O‘z-o‘ziga huquqiy xizmat ko‘rsatish “Legal Tech” tizimi

Qishloq xo'jaligi korxonasini fermer xo'jaligiga aylantirsh shartnomasi

Hujjat tavsifi
Shartnomaning rekvizitlari
Taraflar
Shartnoma shartlari
Taraflarning rekvizitlari

Yuklab oling

QISHLOQ XOʻJALIGI KORXONASINI FERMER XOʻJALIGIGAAYLANTIRISHDA YER UCHASTKASINI UZOQ MUDDATLIIJARAGA BERISH SHARTNOMASI

 

Shartnoma tuzilgan vaqt Shartnoma raqami – son Shartnoma tuzilgan joy

 

 

Ijaraga beruvchi tashkilotning nomi, tashkiliy-huquqiy shakli (keyingi oʻrinlarda “Ijaraga beruvchi” deb yuritiladi) nomidan Ijaraga beruvchiga shartnoma tuzish huquqini beruvchi hujjat asosida ish yurituvchi Ijaraga beruvchi tashkilot rahbari lavozimi va F.I.Osibir tomondan va Ijarachi tashkilotning nomi, tashkiliy-huquqiy shakli (keyingi oʻrinlarda “Ijarachi” deb yuritiladi) nomidan Ijarachiga shartnoma tuzish huquqini beruvchi hujjat asosida ish yurituvchi Ijarachi tashkilot rahbari lavozimi va F.I.Osiikkinchi tomondan, mazkur shartnomani quyidagilar toʻgʻrisida tuzdilar:

 

1. SHARTNOMA PREDMETI

Ijaraga beruvchi Yer ijaraga berilayotgan tuman nomi tumani yerlaridagi Ijaraga berilayotgan yerning maydonigektar yer uchastkasini Ijaraga berilayotgan sananing boshlanishidan boshlab Ijara muddatiyil muddat bilan uzoq muddatli ijaraga beradi. Ijarachi esa, ijaraga qabul qilib oladi.

Yer uchastkasi chegaralari ushbu Shartnomaning ajralmas qismi hisoblanadigan ilova qilinayotgan fermer xoʻjaligi yerlarining tarxida koʻrsatilgan.

Yer uchastkasi fermer xoʻjaligini yuritish uchun uzoq muddatli ijaraga beriladi.

IJARA HAQINI TOʻLASH

Yer uchun ijara haqi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan qishloq xoʻjaligi yerlari uchun tasdiqlangan muddatlar va stavkalar boʻyicha yagona yer soligʻi tarzida tuman byudjetiga toʻlanadi.

Ijara haqining oʻz vaqtida toʻlanmaganligi uchun qonunchilikda belgilangan tartibda penya undiriladi.

IJARAGA BERUVCHINING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI

Ijaraga beruvchi quyidagi huquqlarga ega:

ushbu Shartnomani oʻzgartirishni yoki Shartnoma shartlari Ijarachi tomonidan buzilgan taqdirda uni bekor qilishni belgilangan tartibda talab qilish;

yer uchastkasini qonunchilikda belgilangan hollarda va tartibda xarajatlarni va yetkazilgan zararni (shu jumladan, boy berilgan foydani) toʻliq qoplash sharti bilan davlat va jamoa ehtiyojlari uchun olish;

yer uchastkasidan foydalanganlik darajasini va servitutlarni aniqlash.

Ijaraga beruvchi quyidagilarga majbur:

ijaraga olingan yer uchastkasining ushbu Shartnomada belgilangan muddatlarda natura xolida (oʻz joyida) berilishini taʼminlash;

qishloq xoʻjaligi ekinlari va oʻsimliklarni sugʻorish uchun ajratilgan limitlarga muvofiq suv berilishini taʼminlash;

Ijarachining qonunchilikda belgilangan huquqlariga rioya qilish.

