O‘z-o‘ziga huquqiy xizmat ko‘rsatish “Legal Tech” tizimi

Kichik sanoat zonasi hududida investitsiya loyihasini amalga oshirish bitimi

Hujjat tavsifi
Umumiy maʼlumotlar
  • (ustav, nizom, ishonchnoma va h.k. koʻrsatiladi)
  • (ustav, nizom, ishonchnoma v.h. koʻrsatiladi)
Bitim predmeti

Yuklab oling

«Kichik sanoat zonasi nomi»KICHIK SANOAT ZONASI HUDUDIDA INVESTITSIYA LOYIHASINI AMALGA OSHIRISH TOʻGʻRISIDANAMUNAVIY BITIM

«Kichik sanoat zonasi nomi KICHIK SANOAT ZONALARINIBOSHQARISH DIREKSIYASI» DAVLAT MUASSASASI

va

«Kichik sanoat zonasi ishtirokchisining yuridik shakli va tashkilotning nomi»oʻrtasida Bitim tuzilgan sanadagi Bitim raqami-son

Keyingi oʻrinlarda «Kichik sanoat zonasi nomi»KSZ direksiyasi deb nomlanadigan va Kichik sanoat zonasi asos hujjati asosida harakat qiladigan «Kichik sanoat zonasi nomi»kichik sanoat zonasi direksiyasi» DM bir tomondan hamda keyingi oʻrinlarda KSZ ishtirokchisi deb nomlanadigan KSZ ishtirokchisi tomonidan harakat qiluvchining F.I.O.si va Qaysi hujjat asosida harakat qilinadi asosida harakat qiladigan, birgalikda Tomonlar deb nomlanuvchilar mazkur Bitimni quyidagilar haqida tuzdi:

1-MODDA

TUSHUNCHALAR VA IZOHLAR

Investitsiya loyihasi — «Kichik sanoat zonasi nomi»KSZ hududida investitsiya obyektini qurish (tashkil etish) boʻyicha oʻz kapitali va (yoki) turli manbalardan jalb qilinadigan (toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalar) kapitaldan foydalangan holda loyiha oldi, tayyorgarlik, loyihalashtirish, qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish, ishga tushirish-sozlash ishlari, xom ashyo va butlovchi qismlarni yetkazib berish va keyinchalik foydalanish maqsadida investitsiya obyektini oldindan belgilangan vaqt davomida ishga tushirish shaklidagi tashkiliy-texnik chora-tadbirlar majmui.

2-MODDA

BITIM PREDMETI

2.1. Iqtisodiy imkoniyat, texnik va kasbiy koʻnikmalarga ega boʻlgan KSZ ishtirokchisi KSZ hududida KSZ hududida ishlab chiqarilgan mahsulot (nomi) ishlab chiqarish boʻyicha investitsiya loyihasini amalga oshirish majburiyatini oladi.

2.2. Investitsiya loyihasi toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalar, taʼsischilarning oʻz mablagʻlari yoki KSZ ishtirokchisining javobgarligi ostida jalb etiladigan kredit resurslari hisobidan amalga oshiriladi.

2.3. Investitsiya loyihasi bir necha bosqichda amalga oshiriladi. Investitsiyalarning umumiy miqdori Yil koʻrsatilishi lozim yil davomida (investitsiya kiritish jadvaliga muvofiq) Yil davomida investitsiya miqdori soʻmni tashkil etadi.

3-MODDA

«Kichik sanoat zonasi nomi»KSZ DIREKSIYASINING

HUQUQ VA MAJBURIYATLARI

3.1. Ushbu bitimga muvofiq «Kichik sanoat zonasi nomi»KSZ Direksiyasi unga berilgan vakolatlari doirasida quyidagi majburiyatlarni qabul qiladi:

3.1.1. Investitsiya loyihasining Erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari Maʼmuriy kengashi (keyingi oʻrinlarda Maʼmuriy kengash deb ataladi) tomonidan tasdiqlangan investitsiya loyihasini amalga oshirish jadvaliga muvofiq, oʻz vaqtida amalga oshirilishi monitoringini olib borish;

