TRANSPORT VOSITASI IJARASI
SHARTNOMASI
Shartnoma tuzilgan sana Shartnoma tuzilgan hudud
Keyingi oʻrinlarda “Ijaraga beruvchi” deb ataladigan Ijaraga beruvchi korxona nomi va tashkiliy huquqiy shakli Faoliyatini belgilovchi hujjat nomi asosida ish yurituvchi Ijaraga beruvchi korxona shaxsning F.I.O. va lavozimi bir tomondan, keyingi oʻrinlarda “Ijarachi” deb ataladigan Ijarachi tashkilot nomi va tashkiliy huquqiy shakli Faoliyatini belgilovchi hujjatning nomi (turi) asosida ish yurituvchi Ijarachi tashkilot rahbarining F.I.O. ikkinchi tomondan quyidagilar toʻgʻrisida ushbu shartnomani tuzdilar:
1. Shartnoma predmeti
1.1. Shartnomaga muvofiq Ijaraga beruvchi unga toʻla xoʻjalik yuritish huquqi asosida tegishli boʻlgan quyidagi avtomobilni (rusumi, davlat raqami, spidometr koʻrsatkichi (km), texnik holati, kuzov raqami, dvigatel raqami, shassi raqami) texnik koʻrikdan oʻtkazgan va uning holati toʻgʻrisida texnik pasportga belgi qoʻygan holda Ijarachiga topshirish, Ijarachi esa vaqtincha foydalanish uchun uni ijaraga olish va ijara haqini toʻlash majburiyatini oladi.
1.2. Ijarachi avtomobildan quyidagi maqsadlarda foydalanadi:
Avtotransport vositasidan foydalanish maqsadi koʻrsatiladi
2. Ijara haqi va hisob-kitob qilish tartibi
2.1. Avtomobilning qiymati qayta narxlash koeffitsiyentlari va amortizatsiya meʼyorlarini hisobga olgan holda Ijaraga berilgan avtomotransport qiymati soʻmni tashkil etadi.
2.2. Ijara haqi Ijarachi tomonidan oyiga Ijara toʻlovi miqdori soʻm miqdorda har oyning boshlanishidan Ijara toʻlovining har oyda toʻlanadigan sanasi kun oldin toʻlab boriladi.
3. Taraflarning huquq va majburiyatlari
3.1. Ijaraga beruvchi shartnoma imzolangandan keyin Avtotransportni topshirish muddati kun ichida avtomobilni Ijarachiga topshiradi.
3.2. Avtomobilni joriy taʼmirlash va profilaktika koʻrigidan oʻtkazish Avtotransportni joriy taʼmirlovchi tomon hisobidan amalga oshiriladi.
3.3. Kapital taʼmirlash Avtotransportni kapital taʼmirlovchi tomon tomonidan har Avtotransportni kapital taʼmirlash muddati oyda amalga oshiriladi.
3.4. Avariya holatida aybdor taraf Avariya holatida taʼmirlash muddati muddat ichida oʻz hisobidan avtomobilni taʼmirlaydi.
3.5. Agar avariya uchinchi shaxslarning aybi bilan sodir etilgan boʻlsa, Uchinchi tomon aybi bilan avariya sodir boʻlsa daʼvo qiluvchi shaxs (yuridik shaxs) uchinchi shaxsga nisbatan Uchinchi tomon aybi bilan avariya sodir boʻlsa daʼvo qilish muddati muddat ichida daʼvo talablari qoʻyadi va oʻz hisobidan taʼmirlashni amalga oshiradi.
3.6. Fors-major holatlari kelib chiqqanda taraflar quyidagi tartibda xarajatlarni taqsimlaydilar:
Fors major holatida xarajatlarni taqsimlash tartibi.
3.7. Avtomobil ushbu shartnoma imzolanishidan oldin oʻtkazilgan texnik koʻrikda aniqlangan va texnik pasportda qayd etilgan holatda Ijaraga beruvchi tomonidan topshirilishi va Ijarachi tomonidan qaytarib topshirilishi lozim.
3.8. Ijarachi avtomobilni qaytarib topshirishi haqida Ijaraga beruvchini kamida Avtomobilni qaytarish haqida xabardor qilish muddati oldin xabardor qilishi lozim.
4. Taraflarning javobgarligi va nizolarni hal qilish tartibi
4.1. Ijara haqini belgilangan muddatda toʻlamagan Ijarachi toʻlovi kechiktirilgan har bir kun uchun Ijaraga beruvchiga ijara haqining Ijara toʻlovi kechiktirilganda toʻlanadigan penya miqdori foizi miqdorida penya toʻlaydi.
4.2. Taraflar oʻz majburiyatlarini bajarmagan yoki lozim darajada bajarmaganliklari uchun Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi va boshqa qonun hujjatlari hamda mazkur shartnomaga muvofiq javobgar boʻladilar.
4.3. Taraflar oʻrtasida kelib chiqadigan nizolar taraflarning oʻzaro kelishuvi asosida hal etiladi. Taraflar kelishuvga erishmagan taqdirda, nizo belgilangan tartibda sudda hal etiladi.
5. Shartnomaning boshqa shartlari
5.1. Shartnomaga kiritilayotgan barcha oʻzgartirish va qoʻshimchalar yozma ravishda tuzilgan va ikkala taraf tomonidan imzolangan holdagina haqiqiy hisoblanadi.
5.2. Shartnoma Shartnomani boshlanish muddati dan boshlab kuchga kiradi va Shartnomaning yakuniy muddati gacha amal qiladi.
5.3. Shartnoma 2 nusxada tuzilgan boʻlib, ikkalasi ham bir xil yuridik kuchga ega.
5.4. Mazkur shartnomada nazarda tutilmagan masalalar amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq tartibga solinadi.
6. Taraflarning rekvizitlari va imzolari:
Ijaraga beruvchi: Ijaraga beruvchi tashkilot nomi Ijaraga beruvchi tashkilot hisob raqami Ijaraga beruvchi tashkilot STIR raqami Vakolatli shaxsning F.I.O. va imzosi |
Ijarachi: Ijarachi tashkilot nomi Ijarachi tashkilotning hisob raqami Ijarachi tashkilot STIR raqami Vakolatli shaxs F.I.O. va imzosi |
Transport vositasini ekipaji bilan ijaraga berish shartnomasi boʻyicha ijaraga beruvchi transport vositasini vaqtincha egalik qilish va foydalanish uchun haq evaziga ijaraga oluvchiga beradi va oʻz kuchi bilan uni boshqarish hamda texnik foydalanish boʻyicha xizmat koʻrsatadi.
Transport vositasi ijarasi shartnomasi mazmuniga koʻra ijaraga beruvchi ijaraga oluvchiga toʻla xoʻjalik yuritish huquqi asosida tegishli boʻlgan transport vositasini texnik koʻrikdan oʻtkazgan va uning holati toʻgʻrisida texnik pasportga belgi qoʻygan holda ijarachiga topshiradi. Ijarachi esa vaqtincha foydalanish uchun uni ijaraga olish va ijara haqini toʻlash majburiyatini oladi.
Taqdim qilinayotgan shartnoma namunasida hisob-kitoblarlarni amalga oshirish tartibi va miqdorlari, taraflarning huquq va majburiyatlari nizolarni hal qilish tartibi va ish uchun ahamiyatli boʻlgan boshqa masalalar aniq belgilangan.