IJARACHINING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI

Ijarachi quyidagi huquqlarga ega:

yer uchastkasida belgilangan maqsadda va fermer xoʻjaligi ustaviga muvofiq mustaqil ravishda xoʻjalik yuritish;

ekilgan va oʻtkazilgan qishloq xoʻjaligi ekinlari va oʻsimliklarga, yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlariga hamda ularni sotishdan olingan daromadlarga egalik qilish;

yer uchastkasida keng tarqalgan foydali qazilmalar, oʻrmonzorlar, suv obyektlaridan xoʻjalik ehtiyojlari uchun belgilangan tartibda foydalanish, shuningdek yerlarning boshqa foydali xossalaridan foydalanish;

yerlarni sugʻorish, zaxini qochirish, agrotexnika va boshqa meliorativ ishlarni amalga oshirish;

qishloq xoʻjaligi ekinlarini, oʻsimliklarni sugʻorish va boshqa maqsadlar uchun sugʻorish manbalaridan limitlarga muvofiq suv olish;

Ijaraga beruvchi bilan kelishgan holda, belgilangan tartibda ishlab chiqarish maqsadida hamda boshqa maqsadlarda imorat va inshootlar qurish. Ularni qayta qurish va buzishni yer uchastkasining belgilangan maqsadiga hamda loyiha hujjatlariga muvofiq amalga oshirish;

yer uchastkasi olib qoʻyilganda oʻziga yetkazilgan zararni (shu jumladan, boy berilgan foydani) yoki yer uchastkasidan ixtiyoriy ravishda voz kechilganda xarajatlarni undirib olish.

Ijarachi Oʻzbekiston Respublikasining “Fermer xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi Qonunida va qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa huquqlarga ham egadir.

Ijarachi quyidagilarga majbur:

ixtisoslashuvni 10 yil mobaynida saqlash;

ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan mahsulotlar yetishtirishni (ixtisoslashuvni hisobga olgan holda) tashkil etish;

yerlardan belgilangan maqsadda oqilona foydalanish, tuproq unumdorligini oshirish, ishlab chiqarishning tabiatni muhofaza qilish texnologiyalarini qoʻllash, oʻz xoʻjalik faoliyati natijasida hududda ekologik vaziyatning yomonlashishiga yoʻl qoʻymaslik;

ishlab turgan irrigatsiya va melioratsiya tarmoqlari, muhandislik kommunikatsiyalarining soz holatda boʻlishini taʼminlash;

yerlarni muhofaza qilish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining Yer kodeksida nazarda tutilgan tadbirlar kompleksini amalga oshirish;

yer uchun ijara haqini oʻz vaqtida toʻlash;

boshqa yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, yer uchastkalari ijarachilari va egalarining huquqlarini buzmaslik;

yerdan foydalanish boʻyicha belgilangan maʼlumotlarni mahalliy davlat hokimiyati organlariga oʻz vaqtida taqdim etish;

boshqa yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, yer uchastkalari ijarachilari va egalariga yetkazilgan zararni belgilangan tartibda toʻlash;

oʻz zimmasiga toʻgʻri keladigan kreditorlik qarz ulushining tuzilgan shartnomada belgilangan muddatlarda toʻlanishini taʼminlash;

qishloq xoʻjaligi ekinlari hosildorligining (besh yil mobaynida oʻrtacha hisobda) yerning normativdagi kadastr bahosidan kam boʻlmasligini taʼminlash.

Ijarachi Oʻzbekiston Respublikasining “Fermer xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi Qonuni va qonunchilikda belgilangan boshqa majburiyatlarga ham ega.

YER UCHASTKASI IJARA SHARTNOMASINI

ZGARTIRISH VA BEKOR QILISH

Ushbu Shartnoma tomonlarning kelishuviga binoan, tomonlarning kelishuviga erishilmagan takdirda esa sud tomonidan oʻzgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin.

