisob raqami

Vakolatli shaxsning F.I.O. va imzosi

TAYYORLOVCHI:

Tayyorlovchi korxonaning nomi

Tayyorlovchi korxonaning valyuta hisob raqami

Vakolatli shaxsning F.I.O. va imzosi

Kontraktatsiya shartnomasi

Контрактация шартномасига мувофиқ қишлоқ хўжалиги маҳсулотини етиштирувчи субъект қишлоқ хўжалиги маҳсулотини қайта ишлаш ёки сотиш учун бундай маҳсулотни харид қиладиган шахсга - тайёрловчига шартлашилган муддатда топшириш мажбуриятини олади, тайёрловчи эса бу маҳсулотни қабул қилиш, унинг ҳақини шартлашилган муддатда муайян баҳода тўлаш мажбуриятини олади.

Контрактация шартномаси қишлоқ хўжалиги маҳсулотларини етиштирувчи деҳқонларимиз учун самарали бўзиб, харидор шартномада кўрсатилган муддатда қишлоқ хўжалиги маҳсулотини сотиб олади. Бу эса маҳсулотнинг сифати йўқолиб, маҳсулот етиштирувчига зарар етишининг олдини олади.

Фойдаланувчи ҳуқуқшунос иштирокисиз намунадаги шартномага тарафлар ҳамда маҳсулот тўғрисидаги маълумотларни осонлик билан киритиб, ҳужжатни бепул юклаб олиб, ундан фойдаланиши мумкин.