O‘z-o‘ziga huquqiy xizmat ko‘rsatish “Legal Tech” tizimi

Isteʼmolchiga maishiy gaz ballonini vaqtincha foydalanishga berish toʻgʻrisida shartnoma

Hujjat tavsifi
Shartnoma rekvizitlari
  • (viloyat, tuman (shahar) nomi. Masalan, Fargʻona viloyati, Oʻzbekiston tumani)
  • (raqam bilan yoziladi)
Taraflar toʻgʻrisida maʼlumot
  • (sana soʻz bilan yoziladi)
  • (Masalan, “Hududgaz Fargʻona” MCHJ, “Oʻzbekistontumangaz” boʻlimi)
Yetkazib beriladigan maishiy gaz balonining sifati va narxi
  • (litr yoki kilogrammda)
  • (bor/yoʻq)
  • (raqam bilan)
  • (masalan, 160 Atm)
Gaz taʼminoti tashkiloti toʻgʻrisida maʼlumotlar
  • (Masalan, “Hududgaz Fargʻona” MCHJ, “Oʻzbekistontumangaz” boʻlimi)
  • (viloyat, tuman (shahar), koʻcha nomi)
Isteʼmolchi toʻgʻrisida maʼlumot

Yuklab oling

Isteʼmolchiga maishiy gaz ballonini vaqtincha foydalanishga berish toʻgʻrisida

NAMUNAVIY SHARTNOMA

 

Shartnoma tuzilgan hudud Shartnoma tuzilgan sana

 

Ustav va Gaz taʼminoti vakiliga ishonchnoma berilgan sanada berilgan Ishonchnoma raqami-son Ishonchnomaga asosan ish koʻruvchi «Gaz taʼminoti tashkiloti filialining nomigaz» filiali (keyingi oʻrinlarda gaz taʼminoti tashkiloti deb ataladi) nomidan uning rahbari Gaz taʼminoti tashkilotining rahbari F.I.O. bir tarafdan, Isteʼmolchining F.I.O. (keyingi oʻrinlarda isteʼmolchi deb ataladi) ikkinchi tarafdan quyidagilar toʻgʻrisida ushbu Shartnomani tuzishdi:

I. Shartnomaning predmeti

1.1. Gaz taʼminoti tashkiloti oʻz balansidagi maishiy gaz ballonini toʻlov undirmasdan vaqtincha foydalanishga berish, isteʼmolchi esa maishiy gaz ballonlaridan xavfsizlik talablariga rioya qilgan holda foydalanishni oʻz zimmasiga oladi.

II. Yetkazib beriladigan maishiy gaz ballonining sifati va narxi

2.1. Beriladigan maishiy gaz balloni GOST 15860-84 “Ballonы stalnыye svarnыye dlya sjijennыx uglevodorodnыx gazov na davleniye do 1,6 MPa” talablariga muvofiq boʻlishi shart.

Maishiy gaz ballonini ishlatish muddati u sinovdan oʻtkazilgandan keyin maishiy gaz ballonini tekshirish punktida aniqlanadi. 

2.2. Beriladigan maishiy gaz balloni tamgʻasida quyidagi maʼlumotlar boʻlishi zarur:

tayyorlovchi zavodning tovar belgisi Tayyorlovchi zavodning tovar belgisi;

zavod raqami Zavod raqami;

sigʻimi Sigʻimi;

tashishda himoyalovchi rezina halqa Tashishda himoyalovchi rezina halqaning mavjudligi;

ishlab chiqarilgan yil, oy va keyingi tekshirish yili Ishlab chiqarilgan yil, oy va keyingi tekshirish yili;

ishlab chiqaruvchi korxonaning sifat tamgʻasi Ishlab chiqaruvchi korxonaning sifat tamgʻasi;

ballonning ishchi bosimi Ballonning ishchi bosimi.

Gaz ballonlarini taʼmirlash va texnik koʻrikdan oʻtkazish tasdiqlangan tariflarga muvofiq isteʼmolchi hisobidan gaz taʼminoti tashkiloti tomonidan amalga oshiriladi.