Ushbu Shartnoma quyidagi hollarda bekor qilinishi mumkin:

fermer xoʻjaligi tugatilgan taqdirda;

agar xoʻjalik faoliyatini davom ettirishni xohlovchi birorta ham xoʻjalik aʼzosi yoki merosxoʻr qolmasa;

yer uchastkasini ijaraga olish huquqidan ixtiyoriy ravishda voz kechilganda;

yer uchastkasi ijaraga berilgan muddat tugaganda va yerdan foydalanish huquqini tiklash imkoniyati boʻlmaganda;

yerdan belgilangan maqsadda oqilona foydalanilmaganda, normativdagi kadastr bahosidan muntazam ravishda (uch yil mobaynida) past hosil olinganda;

yerlarning ekologik holati Ijarachining aybiga koʻra yomonlashganda;

yer uchastkasi belgilangan tartibda olib qoʻyilganda;

fermer xoʻjaligi bankrot deb eʼlon qilinganda;

ijara haqi muntazam ravishda belgilangan muddatlarda toʻlanmaganda;

agar fermer xoʻjaligi yer uchastkasini olgan vaqtdan boshlab bir yil mobaynida ishlab chiqarish-xoʻjalik faoliyatiga kirishmasa;

fermer xujaliklari faoliyatini tartibga soluvchi qonunchilik bir necha marta qoʻpol ravishda buzilganda;

ushbu Shartnoma shartlari buzilganda;

amaldagi qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa shartlar boʻyicha

 

TARAFLARNING JAVOBGARLIGI

Taraflardan biri ushbu shartnoma shartlarini bajarmaganda yoki qonunchilikni muntazam ravishda buzganda ikkinchi taraf ushbu Shartnomaning belgilangan tartibda bekor qilinishini talab qilish huquqiga ega.

Bartaraf etilishi mumkin boʻlgan har qanday buzilish Shartnomaning bekor kilinishiga sabab boʻlmaydi.

Taraflardan biri Shartnomani bekor qilish istagi toʻgʻrisida ikkinchi tomonni Shartnomaning bekor qilinishi sabablarini asoslagan holda uch oy oldin yozma ravishda xabardor qiladi.

NIZOLARNI HAL ETISH

Ushbu Shartnoma yuzasidan yoki u bilan bogʻliq holda taraflar oʻrtasida kelib chiqadigan nizolar mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirgan holda hal etiladi.

Mediatsiya tartib-taomilini qoʻllash yoʻli bilan nizoni hal etish imkoniyati boʻlmagan taqdirda, mazkur shartnomaning tuzilishi, uning shartlarining oʻzgarishi, buzilishi, ijro etilishi, bekor boʻlishi, tugatilishi va haqiqiyligi yuzasidan kelib chiquvchi barcha nizolar “Demokratiya va inson huquqlari instituti” respublika jamoat birlashmasi huzuridagi doimiy faoliyat koʻsatuvchi Hakamlik sudida uning Reglamentiga asosan hakamlik sudyasi tomonidan yakka tartibda koʻrib chiqiladi. Hakamlik sudining hal qiluv qarori taraflar uchun qatʼiy va majburiy hisoblanadi.

SHARTNOMANING ALOHIDA SHARTLARI

Ushbu shartnoma uch nusxada tuzildi, ulardan bittasi tuman hokimligida, ikkinchisi fermer xoʻjaligida, uchinchisi tuman yer resurslari xizmatida saqlanadi.

TARAFLARNING REKVIZITLARI:

 

IJARAGA BERUVCHI:

Yuridik manzili: Ijaraga beruvchining yuridik manzili

H/R: Ijaraga beruvchining hisob raqami

Bank kodi Ijaraga beruvchining bank kodi

STIR:Ijaraga beruvchining STIR raqami

Ijaraga beruvchi bilan bogʻlanish uchun telefon raqami

IJARACHI:

Yuridik manzili: Ijarachining yuridik manzili

H/R Ijarachining hisob raqami

Bank kodi Ijarachining bank kodi

STIR: Ijarachining STIR raqami

Ijarachining telefon raqami

Muhr oʻrni Muhr oʻrni

 

 

 

Qishloq xo'jaligi korxonasini fermer xo'jaligiga aylantirsh shartnomasi