O‘z-o‘ziga huquqiy xizmat ko‘rsatish “Legal Tech” tizimi

Mahsulotni sotishga topshiriq shartnomasi

Hujjat tavsifi
Shartnomaning rekvizitlari
Taraflar
Shartnoma shartlari
Taraflarning rekvizitlari

Yuklab oling

MAHSULOTNI SOTISHGA TOPSHIRIQ SHARTNOMASI

Shartnoma tuzilgan vaqt Shartnoma raqami – son Shartnoma tuzilgan joy

Topshiriq beruvchining nomi, tashkiliy-huquqiy shakli (keyingi oʻrinlarda “Topshiriq beruvchi” deb yuritiladi) nomidan Topshiriq beruvchiga shartnoma tuzish huquqini beruvchi hujjat asosida ish yurituvchi Topshiriq beruvchining rahbari lavozimi va F.I.Osibir tomondan va Vakilning nomi, tashkiliy-huquqiy shakli (keyingi oʻrinlarda “Vakil” deb yuritiladi) nomidan Vakilga shartnoma tuzish huquqini beruvchi hujjat asosida ish yurituvchi Vakilning rahbari lavozimi va F.I.Osi ikkinchi tomondan, mazkur shartnomani quyidagilar toʻgʻrisida tuzdilar:

 

SHARTNOMA PREDMETI

Topshiriq beruvchi topshiriq beradi, Vakil esa, uning nomidan va hisobidan uchinchi shaxs bilan (keyingi oʻrinlarda “Sotib oluvchi” deb yuritiladi) oldi-sotdi shartnomasini tuzish majburiyatini oladi.

Vakil Sotib oluvchi bilan bitimni tuzgan paytdan boshlab topshiriq bajarilgan deb hisoblanadi.

VAKILNING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI

Vakil oʻziga berilgan topshiriqni Topshiriq beruvchining koʻrsatmalariga muvofiq bajarishi shart.

Vakil quyidagi hollarda Topshiriq beruvchining koʻrsatmalaridan chetga chiqishi mumkin:

agar bitim Topshiriq beruvchi kutganidan ham koʻproq manfaatni koʻzlab tuzilayotgan boʻlsa, lekin Topshiriq beruvchi bilan aloqa bogʻlash imkoniyati boʻlmasa yoki Vakil Topshiriq beruvchiga bu haqda maʼlumot yuborib, soʻroviga oqilona muddatda javob ololmagan boʻlsa;

agar Vakilning harakatsizligi yoki Topshiriq beruvchining koʻrsatmalariga muvofiq harakat qilishi natijasida Topshiriq beruvchi manfaatlariga zarar yetkazilsa, lekin Topshiriq beruvchi bilan aloqa bogʻlash imkoniyati boʻlmasa yoki Vakil Topshiriq beruvchiga bu haqda maʼlumot yuborib, soʻroviga oqilona muddatda javob ololmagan boʻlsa.

Vakil imkoniyat paydo boʻlgan zahoti sodir etgan harakatlari haqida Topshiriq beruvchini xabardor qilishi shart.

Vakil unga berilgan topshiriqni shaxsan oʻzi bajarishi shart. Topshiriqni bajarishni boshqa shaxsga (oʻrinbosarga) ishonib topshirishga faqat Topshiriq beruvchining yozma roziligi bilan yoʻl qoʻyiladi. Topshiriq beruvchi bunga rozilik bergan taqdirda, Vakil fakat oʻrinbosarini tanlaganlik uchun javob berib, muzokaralarning muvaffaqiyati va bitimning xususiyatlari uchun javob bermaydi.

Vakilning majburiyatlari:

mahsulotlar bozorini oʻrganish va Topshiriq beruvchini qiziqtiruvchi quyidagi maʼlumotlarni yigʻish: Topshiriq beruvchini qiziqtiruvchi maʼlumotlar roʻyxati

topshiriq bajarib boʻlingandan keyin Topshiriq bajarib boʻlingandan keyin topshiriq beruvchini xabardor qilish muddati kunlik muddatda Topshiriq beruvchiga topshiriqni bajarish jarayoni haqida tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan holda batafsil yozma hisobot berish;

topshiriqni bajarish bilan bogʻliq holda olgan barcha narsalarni zudlik bilan Topshiriq beruvchiga topshirish.

2.5.Vakil unga Topshiriq beruvchi tomonidan topshiriqni bajarish uchun topshirilgan hujjatlar, moddiy boyliklar va pul mablagʻlarining saqlanishi uchun javobgarlikni oʻz zimmasiga oladi.

2.6.Vakil oʻzi tuzgan bitim boʻyicha uchinchi shaxs tomonidan majburiyatlar bajarilmaganligi uchun javobgar boʻlmaydi.

TOPSHIRIQBERUVCHINING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI

Topshiriq beruvchining majburiyatlari:

Topshiriq beruvchi nomidan yuridik harakatlarni sodir etish vakolatini beruvchi ishonchnoma berish;

Vakilni topshiriqni bajarish uchun zarur boʻlgan hujjatlar, materiallar va pul mablagʻlari bilan taʼminlash;

Vakilning hisobotini qabul qilish va uning soʻrovlariga oʻz vaqtida javob berish;

Vakil shartnomaga muvofiq bajargan ishni kechiktirmasdan qabul qilib olish;

Topshiriq bajarilgandan soʻng Topshiriq bajarilgandan soʻng topshiriq haqi toʻlanadigan muddatkunlik muddatdan kechiktirmasdan Vakilga

topshiriqni bajarish uchun qilgan zarur xarajatlarni va shartnomada nazarda tutilgan miqdorda haq toʻlash;

zarur hollarda topshiriqni bajarishda oʻzining vakolatli shaxslarining ishtirokini taʼminlash.