2.3. Berilayotgan maishiy gaz balloni gaz taʼminoti tashkilotining maxsus jurnalida roʻyxatdan oʻtkaziladi.

2.4. Berilayotgan gaz ballonining qiymati Berilayotgan gaz ballonning qiymati soʻmni tashkil etadi.

III. Taraflarning huquq va majburiyatlari

3.1. Gaz taʼminoti tashkiloti:

a) maishiy gaz ballonidan foydalanishda isteʼmolchidan amaldagi normativ hujjatlarga rioya qilishni talab etish;

b) amaldagi Shartnoma va normativ hujjatlar talablari buzilganda ushbu Shartnomani ogohlantirishsiz bekor qilish va vaqtincha foydalanish uchun berilgan maishiy gaz ballonini qaytarishni talab qilish;

v) qoʻshimcha maishiy gaz balloniga ehtiyoj yuzaga kelganda gaz balloni isteʼmolchining gaz balloni ajratish toʻgʻrisidagi arizasini koʻrib chiqish;

g) maishiy gaz ballonidan almashtirib foydalanish huquqiga egadir. 

3.2. Gaz taʼminoti tashkiloti:

a) maxsus jurnalda isteʼmolchining imzosi bilan roʻyxatdan oʻtkazgan holda maishiy gaz ballonidan xavfsiz foydalanish boʻyicha yoʻl-yoʻriq berishga;

b) maishiy gaz ballonini tashishda texnik va yongʻin xavfsizligiga rioya qilishga majburdir.

3.3. Isteʼmolchi:

a) gaz taʼminoti tashkilotidan shartnoma majburiyatlariga rioya qilishni talab etish; 

b) GOST 15860-84 “Ballonы stalnыye svarnыye dlya sjijennыx uglevodorodnыx gazov na davleniye do 1,6 MPa” sifat talablariga javob bermaydigan maishiy gaz ballonini qabul qilmaslik huquqiga egadir.

3.4. Isteʼmolchi:

a) amaldagi normativ-texnik hujjatlarga muvofiq maishiy gaz ballonlaridan foydalanishga;

b) gazdan foydalanish uskunasini va maishiy gaz ballonini koʻzdan kechirish uchun gaz taʼminoti tashkilotining vakillari erkin kirishini taʼminlashga (tegishli guvohnoma koʻrsatilganda);

v) maishiy gaz ballonining tashqi tomoniga yoki boshqa joylariga shikast yetkazmaslikka, uni yoʻqotib qoʻymaslikka va uchinchi shaxslarga bermaslikka; 

g) maishiy gaz ballonini gaz taʼminoti tashkilotiga tegishli boʻlmagan gaz toʻldirish stansiyalari va punktlarida toʻldirmaslikka; 

d) gaz taʼminoti tashkiloti bilan majburiy tartibga kelishgan holda maishiy gaz ballonini oʻrnatish ishlarini bajarishga; 

ye) maishiy gaz balloni yoʻqotilganda uning qiymatini toʻlashga; 

j) almashtirib beriladigan maishiy gaz ballonidan foydalanishga majburdir.

IV. Shartnomaning amal qilish muddati

4.1. Ushbu Shartnoma imzolangan paytdan boshlab kuchga kiradi va bir yil mobaynida amal qiladi. Shartnomaning amal qilish muddati tamom boʻlgach, agar taraflardan hech biri Shartnomani bekor qilish toʻgʻrisidagi talab bilan murojaat qilmagan boʻlsa, u kelgusi yilga uzaytirilgan deb hisoblanadi. 

4.2. Shartnomaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar yozma shaklda rasmiylashtirilishi va taraflar tomonidan imzolanishi kerak.

V. Taraflarning javobgarligi

5.1. Shartnomaviy majburiyatlar bajarilmagan yoki zarur tarzda bajarilmagan taqdirda taraflar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.

VI. Fors-major

6.1. Yengib boʻlmaydigan kuch holatlari (fors-major) – bu taraflarning irodasi va harakatlariga bogʻliq boʻlmagan tabiiy hodisalar (zilzila, koʻchki, dovul, qurgʻoqchilik va shu kabilar) yoki ijtimoiy-iqtisodiy holatlar (urush holati, qamal, davlat manfaatlaridan kelib chiqib import va eksportga taqiqlar va shu kabilar) tufayli kelib chiqqan, ular munosabati bilan taraflar ushbu sharoitlarda qabul qilingan majburiyatlarni bajara olmaydigan favqulodda, oldini olib boʻlmaydigan va oldindan koʻrilmagan holat. 