3.1.2. KSZ ishtirokchisi belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilganidan soʻng «Kichik sanoat zonasi nomi»KSZ ishtirokchilari reyestriga tegishli maʼlumotlarni kiritish va unga «Kichik sanoat zonasi nomi»KSZ ishtirokchisi guvohnomasini berish;

3.1.3. Investitsiya loyihasini ishga tushirish va faoliyat koʻrsatishi uchun zarur infratuzilma (elektr energiyasi, gaz va suv taʼminoti, kanalizatsiya, kirish yoʻllari va boshqalar) bilan taʼminlash, hududni obodonlashtirishga doir masalalarni hal etishda yordam berish.

3.2. «Kichik sanoat zonasi nomi»KSZ quyidagi huquqlarga ega:

3.2.1. KSZ ishtirokchisidan investitsiya loyihasini amalga oshirish holati haqidagi maʼlumotlar va KSZ ishtirokchisining ushbu bitim boʻyicha qabul qilgan majburiyatlarini bajarishi haqidagi hisobotlarni olish;

3.2.3. «Kichik sanoat zonasi nomi»KSZ hududida joylashgan davlat tasarrufidagi koʻchmas mulk obyektlarini oʻziga berilgan vakolatlar doirasida boshqarish;

3.2.4. KSZ ishtirokchisi Bitim boʻyicha majburiyatlarini jiddiy buzgan holatlarda, shu jumladan oʻz vaqtida investitsiya kiritish, investitsiya loyihasini ishga tushirish va uning faoliyat koʻrsatishini taʼminlash, ekologik xavfsizlik va atrof-muhitni himoya qilish sohasidagi qonun hujjatlari normalariga amal qilmaslik masalalarida Maʼmuriy kengashga «Kichik sanoat zonasi nomi»KSZ ishtirokchisi maqomidan mahrum qilish haqida takliflar kiritish.

4-MODDA

KSZ ISHTIROKCHISINING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI

4.1. Ushbu Bitimga muvofiq KSZ ishtirokchisi quyidagi majburiyatlarni qabul qiladi:

4.1.1. Yil koʻrsatilishi lozim yil davomida Yil davomida investitsiya miqdori soʻm miqdordagi (yoki mln. AQSH dollari ekv.) investitsiyani ilovaga muvofiq investitsiya loyihasini tarmoq jadvaliga asosan amalga oshirishda toʻliq miqdorda kiritish;

4.1.2. Ilovaga muvofiq tarmoq jadvaliga asosan ishlab chiqarish obyektining qurilishini yoki kapital taʼmirlanishini boshlash va tugatish;

4.1.3. Ishlab chiqarishning oʻrtacha yillik hajmini investitsiya loyihasining biznes-rejasiga muvofiq eksport qilish va ichki bozorga yetkazib berish;

4.1.4. Qurilish-montaj ishlari, uskunalarni oʻrnatish va xoʻjalik faoliyatini amalga oshirishda tegishli meʼyorlar va qoidalar, shu jumladan ekologik xavfsizlik va atrof-muhitni himoya qilish sohasidagi qonun hujjatlariga rioya etish;

4.1.5. Standartlarga muvofiq boʻlgan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning sifatini boshqarish tizimi joriy etilishini taʼminlash;

4.1.6. Mehnat sharoitini va mehnat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari normalariga rioya etilishini taʼminlash, mahalliy aholi bandligini taʼminlash maqsadida yangi ish oʻrinlari yaratish;

4.1.7. Har chorakda «Kichik sanoat zonasi nomi»KSZ Direksiyasiga investitsiya loyihasining bajarilishini (shu jumladan, investitsiyalar hajmi, ishlab chiqarishni ishga tushirish muddati, eksport, yangi ish oʻrinlari) haqida tarmoq jadvalida koʻrsatilgan muddatda hisobotlar taqdim etish.

5-MODDA

TOMONLARNING JAVOBGARLIGI

5.1. Ushbu Bitim boʻyicha tomonlar oʻz majburiyatlarini bajarmaganda va/yoki tegishli darajada bajarmasa, Bitim shartlariga muvofiq javobgar boʻladi. Bitimda belgilanmagan hollarda esa tomonlar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradi.