SHARTNOMANI BAJARISH VA HISOB-KITOB QILISH TARTIBI

Topshiriqni bajargan Vakil topshiriq bajarilgan paytdan boshlab Topshiriq bajarilgandan keyin hisobotni taqdim etish muddati kundan kechiktirmasdan Topshiriq beruvchiga tegishli hisobotni taqdim etishi shart.

Topshiriq beruvchi istalgan vaqtda topshiriqni bajarishning borishi toʻgʻrisida Vakilga navbatdan tashqari surov yuborishga haqli.

Taraflar oʻrtasida hisob-kitoblar Taraflar oʻrtasida hisob-kitob qilish tartibi va turi tartibida amalga oshiriladi.

Ushbu shartnoma boʻyicha topshiriq bajarilgan paytdan boshlab Topshiriq beruvchi tomonidan Vakilga Topshiriq beruvchi tomonidan vakilga toʻlanadigan shartnoma summasisoʻm miqdorda haq toʻlanadi.

Vakil topshiriqni bajargan va Topshiriq beruvchi kutganidan ham ziyoda shartlar asosida bitimni tuzgan taqdirda Topshiriq beruvchi unga rejalashtirilgandan ortiq mukofot puli toʻlaydi.

4.9.Vakil huquqqa xilof yoki nomunosib harakatlari bilan Topshiriq beruvchiga zarar yetkazgan taqdirda, toʻla miqdorda zararni qoplashi lozim.

4.10.Topshiriq beruvchining aybi bilan topshiriqni bajarish imkoniyati boʻlmagan taqdirda u Vakilga Topshiriq beruvchining aybi bilan topshiriqni bajarish imkoniyati boʻlmagan taqdirda, Vakilga toʻlanadigan haq miqdori soʻm toʻlaydi.

SHARTNOMANI OʻZGARTIRISH VA BEKOR QILISH TARTIBI

Majburiyatlar bekor boʻlishining umumiy asoslaridan tashqari, ushbu shartnoma quyidagi hollarda bekor qilinadi:

topshiriq beruvchi tomonidan topshiriq bekor qilinsa;

vakil topshiriqdan bosh tortsa;

topshiriq beruvchi yoki vakil tugatilsa, ulardan biri muomalaga layoqatsiz, muomala layoqati cheklangan yoki bedarak yoʻqolgan deb topilsa.

Topshiriq beruvchi istagan vaqtda topshiriqni bekor qilishga, Vakil esa, topshiriqdan bosh tortishga haqli. Bu holatda taraflardan biri ikkinchi tarafni shartnomani bekor qilishi haqida oʻz vaqtida xabardor qilishi lozim.

Ushbu shartnomaga har qanday oʻzgartirish va qoʻshimchalar ular yozma ravishda tuzilgan va taraflarning vakolatli shaxslari tomonidan imzolangan taqdirdagina haqiqiy hisoblanadi.

Taraflardan har biri istalgan vaqtda, ikkinchi tarafga u koʻrgan zararni qoplagan holda shartnomadan bosh tortishga haqli.

NIZOLARNI HAL QILISH TARTIBI

 

Shartnoma shartlari boʻyicha taraflar oʻrtasida kelishmovchiliklar va nizoli masalalar kelib chiqqan taqdirda taraflar mustaqil ravishda ularni sudgacha hal etish choralarini koʻradilar.

 

Taraflar oʻzaro kelishuvga erishmagan taqdirda esa nizoli holatlar taraflardan birining arizasiga asosan Nizoli holatlarda taraflar murojaat etadigan sud nomi sudi tomonidan hal qilinadi.

 

 

SHARTNOMANING AMAL QILISH MUDDATI

Mazkur shartnoma Shartnomaning amal qilish muddatigacha boʻlgan muddatga tuzildi va taraflarning vakolatli shaxslari tomonidan imzolangan paytdan boshlab kuchga kiradi.

Shartnoma ikkita asl nusxada tuzilgan boʻlib, birinchisi Topshiriq beruvchida, ikkinchisi vakilda saqlanadi.

BOSHQASHARTLAR

Mazkur shartnomada nazarda tutilmagan barcha masalalar, jumladan, majburiyatlarni bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun taraflarning javobgarligi amaldagi qonunchilik hujjatlari bilan belgilanadi.

TARAFLARNING REKVIZITLARI:

 

TOPSHIRIK BERUVCHI:

Yuridik manzili: Topshiriq beruvchining yuridik manzili

H/R: Topshiriq beruvchining hisob raqami

Bank kodi Topshiriq beruvchining bank kodi

STIR: Topshiriq beruvchining STIR raqami

Topshiriq beruvchi bilan bogʻlanish uchun telefon raqami

VAKIL:

Yuridik manzili: Vakilning yuridik manzili H/R Vakilning hisob raqami

Bank kodi Vakilning bank kodi

STIR: Vakilning STIR raqami

Vakilning telefon raqami

 

Muhr oʻrni Muhr oʻrni

 

 

 

Mahsulotni sotishga topshiriq shartnomasi