6.2. Taraflar, agar majburiyatlarni zarur tarzda bajarish uchun ularga bogʻliq barcha choralar koʻrilganligini isbot qilsalar, aybdor deb hisoblanmaydilar. 

6.3. Ushbu Shartnoma ijrosiga toʻsqinlik qiluvchi fors-major holatlari yuz bergan taqdirda taraflar aloqa vositalari orqali bir-birlarini xabardor qilishlari kerak.

VII. Nizolarni hal etish tartibi

7.1. Kelishmovchiliklar va nizoli masalalar yuzaga kelgan taqdirda taraflar, qoidaga koʻra, ularni sudgacha hal etish choralarini koʻradilar. 

7.2. Taraflar oʻrtasidagi taraflarning oʻzaro kelishuviga muvofiq hal qilinmagan har qanday nizomlar sud tomonidan hal etiladi.

VIII. Yakunlovchi qoidalar

8.1. Ushbu Shartnoma taraflarning oʻzaro roziligi boʻyicha yoki Shartnoma qoidalari jiddiy ravishda buzilgan taqdirda – bir tomonlama tartibda bekor qilinishi mumkin. 

8.2. Ushbu Shartnoma Shartnomaning har bir tarafi uchun ikki nusxada tuzildi, har ikki nusxa bir xil yuridik kuchga egadir.

8.3. Ushbu Shartnomada nazarda tutilmagan holatlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.

 

 

 

IX. Taraflarning rekvizitlari

 

Gaz taʼminoti tashkiloti Isteʼmolchi

 

Gaz taʼminoti tashkilotining nomi

Pochta manzili:

Gaz taʼminoti tashkilotining manzili

XXTUT kodi:

Gaz taʼminoti tashkilotining mulkchilik shakli

Aloqa qilinadigan telefon:

Gaz taʼminoti tashkilotining telefon raqamlari

Toʻlov uchun bankdagi hisob raqami:

Gaz taʼminoti tashkilotining hisob raqami

Bank nomi:

Gaz taʼminoti tashkilotining bank nomi

MFO:

Gaz taʼminoti tashkilotining bank kodi

STIR:

Gaz taʼminoti tashkilotining INN raqami

Rahbar:

Gaz taʼminoti tashkiloti rahbarining F.I.O.

Imzo ___________________

Isteʼmolchining F.I.O.

Pochta manzili:

Isteʼmochining manzili

XXTUT kodi:

Isteʼmolchining mulkchilik shakli

Aloqa qilinadigan telefon: Isteʼmolchining telefon raqami

Toʻlov uchun bankdagi hisob raqami: Isteʼmolchining bankdagi hisob raqami

Bankning nomi:

Isteʼmolchining bank nomi

MFO:

Isteʼmolchining bank kodi

INN:

Isteʼmolchi (INN) raqami

Imzo_________________________

Isteʼmolchiga maishiy gaz ballonini vaqtincha foydalanishga berish toʻgʻrisida shartnoma

Ижтимоий соҳа объектлари узлуксиз равишда энергия билан таъминланиши ижтимоий соҳа ривожланишига, фуқароларнинг ҳаёт даражаси ошишига хизмат қилади. Қишлоқ жойларида айниқса газ таъминоти алоҳида аҳамиятга эга.        

Ушбу намунавий шартномада газ таъминоти ташкилоти ўз балансидаги маиший газ баллонини тўлов ундирмасдан вақтинча фойдаланишга бериши, истеъмолчи эса маиший газ баллонларидан хавфсизлик талабларига риоя қилган ҳолда фойдаланишни ўз зиммасига олиши белгиланган.

Шартномада етказиб бериладиган маиший газ баллонининг сифати ва нархи муҳим аҳамият касб этишини ҳисобга олиниб ушбу параметрлар шартнома намунасига алоҳида бўлим сифатида жойлаштирилган.