O‘z-o‘ziga huquqiy xizmat ko‘rsatish “Legal Tech” tizimi

Avtotransport garaji uchun mulk huquqini belgilash to‘g‘risida daʼvo ariza

Hujjat tavsifi
Daʼvo ariza rekvizitlari
Daʼvogar
Javobgar
Daʼvo arizasi mazmuni bo‘yicha savollar
  • (oldi-sotdi, hadya shartnomasi tuzilgan, meros qabul qilib olingan sana)
  • (meros, hadya, oldi-sotdi va boshqalar)
  • (туман, маҳалла, кўча ва уй рақами)
Ilova qismi

Yuklab oling

Daʼvo ariza berilgan sud nomiga

Daʼvogar: Daʼvogarning F.I.O.

Daʼvogarning yashash manzili

Daʼvogarning telefon raqami

Daʼvogarniing elektron manzili

Javobgar: Javobgar (egalik huquqini berish to‘g‘risida murojaat qilingan hokimlik) nomi

Javobgar (hokimlik) joylashgan manzil

Javobgar (hokimlik)ning telefon raqami

Javobgar (hokimlik)niing elektron manzili

Daʼvo mazmuni: garaj uchun mulk

huquqini belgilash toʻgʻrisida

 

DAʼVO ARIZA

 

Men Xonadonga nisbatan mulk huquqi vujudga kelgan sanada notarial tasdiqlangan (uy-joyga mulk huquqi vujudga kelishi uchun asos bo‘lgan shartnoma turi)ga asosan Xonadon manzili xonadonning mulkdori boʻlganman. Men uyni garaji bilan birga qabul qilib olganman. Garaj ham uyning yonida joylashgan. Biroq, garajga nisbatan mulk huquqimni tasdiqlovchi hujjatim yoʻq. Men shu garajdan 18 yildan buyon foydalanishimni mahalla ahli va qoʻshnilar ham tasdiqlaydi. Mazkur bino boʻyicha qoʻshnilarim bilan mulkiy yoki boshqa tusdagi nizo mavjud emas.

Men garajga nisbatan oʻzimning mulk huquqimni tasdiqlash toʻgʻrisida Egalik huquqini berish to‘g‘risida tegishli hokimlikka murojaat qilingan sanada Javobgar (egalik huquqini berish to‘g‘risida murojaat qilingan hokimlik) nomi hokimiyatiga murojaat qildim. Biroq Javobgar (egalik huquqini berish to‘g‘risida murojaat qilingan hokimlik) nomi hokimiyatining Egalik huquqini berish to‘g‘risidagi murojaat rad qilingan sana yildagi javob xatiga asosan mening murojaatim rad qilingan.

Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 210-moddasining uchinchi xatboshisi talabiga koʻra, kooperativ uy-joyga, kvartiraga, garajga, chorboqqa va boshqa binolarga mulk huquqi kooperativ aʼzosi pay badallarini batamom toʻlab boʻlganidan keyin vujudga keladi.

“Oʻzbekiston Respublikasida mulkchilik toʻgʻrisida”gi Qonunining 7-moddasining 5-bandida xususiy mulk boʻlishi mumkin boʻlmagan obyektlar Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan belgilab qoʻyilishi koʻrsatilgan.

Yuqoridagilarga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 210-moddasi, “Oʻzbekiston Respublikasida mulkchilik toʻgʻrisida”gi Qonunining 7-moddasining 5-bandi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 188, 189 va 191-moddalariga asosan,

 

SOʻRAYMAN:

 

Daʼvogarning yashash manzili manzilidagi xonadonning yonida joylashgan, men foydalanib kelayotgan garajga nisbatan mening mulk huquqimni belgilashni soʻrayman.

 

Ilova:

Ilova hujjatlarining ro‘yxati

 

Daʼvo ariza berilgan sana

 

Daʼvogar: Daʼvogarning F.I.O. ____________ (imzo)

Avtotransport garaji uchun mulk huquqini belgilash to‘g‘risida daʼvo ariza