Ishtirokchi oʻzi qabul qilgan majburiyatlarni bajarmasa, ushbu Bitimga muvofiq Maʼmuriy kengashning qaroriga asosan «Kichik sanoat zonasi nomi»KSZ ishtirokchisi maqomidan maʼrum etilib, belgilangan barcha imtiyoz va afzalliklar, shu jumladan uzoq muddatli ijara shartnomasi tegishli ravishda tugatiladi.

5.2. KSZ ishtirokchisi «Kichik sanoat zonasi nomi»KSZ direksiyasining majburiyatlari uchun javobgar emas, shuningdek, «Kichik sanoat zonasi nomi»KSZ Direksiyasi ham KSZ ishtirokchisining majburiyatlari boʻyicha javobgar emasdir.

6-MODDA

BITIMNI OʻZGARTIRISH YOKI BEKOR QILISH

6.1. Tomonlarning oʻzaro kelishuviga binoan Bitimga Maʼmuriy kengashning tegishli qaroriga asosan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin. Oʻzgartirish va qoʻshimchalar yozma shaklda rasmiylashtirilib, tomonlarning vakolatli vakillari tomonidan imzolanishi lozim.

6.2. Bitimning amal qilishi quyidagi hollarda toʻxtatiladi:

6.2.1. Ajratib berilgan hududdan maqsadli foydalanilmasa yoki qurilish-montaj ishlarini boshlash belgilangan muddatlarda taʼminlanmasa.

6.2.2. Bitimda nazarda tutilgan majburiyatlar bajarilmasa;

6.2.3. Tadbirkorlik subyekti «Kichik sanoat zonasi nomi»KSZ ishtirokchisi maqomidan mahrum etilsa;

6.2.4. «Kichik sanoat zonasi nomi»KSZ faoliyati muddatidan oldin tugatilsa;

6.2.5. Qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa holatlarda.

6.3. Ushbu Bitim bekor qilinganda, KSZ ishtirokchisiga berilgan barcha imtiyoz va preferensiyalar ham toʻxtatiladi.

7-MODDA

FORS-MAJOR

7.1. Tomonlar ushbu Bitim boʻyicha majburiyatlarining toʻliq yoki qisman bajarmaganligi uchun javobgarlikdan quyidagi holatlarda ozod etiladi: agar bu holat bartaraf etib boʻlmaydigan kuchlar taʼsiri natijasi boʻlganda, yaʼni favqulodda va oldini olib boʻlmaydigan tabiiy ofatlar (zilzila, suv toshqinlari va boshqalar), tashqi obyektiv omillar (epidemiyalar, Tomonlarning oqilona nazorati ostida boʻlmagan boshqa hodisalar), ushbu holatlar taʼsiri mavjud boʻlgan vaqtda, agar bu holatlar toʻgʻridan-toʻgʻri ushbu Bitimning bajarilishiga taʼsir etgan boʻlsa.

7.2. Tomonlar bir-birlarini fors-major holatlari vujudga kelish toʻgʻrisida xabardor qilishga majbur. Agar, bir Tomon boshqa Tomonni bunday holat sodir boʻlishi haqida 30 kun muddatda oʻz vaqtida xabardor qilmasa, mazkur Tomon koʻrsatib oʻtilgan holatlarni fors-major sifatida eʼtirof etish huquqini yoʻqotadi.

Fors-major holatlari sodir boʻlgan hududdagi vakolatli tashkilot tomonidan berilgan tasdiq bunday holatlar mavjudligi va ularning davomiyligiga yetarli dalil boʻladi.

7.3. Agar bartaraf etib boʻlmaydigan kuchlar vujudga keltirgan holatlar bir yildan ziyod davom etsa, Tomonlar ushbu Bitimni, jarimalar va (yoki) boshqa tegishli mablagʻlarni toʻlamasdan, oʻzaro hisob-kitoblarni amalga oshirish va boshqa Tomonning koʻrgan ziyonini kamaytirish boʻyicha barcha imkoniyati boʻlgan choralarni koʻrib, davom ettirishdan bosh tortish huquqiga ega.

7.4. Ikkala Tomon ham fors-major holatlari oqibatlarini bartaraf etish boʻyicha tegishli choralar koʻrishga majbur.

8-MODDA

NIZOLARNI HAL ETISH

8. Tomonlar ushbu Bitimning ijrosi natijasida kelib chiqadigan nizolar va kelishmovchiliklarni oʻzaro muzokaralar va maslahatlar yoʻli bilan hal qilish uchun harakat qiladi, shuningdek, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda koʻrib chiqadi.

9-MODDA

QOʻSHIMCHA SHARTLAR

9.1. Ushbu Bitim shartlari va Tomonlarning moliyaviy holati toʻgʻrisidagi har qanday maʼlumot maxfiy hisoblanadi va oshkor qilinmaydi.

9.2. Tomonlar toʻlov va pochta rekvizitlaridagi barcha oʻzgarishlar toʻgʻrisida bir-birini zudlik bilan xabardor qilishlari shart. Eski manzil va hisob raqamlari boʻyicha, ularning oʻzgarishi toʻgʻrisida xabardor boʻlishdan oldin amalga oshirilgan harakatlar majburiyatlarni bajarishda hisobga olinadi.

9.3. Ushbu Bitim har bir tomon uchun bittadan ikki nusxada davlat (yoki rus) tilida tuzilgan. Hamma nusxalar teng yuridik kuchga ega.

Ushbu Bitim qoidalarini talqin qilishda kelishmovchiliklar vujudga kelgan taqdirda Tomonlar tegishli ravishda oʻzbek (yoki rus) tilidagi matnga murojaat etadi.

10-MODDA

BITIMNING KUCHGA KIRISHI VA AMAL QILISH MUDDATI

10.1. Mazkur Bitim imzolangan sanadan boshlab kuchga kiradi va «Kichik sanoat zonasi nomi»KSZ faoliyatining butun davrida amal qiladi.

10.2. Mazkur Bitimdagi barcha qoidalar Tomonlar uchun imzolangan sanadan boshlab majburiydir.

TOMONLARNING MANZILI VA BANK REKVIZITLARI:

«Kichik sanoat zonasi nomi»kichik sanoat

zonasi Direksiyasi» DM

Kichik sanoat zonasi direksiyasi DMning rekvizitlari

«Kichik sanoat zonasi nomi» KSZ

Ishtirokchisi

KSZ ishtirokchisining rekvizitlari

Kichik sanoat zonasi hududida investitsiya loyihasini amalga oshirish bitimi

Mamlakatimizda investitsiya loyihalarini amalga oshirishga juda katta eʼtibor qaratilmoqda. Oʻzbekiston Respublikasining “Investitsiyalar va investitsiya faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonun qabul qilinganligi ham mamlakatimizda investitsion muhitni yaxshilash uchun olib borilayotgan keng koʻlamli ishlar buning isbotidir.

Investitsiya loyihasini amalga oshirayotgan tadbirkorning faoliyati koʻpincha muhim shartnomalar tuzish bilan bogʻliq. Agar tadbirkorda kichik sanoat zonasi hududida investitsiya loyihasini amalga oshirish toʻgʻrisida bitimni rasmiylashtirish uchun yetarli koʻnikma mavjud boʻlmasa, u holda onlayn tayyor bitim namunasidan bepul foydalanishi mumkin.

Investitsiya loyihasini amalga oshirayotgan tadbirkor, kichik sanoat zonasi hududida investitsiya loyihasini amalga oshirish toʻgʻrisidagi bitimni bevosita, mustaqil amalga oshirishi mumkin. Bunda maxsus onlayn konstruktor yordamida minimal vaqt sarflanadi. Taqdim etilayotgan virtual bitim shakli nafaqat hujjat tuzish namunasi, balki interaktiv shablondir. Bu yerda tomonlar toʻgʻrisida maʼlumot kiritish uchun barcha kerakli imkoniyatlar joylashtirilgan. Foydalanuvchi tomonidn faqatgina maʼlum bir operatsiya uchun mos variantlarni tanlab, savollarga javob berilishi lozim.